Shu g’alabadan so’ng arablar otliq qo’shini Pireney tog’larini oshib o’tib Franklar qirolligiga hujum qilgan. Bu yerda, 732 y. Puatye yonidagi jangda arablar (evropaliklar ularni “saratsinlar” deb atashgan) zarbaga uchrab, hujumni to’xtatishga majbur bo’lishgan.
Shu g’alabadan so’ng arablar otliq qo’shini Pireney tog’larini oshib o’tib Franklar qirolligiga hujum qilgan. Bu yerda, 732 y. Puatye yonidagi jangda arablar (evropaliklar ularni “saratsinlar” deb atashgan) zarbaga uchrab, hujumni to’xtatishga majbur bo’lishgan.
Arablarning O’rta Osiyoga harbiy yurishlari ancha muvaffaqiyatli kechgan. VIII a. boshida ular Amudaryo ortidagi viloyatlarni (arabcha Movarounnahr – “daryoning narigi tomoni”) egallashgan. 751 y. arablar Talas jangida Hitoy qo’shinlarini tor-mor keltirishgan va O’rta Osiyoda mustahkam o’rnashib olganlar. 712 y. arablar Hindistonga bostirib kirib, Sind viloyatini zabt etganlar.
VIII a. o’rtalariga kelib arablarning ulkan davlati – Arab halifaligi vujudga kelgan. Halifalar mulki Atlantika okeanidan Hindiston va Hitoy chegaralarigacha yetib borgan. Ammo arab davlati ichki jihatdan mustahkam emasdi. Doimiy isyonlar va qo’zg’olonlar halifalikning turli mintaqalarini larzaga solgan. Shulardan biri davomida Ummaviylar sulolasi ag’darilgan. Deyarli barcha Ummaviylar qirib tashlangan, faqat ulardan bir nechtasigina qochib, Ispaniyaga yashirinishga muvaffaq bo’lgan
Mamlakatdagi hokimiyatni 750 yil boshqa bir qadimgi urug’ – Abbosiylar vakillari egallab olishgan. Bu urug’ning shajarasi Muhammad payg’ambarning amakisi – Abbosga borib taqalgan. Taxt uchun kurashda halifalikning hukmron doiralarini Eronning yirik yer egalari qo’llab-quvvatlagan. Abbosiylar sulolasidan bo’lgan halifalar hokimiyat tepasiga kelgach mamlakat ichidagi barcha halq harakatlarini beshafqat bostirishgan, aslzoda Eron feodallari esa vazirlar, ya’ni arab halifasidan keyingi eng katta mansabni olib mamlakatdagi barcha hokimiyatni o’z qo’llariga olishgan. Halifalik poytaxti Dajla daryosi bo’yidagi kichik qishloqqa ko’chirilgan. Vaqt o’tishi bilan bu yerda shahar barpo etilib, u Bag’dod nomini olgan, arablar davlati esa Bag’dod halifaligi deb atala boshlangan.