Ammo masjidning eng muhim va mo’tabar qismi mehrob edi. Bu masjidning Makkaga qaratilgan devoriga ishlangan mahsus tokcha bo’lgan. Namoz paytida musulmonlar yuzlarini mehrobga qaratishadi. O’zining hashamati, boy naqshlari bilan bir necha masjidlar musulmonlar orasida shuhrat qozongan. Ularning orasida Fustatdagi VII asrda qurilgan Amir masjidi, Kufadagi Jome masjid, Makkadan so’ng o’z ahamiyati jixatidan musulmonlarning ikkinchi muqaddas sajdagohi hisoblangan Quddusdagi Al-Aqso masjidi va Damashqdagi mashhur “Qoya gumbazi” ibodatxonasini aytish mumkin. Islom odamlar va hayvonlar tasvirini tushirishni qoralagan.

Ilm-fan taraqqiyoti.
Ilm-fan taraqqiyoti.
Ilm-fan taraqqiyoti yo`lida arablar qadimgi yunon Ulamolarining asarlarini qunt bilan o`rganganlar. Ulardan eng muhimlari arab tiliga tarjima qilingan. Bular: Aristotel, Arximed, Gippokrat, Ptolomey, Yevklid kabi allomalarning asarlari edi. Bu asarlarning arab tilidagi nusxalari lotin tiliga qayta tarjima qilingan. Yevropa olimlari shu tarjimalar orqali bu asarlardan bahramand bo`lganlar.
Yirik shaharlar ilm-fan markaziga aylangan. Bag`dod, Qurdoba, Qohira kabi shaharlarda yirik oliy o`quv yurtlari - madrasalar ochilgan. Ularda diniy bilimlar qatori dunyoviy ilmlar ham o`qitilgan. Minglab kitob xazinasiga ega bo’lgan kutubxonalar qurilgan.