Bu turdagi approksimatsiya nochiziqli elementlar va nochiziqli elektr zanjirni tahlil etishni osonlashtiradi. Bunda NE real VAXsi bir necha qismlarga ajratiladi va har bir qismi turli qiyalikli to‘g‘ri chiziqlar bilan almashtiriladi. Misol uchun, 3.4-rasmda keltirilgan VAXni approksimatsiyalash kerak bo‘lsin. Ushbu tavsifni 4 qismga bo‘lamiz va ularni to‘g‘ri chiziqlar bilan approksimatsiyalaymiz.
1-qismda 𝑖 = 0, chunki 𝑢 < 𝑢1 va 𝑆 = 0;
2-qismda 𝑖 = 𝑆 ∙ 𝑢, chunki 𝑢1 ≤ 𝑢 ≤ 𝑢2 va 𝑆 ≠ 0;
3-qismda 𝑖 = 𝐼𝑆, chunki 𝑢2 ≤ 𝑢 ≤ 𝑢3 va 𝑆 = 0; (3.14) 4-qismda 𝑖 = 𝑆1 ∙ 𝑢, chunki 𝑢3 ≤ 𝑢 ≤ 𝑢4 va 𝑆1 ≠ 0, 𝑆1 < 0.
To‘g‘ri chiziq bo‘laklari bilan approksimatsiyalash siniq chiziq bilan approksimatsiyalash deb ham ataladi va NEdan kuchli kuchlanish berish holatida, ya’ni uning VAXsi o‘tayotgan tokning eng kichik qiymatidan eng katta qiymatigacha qismidan foydalanilganda qo‘llanadi.
-u u1 0 u2u3u4u 3.4-rasm. Murakkabvolt-amperxarakteristikaniapproksimatsiyalash