Binolarning peshtoqlari. minoralari toshga o'yilgan naqshlar, rangli sopol plitkalar, arab yozuviga o'xshash, jimjimador — arabeska naqshlari bilan bezatilgan
Binolarning peshtoqlari. minoralari toshga o'yilgan naqshlar, rangli sopol plitkalar, arab yozuviga o'xshash, jimjimador — arabeska naqshlari bilan bezatilgan.
Binolarning peshtoqlari. minoralari toshga o'yilgan naqshlar, rangli sopol plitkalar, arab yozuviga o'xshash, jimjimador — arabeska naqshlari bilan bezatilgan.
Xalifalik madaniyati asosiy sohalaridan yana biri xattotlik -- husnixat san'ati bo'lgan. Xaltotlar yozish uchun zarur bo'lgan matn mazmuniga monand yozuvning turli uslublarini ixtiro qilganlar. Qur'oni karimdan olingan oyatlar, islom me'morchiligi durdonalari bo'lgan binolarning ichki va tashqi tomonlarini bezashda keng qo'llanilgan. Xattotlik san'ati yuksalishiga Ispaniyadan, Buxoro va Hindistonga qadar hududlarda yashagan, hamda arab yozuvidan foydalangan xalqlar o'z hissalarini qo'shganlar.
Sharq madaniyati Yevropa madaniyatining keyingi taraqqiyotiga o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi. Keyingi asrlarda yevropalik olimlar Osiyo mamlakatlarining matematika. tibbiyot, astronomiya, kartografiya sohalaridagi yutuqlarmi o'zlashtiradilar.
San'at. Ma'luraki, islom dinida tirik jonzotlarni tasvirlash taqiqlangani haqidagi aqida keng tarqalgan. Aslida esa xudoni tasvirlash, shuningdek, tasvirlangan narsalarga sig'inish taqiqlangan. Musulmon tasviriy san'ati kitoblarni bezash sohasida o'zining yuksak cho'qqisiga erishadi. Kitoblarga ko'p sonli odamlar va hayvonlarni tasvirlagan bezaklar tayyorlangan. Matn murakkab naqshlar bilan o'rab olingan. Lekin musulmonlar san'atining asosi tasvir emas, xattotlik, ya'ni chiroyli yozish san'ati bo'lgan. Agar xristianlar uchun eng muqaddas tasvir xochdagi xudo siymosi bo'lsa, musulmonlar uni xudoning so'zida tasvirlaganlar.
So'zni muqaddas bilganlar. Musulmonlarning xattotlikdagi muvaffaqiyatlari hayratlanarli. Xattotlar ko'plab yozish usullarini ixtiro qilib, ulardan yozilayotgan matn mazmuniga qarab foydalanishgan. Musulmon diniy muassasalari, masjid va madrasalarning ichi va tashqarisini Qur'on oyatlari bezab turgan. Idishlar, qimmatbaho matolar, qurollar, purhikmat she'rlar va muqaddas so'zlar bilan bezatilgan. Tashqaridan qaraganda musulmon dunyosi Allohga hamd-u sanolar bilan bezatilgandek tuyulgan. Xattotlik san'atining yuksalishiga, Eron, Xuroson, Movarounnahr hududlarida yashagan aholi vakillarining qo'shgan hissasi beqiyos bo'lgan. Axir ularning barchasi qaysi tilda so'zlashmasin, arab yozuvidan foydalanganlar. Arab yozuvi Suriyada VI asrda oromiylar yoki arab xristianlari ixtiro qilgan oromiy alifbosi asosida yaratilgan. U 28 ta harfdan iborat, arab yozuvi chapdan o'ngga emas, o'ngdan chapga tomon bitiladi.

Turmush tarzi. Musulmonlar turmush madaniyati o'zining nafisligi, yuksak didliligi bilan ajralib turgan. Ularning ayrim jihatlari keyinchalik yevropaliklar tomonidan qabul qilingan. Musiqachi va qo'shiqchi Ziriyab IX asrda yashagan. U Bag'dodda xalifa Horun ar-Rashid saroyida xizmat qilgan. Yillar o'tib u Ispaniyaga ko'chib keladi.