Bu davrda aniq fanlar-matematika, astronomiya, geografiyaning taraqqiyoti kuzatilib, bu jarayon hunarmandchilik va savdoning yuksalishi natijasi bo'ladi. Zamonlar o'tib xalifalikda ixtiro qilingan globus va usturlob (astrolyabiya)dan barcha mamlakatlarda foydalana boshlanadi. Yevropa tibbiyoti esa XVII asming o'rtalariga qadar bilim va amaliy tavsiyalarni O'rta Osiyoda yetishib chiqqan alloma: Abu Ali ibn Sino va Abu Bakr ar-Roziylar asarlaridan olgan.

Vatandoshimiz Muhammad Xorazmiy (IX asr) matematika tarixida birinchi bo'lib algebra faniga asos soladi. Matematikada foydalana boshlangan hind raqamlari, keyinchalik Yevropaga ham, faqat arab raqamlari nomi bilan tarqaladi.
Bag'dod va Damashqda rasadxonalar barpo etilib, ularda murakkab o'lchovlardan foydalangan astronomlar yer sharining meridianini hisoblab chiqadilar. Arab sayyohlari yevropaliklardan bir necha asr avval Hindiston va Xitoyda, Afrika va Sharqiy Yevropaning eng chck-ka rayonlarida bo'lib qaytadilar. ,Al-Ma’sudiy. Ibn Dast. Ibn Fadlan, Ibn Battuta ushbu o'lkalar haqida asarlar yozib, xaritalarini tuzganlar.
Adabiyot. Musulmon adabiyoti dastlab arab tilida yaratiladi. Keyinchalik X asrdan u fors tiliga tarjima qilina boshlaydi.
Musulmon she'riyati ayniqsa yuksak darajaga erishib, uning ko'plab turlari shakllanadi. She'riyat sohalari rang-barang: afsonaviy qahramonlar haqidagi dostonlar, saroy she'riyati, sevgi haqida qissalar, diniy she'riyat, marosimlar va hokazolarga bo'lingan. Musulmonlar qisqa hayotiy hikoyalarni yoqtirganlar. Ko'pgina yozuvchilar bu sohada yuksak mahoratga erishganlar.

Savdogar va sayyohlar uzoq o'lkalardan faqat g'aroyib buyumlarnigina emas, ajoyib sarguzashtlari haqida hikoyalar, o'zga xalqlar afsonalari, ertaklarini ham olib kelganlar. Ular bu haqda xalifa saroyida, zodagonlar bazmlarida, bozor va ko'cha-kuylarda so'zlab berganlar. Ushbu sarguzashtlar, afsona va ertaklar asosida arab adabiyotining ajoyib durdonasi "Ming bir kecha" yaratiladi.
Me'morchilik. Xalifalikda san'atning barcha sohalariga nisbatan me'morchilik yuksak taraqqiy etgan. Xalifalik tarkibidagi mamlakatlarda muhtasham saroylar, masjid-u madrasalar, qal'alar bunyod etilgan. Granada (Ispaniya)dagi Al-Humro saroyi. Kordova (Ispaniya)dagi masjid, Qohiradagi Hasan masjidi, Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi - arablar davri me'morchiligi durdonalari hisoblanadi.