Urganch davlat universitetida o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlarni o‘zlashtirayotgan, iqtidorli, jamoat ishlarida faol bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalarni moddiy rag‘batlantirish


-bob. Moddiy rag‘batlantirishga tavsiya etilayotgan talabalarni saralash



Yüklə 48,75 Kb.
səhifə4/4
tarix22.03.2023
ölçüsü48,75 Kb.
#89146
1   2   3   4
nizom

4-bob. Moddiy rag‘batlantirishga tavsiya etilayotgan talabalarni saralash
13. Har o‘quv semestri yakunlangan kundan boshlab yangi o‘quv semestri boshlanadigan kundan kechikmagan holda Kengash Universitetda tahsil olayotgan talabalarni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha o‘z faoliyatini olib borishi lozim.
14. Mazkur muddat oralig‘ida barcha guruhlardan dekanatlar tomonidan Kengashga moddiy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilishini so‘rab talabalar ro‘yhati va talabaning avvalgi o‘quv semestri davomida faoliyatini aks ettiruvchi xujjatlar jildi ilova qilingan holda murojaatlar Kengash tomonidan tasdiqlangan “Moddiy rag‘batlantirishga da’vogar talabaning anketasi”ga muvofiq qabul qilinadi.
15. Keyingi o‘quv semestri boshlangunga qadar Kengash tavsiya etilayotgan talabalarga tegishli ko‘rsatkichlarini “Moddiy rag‘batlantirishga da’vogar talabaning faoliyatini baholash jadvali”ga muvofiq ko‘rib chiqadi hamda moddiy rag‘batlantirish uchun tavsiya etish bo‘yicha qaror qabul qiladi.
16. Kengash talabani moddiy rag‘batlantirishga tavsiya etish yoki rad etish huquqiga ega.
Tavsiya etilayotgan talabani moddiy rag‘batlantirilishi rad etilgan hollarda, Kengashning tegishli majlisi bayonida uning sabablari ko‘rsatiladi.
17. Kengashning moddiy qo‘llab-quvvatlashga talabalarni tavsiya etish to‘g‘risidagi qarori joriy o‘quv semestrida haqiqiy hisoblanadi.
18. Kengashning tegishli majlisi bayoni nushalari uch ish kuni mobaynida Universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi va tegishli bo‘linmalariga (Kadrlar bo‘limi, Dekanatlar, Buxgalteriya va boshqalar) ga taqdim etiladi.
Unda ustamalar belgilash va moddiy yordam ko‘rsatishga tavsiya etilgan talabalarning ro‘yxati ustama foizlari va miqdori ko‘rsatilgan holda ilova qilinadi.
Mazkur Tartib asosida taqdim etilgan barcha hujjatlarning to‘g‘riligi va haqiqiyligi uchun Universitet rektori hamda Kengash a’zolari javobgar hisoblanadi.
19. Kengash tomonidan talabalarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qabul qilingan qarorni inobatga olingan holda o‘quv semestri yakuniga ko‘ra stipendiya tayinlash to‘g‘risidagi Universitet rektorining tegishli buyrug‘i rasmiylashtiriladi va o‘quv semestrining birinchi oyidan boshlab stipendiya to‘lovi hisoblab boriladi.
20. Moddiy rag‘batlantirishga da’vogar talabaning tegishli semestr uchun topshirgan anketa va unga ilova qilingan xujjatlar jildi keyingi semestr yakunlari bo‘icha rag‘batlantirishga da’vogarlik qiladigan holda rag‘batlantirish uchun asos deb xisoblanmaydi va mazkur tartib ushbu holda tadbiq qilinmaydi.
5-bob. Yakuniy qoidalar



21. Mazkur Tartib qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, Universitet tomonidan moddiy rag‘batlantirilgan talabalarning o‘quv jarayonidagi ishtiroki, o‘zlashtirishi, intizomi va jamoat ishlaridagi ishtiroki ustidan nazorat qilish fakultet dekanati va Talabalar Kengashi zimmasiga yuklatiladi.
Yüklə 48,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin