Zamonaviy ta’limning maqsadi jami- yat va davlat ishlarida faol, o’zining mustaqil fikriga ega, ilmli, bilimli, qaysi soha yoki kasb egasi bo’lishidan qat’iy nazar o’z kasbining ustasi bo’lgan intiluvchan, ijodkor, kashfiyot- chi, bo’layotgan voqeliklarga tanqidiy baho berib o’z fikrlarini mustaqil ayta oladigan, tez o’zgarayotgan zamonga o’zining salohiyati bilan moslasha oladigan shaxsni tarbiyalashdan ibo- ratdir.
Mavzuning dolzarbligi.
Inson o’zining teran fikrlashi, jamiyat va tabi- atda bo’layotgan voqea-hodisalarga tanqidiy va tahliliy munosabat bildira olishi, o’zgalar fikrini anglay olishi, nutq sharoitiga mos fikr tuza oli- shi va mana shu fikrini o’ziga xos ohanglar bilan tinglovchilarga yetkazib berishi, o’z nutqi orqali ta’sir ko’rsata olishi, atrofidagi insonlar bilan madaniyat bilan axborot almashina olishi inson- ning jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishida muhim sanaladi. Ko’rinadiki, insonning jamiyatda kamol topishida ona tili ta’limining o’rni alohida aha- miyatga ega.
Ona tili ta’limi bolaga mustaqil va ijodiy fikrlashni, fikrini tinglovchiga mantiqiy, aniq, qisqa, lo’nda, izchil, sof holatda yetkazib ber- ishga o’rgatadi. Demak, ona tili ta’limi faqatgina bolani mustaqil va ijodiy fikrlashga o’rgatibgina qolmay, balki shaxsiy fikrini vaziyatga mos hol- atda QAYERDA? KIMGA? QANDAY? yetkazishni ham o’rgatadi, Ushbu muhim vazifalarni bajarish hamda bajartira olish ona tili ta’limi va ona tili ta’limining tashkilotchisi bo’lgan muallim zim- masidadir.
Bu masala barcha davrlarda allomalar va ped- agoglar e’tiborida bo’lgan. Jumladan, Abdulla Avloniy o’zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida ham fikr tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib, quyidagi fikrlani keltiradi:
“Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’p zamonlar- dan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sha- rofatlik, g’ayratli bo’lishiga sabab bo’ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so’ng daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog’lidur. Dars ila tar- biya orasida bir oz farq bor bo’lsa ham, ikkisi
bir-biridan oyilmaydurgan, birining vujudi birig boylangan jon ila tan kabidur.
Masalan: joy solinmagan yaxshi bir uyning ichida o’tirmak mumkin o’lmadig’i kabi, ichiga har xil yangi ashyolar to’ldurub ziynatlangan eski imorat ham o’lturushga yaramaydur. Basharti o’ltursa, insonlar: «Eski uyga yangi zoldivor», «kir ko’ylakka jun jiyak», «mis qozonga loy tuvoq» deb hajv, kulgi qilurlar.
Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa, Xanjar, olmosdan bo’lur o’tkur. Fikrning oyinasi olursa zang, Ruhi ravshan zamir o’lur benur”1.
Yuqoridagi matndan “Fikr insonning sharo- fatlik, g’ayratli bo’lishiga sabab bo’ladur” jum- lasini olib tahlil qilsak, shuning o’zidayoq inson- ning jamiyatda, ijtimoiy hayotda o’rin topishida, sharaflanishida fikr ahamiyatli ekanligi ko’rinadi. Bundan ma’lum bo’ladiki, o’quvchilarda ijti- moiy emotsional – fuqarolik kompetensiyala- rini ona tili darslari orqali rivojlantirish zaruriy masaladir. Chunki inson jamiyatning bir bo’lagi. Inson jamiyatdagina o’zini anglaydi, o’zligini topadi, o’zini kashf qiladi va barcha imkoniyatla- rini unda namoyon qiladi. Bularning barchasi esa
fikr almashish orqali amalga oshadi.