Xalifa Horun ar-Rashid (786-809) Bag`dod shahrida ilm-fan markazi bunyod ettirdi. Bu markaz “Bayt ul-hikmat”deb ataldi.
Xalifa Ma'mun (813-833) ,,Bayt ul-hikmat"ning har tomonlama mustahkamlanishiga katta hissa qo`shgan.
Bag`dod, Damashq kabi shaharlarda katta-katta rasadxonalar bunyod etilgan.

Xalifalik xalqlari madaniyati Yevropaga kuchli ta'sir ko`rsatgan. Bu o`rinda arablarning Pireney yarim oroli (hozirgi Ispaniya)da tashkil etgan Qurdoba xalifaligi alohida o`rin tutgan. Qurdoba shahrida 27 ta oliy o`quv yurti (madrasa) ochilgan edi. Bu o`quv yurtlarida mashhur olimlar, shu jumladan, musulmon bo`lmagan olimlar ham dars berishgan. o`quv yurtlarida arablardan tashqari Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan talabalar ham saboq olishgan.
Al – Xorazmiy va Ahmad Al - Farg`oniy alohida o`rin tutadi . Al-Xorazmiy algebra fanining asoschisidir. Xalifa Horun ar-Rashid uni Bag`dodga taklif etgan. Keyinchalik u ,,Bayt ul-hikmat"ga rahbarlik ham qilgan. Al-Xorazmiy hindlarning o`nlik raqam tizimini mukammallashtirgan. Buning natijasida har qanday sonni ham o`nlik sanoq tizimiga kiruvchi raqamlar bilan ifodalash mumkin bo`lgan. Bu hodisa o`sha davr uchun buyuk kashfiyot edi. Uning nomi algoritm tushunchasiga aylandi va tarixda abadiy qoldi.

VIII – X a.larda Arab halifaligining ulkan hududida arab tili muloqot tili bo’lgan. Bu tilda Qur’on yozilgan. Shuning uchun o’sha davrdagi barcha olimlar va faylasuflar o’z asarlarini arab tilida yozishgan, qadimgi davrning eng muhim asarlarini arab tiliga tarjima qilishgan, maktablarda arab tili o’qitilgan. Arab tilini “Sharqning lotin tili” deb atashgan, uning keng tarqalishi esa shunga olib keldiki arablarning yagona davlati tarkibiga kirgan barcha mamlakatlar madaniyatini ham arab yoki musulmon madaniyati deb atay boshlashgan. Arab halifaligi yuksak qadimiy madaniyatga ega bo’lgan ko’plab mamlakatlardan iborat edi. Ushbu yerlar bo’ysundirilgan bo’lishiga qaramay, bu o’lkalarning madaniyatlari rivojlanishda davom etgan. Albatta, bu madaniyatlar xalifalik tarkibidagi boshqa mamlakatlar va halqlarning madaniyati bilan aralashib ketgan va ular bir-birlariga ta’sir qilishgan.