Aralash Fungsiyali Birikmalar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə16/22
tarix30.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#151255
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
aRALASH FUNGSIYALI BIRIKMALAR

2.5. Cu(Xz)(AXz).H2O aralash ligandli kompleks
birikmasining UB-spekti


Cu(Xz)(AXz).H2O - kompleks birikmasining elektron spektrini o’rganish uchun, kompleks birikmani dimetilsulfooksid (DMSO) dagi eritmasini KFK-3 da to’lqin uzunligi 315 nm dan 900 nm gacha bo’lgan oblastlarda tekshirib chiqdik.
Kompleks birikmaning elektron spektrida 340 nm va 680 nm larda nur yutilishi kuzatildi. Ligandga tegishli bo’lgan yuitilish chiziqlari pastki oblastda (290-300) nm namoyon bo’lishi adabiyotlardan ma’lum.
Demak, kompleks birikmaning elektron spektrida namoyon bo’layotgan 340 nm ligandni mis metali bilan birikishi natijasida yuqori oblastga (290 nm dan 340 nm gacha ) siljiganligini ko’rsatadi ( ya’ni ligand→Me) [31].
Kompleks birikmaning elektron spektrida 680 nm sohada namoyon bo’layotgan yutilish chizig’i esa, ikki Big→2B2g o’tishga to’g’ri keladi va kompleks birikmani kvadratli piramida tuzilishiga ega ekanligidan dalolat beradi. Agar 550 nm, 680 nm va 710 nm larda chiziqlar chiqganda edi, unda kompleks birikma 1A1g→1B1g, 1A1g→1A2g va 1A1g→1E1g o’tishlarga to’g’ri keluvchi yassi kvadratli piramida tuzilishiga ega deyish mumkin bo’lar edi [29], [24], [30]. Lekin kompleks birikmaning elektron spektrida faqat bitta 680 nm dagi yutilish chizig’i namoyon bo’ldi. 550 va 710 nm lardagi nur yutilish chiziqlari kuzatilmadi. Olingan natijalar (IQ-, UB-spektrlariga asoslanib, kompleks birikmaning tuzilish formulasini quyidagicha ifodalash mumkin:

Mis(II) tuzlarini elektron spektrlari esa, yuqori oblastda (700, 775, 800 nm larda) namoyon bo’lishi kuzatildi. Cu(NO3)2.3H2O tuzi tarkibida uch molekula suv bo’lganligi uchun Cu(NO3)2.3H2O ni metanoldagi eritmasini elektron spektri akvo kompleksini [Cu(H2O)5]2+ chiqish oblastiga (800 nm) yaqin joyda (775 nm), [Cu(H2O)3(CH3OH)3]2++ ko’rinishida namoyon bo’lyapdi.





Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin