Apple kompaniyasining swot tahlili


Korxonalarda AKT larni ishlatilishi xolatini hamda AKT sohasiga tegishli Korxonalarni solishtirishda SWOT tahlili usuli keng qo‘llanilib kelinmoqda



Yüklə 23,49 Kb.
səhifə2/10
tarix14.12.2023
ölçüsü23,49 Kb.
#179135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
APPLe swot tahlili

Korxonalarda AKT larni ishlatilishi xolatini hamda AKT sohasiga tegishli Korxonalarni solishtirishda SWOT tahlili usuli keng qo‘llanilib kelinmoqda.

SWOT analiz tahlil usuli birinchi marta 1960-yilda AQShning Stanford Universiteti iqtisodchi olimi Albert Humphrey tomonidan yaratilgan. SWOT analiz – bu Korxonalarning kuchli (Strengths) va kuchsiz (Weakness) tomonlarini aniqlaydigan, shuningdek bozor imkoniyatlari (Opportunities) va xatarlari (Threats) ni o‘rganadigan yoki boshqacha qilib aytganda, Korxonaning ichki (Strengths or Weakness) va tashqi (Opportunities or Threats) omillarini hisobga olgan holda mahsulot turlarini raqobatga bardoshligini baholaydigan tahlil usulidir. Ushbu usul ayrim manbalarda matritsa usul deb ham nomlanadi, chunki tahlil chizmasi ko‘rinishi 2x2 ko‘rinishdagi matritsani eslatadi.

“ SWOT ” tahlili quyidagi savollarga javob topishda qo’l keladi:

  • Ushbu loyihani amalga oshirishda o’z yoki tashkilotning kuchli tomonlari yoki farqli afzalliklari nimada?
  • O’z yoki tashkilotning zaif va nozik tomonlari nimada? Aniqlangan kamchiliklar orasida qaysi birini birinchi o’rinda bartaraf etishga harakat qilish kerak?
  • Loyihaning samarali amalga oshishi uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
  • Loyihani amalga oshirishda qanday to’siqlar va xavf-xatarlar bo’lishi mumkin? Ularning oldini olish uchun nima qilish kerak?

“SWOT” so‘zi quyidagi inglizcha so‘zlarning qisqartmasidan olingan: 

S – Strengths (Kuchli tomonlar);

W – Weaknesses (Zaif tomonlar);

O - Opportunities (Imkoniyatlar);

T - Threats (Xavflar).

Korxonaning kuchli tomonlari (Strengths of enterprise) – bu korxonaning bozordagi boshqa raqobatdosh korxonalarga nisbatan ustun tomonlari yoki kelajakda korxona uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish omillarini hisobga oluvchi jadval ko‘rsatkichidir. Korxonaning kuchli tomonlariga quyidagi omillarni kiritish mumkin: katta ilmiy texnik-tajribalar, zamonaviy texnologiyalar, xodimlarning yuqori malakasi, yuqori sifatli mahsulotlar, brendning mashhurligi va boshqalar. Korxonaning kuchsiz tomonlari (Weakness of enterprise)-bu Korxona tomonidan boshqarilishi zarur bo‘lgan, lekin ularga ta’sir o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lmagan korxona ichki omillarni hisobga oluvchi jadval ko‘rsatkichidir. Ushbu jadval ustuniga korxona quyidagi omillarni kiritishi kerak: balans likvidligining pastligi, moliyaviy barqarorlikning bir maromda emasligi, zamonaviy texnolgiyalarning mavjud emasligi, xodimlarning malakasining yuqori emasligi va boshqalar. Bozor imkoniyatlari (Market opportunities) – Korxonaning bozordagi faoliyatidan oladigan afzalliklarini ifodalovchi omillarni aks ettiradigan jadval ko‘rsatkichidir. Bozor imkoniyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: talabning yuqori darajada o‘sishi, raqobatchilar imkoniyatlari pasayishi, mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasining jadal o‘zgarishi va boshqalar. SWOT analizda faqat bozordagi imkoniyatlar emas, balki bozordan tashqaridagi imkoniyatlar hisobga olinadi. Bozor xatarlari (Market threats) – bu Korxona tomonidan umuman ta’sir o‘tkazish imkoniyatlari yo‘q bo‘lgan omillarni hisobga oluvchi jadval ko‘rsatkichidir. Bozor xatarlariga quyidagilarni kiritish mumkin: bozorga yangi raqobatchilarning kirib kelishi, soliq stavkalarining o‘sishi, iste’molchilar didining o‘zgarishi va boshqalar kiradi.


Yüklə 23,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin