Arab xalifaligi madaniyati

Uchinchidan, arablar ham o`zlari istilo etgan o`lka xalqlarining ilg`or madaniyati durdonalarini qunt bilan o`rganganlar

Yüklə 5,14 Mb.
səhifə2/5
tarix11.10.2023
ölçüsü5,14 Mb.
#153638
1   2   3   4   5
Arab xalifaligi madaniyati

Uchinchidan, arablar ham o`zlari istilo etgan o`lka xalqlarining ilg`or madaniyati durdonalarini qunt bilan o`rganganlar.

To`rtinchidan, Mansur, Horun ar-Rashid, Ma'mun kabi abbosiy xalifalar ilm-fan, madaniyat rivojiga homiylik qilganlar. Bu omillar, shubhasiz, madaniyatning yuksak darajada taraqqiy etishini ta'minlagan.

Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyatida san'at, ayniqsa, me'morchilik san'ati alohida o`rin tutgan.

Go`zallikda tengi yo`q hukmdorlar saroylari soya-salqin, yam-yashil bog`lar ichida bunyod etilgan. Ularda favvoralar mavjud bo`lgan.

Shahar me'morchiligi ham juda rivojlangan. Shahar ko`chalariga tosh yotqizilgan. Ko`chalar chiroqlar bilan yoritilgan. Masjidlar shahar ko`rkiga-ko`rk qo`shgan. Masalan, VIII - IX asrlarda Qurdobada bunyod etilgan masjidga 600 dan ortiq marmar ustun ishlatilgan. Ustunlar nihoyatda nafis bo`lib, ular masjidga ulug`vorlik baxsh etgan. Qohira shahridagi Hasan masjidi tepasiga qurilgan balandligi 55 metrli gumbaz ham kishilarni hayratga solgan. Arab quruvchilari ajoyib saroylar, maqbaralar va qal’alar qurishlari bilan shuhrat qozonganlar. Amirning Ispaniyaning Granada shahridagi Al-Humro saroyi butun dunyoga mashhur. Halifalikning har bir shahrida albatta masjidlar bunyod etilgan. Masjidda namoz o’qishdan tashqari, shuningdek, shariyat sudining majlislari o’tkazilgan, kambag’allar uchun to’plangan pullar saqlangan, bu yerga butun tevarak-atrofdagi musulmonlar kelishgan. Aynan shu tufayli masjid qurilishiga katta e’tibor berilgan.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin