Arablar yuksak madaniyat yaratganlar. Bu madaniyat tarixga Arab xalifaligi madaniyati nomi bilan kirdi.

Xo`sh, buning sabablari nimalardan iborat edi?
Avvalo, Arab xalifaligida nisbatan tinch, osoyishta hayot ta' minlangan. Bu esa xo`jalik (dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdosotiq)ning yanada yuksalishiga imkon bergan. Bu omil o`z navbatida madaniyatning taraqqiy etishiga shart-sharoit yaratgan.

Ikkinchidan, istilo natijasida xalifalikka birlashtirilgan turli o`lka xalqlari (Suriya, Misr, Eron;'o`rta Osiyo, Kavkazorti, Shimoliy Hindiston)ning ilg`or madaniyati imkon qadar bir-birini boyitdi. Bu o`rinda yagona davlat tili - arab tilining ilm-fan tiliga aylanganligi katta rol o`ynagan.

Buyuk allomalar qaysi xalq vakillari bo`lmasin, arab tilida ijod qilganlar. Bu omil xalifalik tarkibidagi turli xalqlarga bir-birining madaniyati yutuqlaridan foydalanishga imkon yaratgan. Binobarin, xalifalik madaniyatini faqat arablar emas, xalifalik tarkibiga kirgan barcha xalqlar yaratganlar.