UrDU rektorining
“___”________2020 yildagi ___-son buyrug‘iga
4-ilova
«TASDIQLAYMAN»
UrDU rektori B.I.Abdullaev
«___» _________2020 yil
Urganch davlat universitetida o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlarni o‘zlashtirayotgan, iqtidorli, jamoat ishlarida faol bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalarni moddiy rag‘batlantirish
TARTIBI
Mazkur tartib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PQ-4359-sonli «2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi Qarorining 10-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-sonli «Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 fevraldagi 97-son buyrug‘i hamda mazkur TARTIB»ga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlarni o‘zlashtirayotgan, iqtidorli, jamoat ishlarida faol bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalarni moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur tartib qoidalari Urganch davlat universiteti (keyingi o‘rinlarda - Universitet) bakalavriat va magistratura bosqichlarida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’limning kunduzgi bo‘limida (ikkinchi mutaxassislik, xalqaro fakultet va xorijiy talabalar bundan mustasno) tahsil olayotgan talabalarga nisbatan qo‘llaniladi.
2. Mazkur tartibga muvofiq davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar Universitetning Talabalarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, Universitetda jamoatchilik asosida tashkil etilgan Rag‘batlantirish kengashi (keyingi o‘rinda - Kengash) qaroriga muvofiq moddiy rag‘batlantiriladi.
3. Moddiy rag‘batlantirish qo‘yidagi hollarda amalga oshiriladi:
- tegishli o‘quv semestri yakuni bo‘yicha barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat “a’lo” baho (reyting ko‘rsatkichi - 86 ball va undan yuqori) bo‘lgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan (stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda ekanligidan kat’i nazar) talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 20 foiz miqdorida ustamalar belgilash orqali;
- tegishli o‘quv semestri yakuni bo‘yicha barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “a’lo” hamda “a’lo va yaxshi” (fanlarning 30% gacha yaxshi baho tashkil etganda) bo‘lgan, alohida qobiliyat va iqtidor egasi, jamoat ishlarida faol bo‘lgan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga belgilangan stipendiyalar miqdoriga nisbatan 50 foizgacha miqdorda ustamalar belgilash orqali;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga 50 foizgacha miqdorda ustamalar belgilash orqali;
- davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan alohida iqtidorga ega, xalqaro, respublika va oliy ta’lim muassasasi miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan talabalarga bazaviy stipendiyaga nisbatan 10 baravargacha miqdorda bo‘lgan bir martalik rag‘batlantirish belgilash orqali;
- Universitet Kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda (kasalligi yoki oila a’zolarining vafoti kabi) davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga bazaviy stipendiyaga nisbatan 10 baravargacha miqdorda bo‘lgan bir martalik moddiy yordam to‘lovini belgilash orqali.
4. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori asosida qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilingan talabalar qabul qilingan o‘quv yilining ikkinchi semestridan boshlab moddiy qo‘llab-quvvatlanish imtiyoziga ega bo‘ladilar.
5. Universitetda ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha tahsil olayotgan va xorijlik talabalarga mazkur Tartibda belgilangan moddiy rag‘batlantirish tatbiq etilmaydi.
6. Universitetda tegishli o‘quv semestri yakuni bo‘yicha barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “a’lo” hamda “a’lo va yaxshi” (fanlarning 30% gacha yaxshi baho tashkil etganda) bo‘lgan, alohida qobiliyat va iqtidorga ega, jamoat ishlarida faol bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalarni moddiy rag‘batlantirish uchun Rektor tomonidan rahbarlik qilinadigan, dekanatlar, kafedra faollari, Universitetdagi Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti a’zolari, Talabalar Kengashi a’zolari, Universitet xodimlari Kasaba uyushmasi a’zolari, jamoat tashkilotlari faollari, yurist va faol talabalardan tashkil topgan Kengash tarkibi tasdiqlanadi.
7. Tegishli o‘quv semestri yakuni bo‘yicha barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “a’lo” hamda “a’lo va yaxshi” (fanlarning 30% gacha yaxshi baho tashkil etganda) bo‘lgan, alohida qobiliyat va iqtidorga ega, jamoat ishlarida faol bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalarni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha ishlar Kengash qaroriga muvofiq navbatdagi o‘quv semestrining birinchi o‘n kunligida tashkil etiladi. Zarur hollarda Kengash o‘quv yili semestrlari oralig‘ida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalarni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qiladi.
8. Mazkur Tartib qoidalari faqatgina tegishli bitta semestr mobaynida tadbiq qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |