γ β α H3C–CH2–CHOH–COOH α-oksimoykislota γ β α H3C–CHOH–CH2–COOH β-oksimoykislota α α` HOOC–CHOH–CHOH–COOH α,α`-dioksiqahrabokislota(vinokislota) Oksikislotalarni sistematik nomenklaturaga binoan nomlashda uzun zanjirdagi C-atomlari sonini ifodalovchi kislota nomiga gidroksil gruppa holatini ko’rsatuvchi raqam bilan «gidroksi» old qo’shimchasi qo’shiladi. Raqamlash karboksil gruppadan boshlanadi. Masalan:
3 2 1
H3C–CHOH–COOH 2-gidroksipropan kislota 3 2 1
H3C–COH–COOH 2-gidroksi-2-metil propankislota CH3 3 2 1
H2COH–CH–COOH 3-gidroksi-2-metil propankislota CH3 Izomeriyasi. Oksikislotalarning izomeriyasi:
1.Molekuladagi gidroksilgruppaning karboksil gruppaga nisbatan qanday joylashganligiga;
Kislota molekulasining tarmoqlangan yoki tarmoqlanmaganligiga bog’liq bo’ladi. Masalan: molekulasida 4ta C-atomi bo’lgan oksikislotaning 5taizomeri bor:
Oksikislotalar molekulasida asimmetrik C-atomlari bo’lsa, fazoviy ko’zgu(optik) izomerlar vujudga keladi. Masalan: sut kislotaning shunday ko’zgu izomerlari bor:
D (+) sut kislota. D (-) sut kislota.
Olinishi. Oksikarbon kislotalar tabiatda ko’p tarqalgan bo’lib, m-n: (olma, sut, limon kislotalar), ular asosan o’simliklar tarkibida uchraydi. Oksi monokarbon kislotalarning molekulasida ham gidroksil gruppa, ham karboksil gruppa bo’lganligi sababli ular spirtlarga karboksil gruppa yoki kislotalarga gidroksil gruppa kiritish orqali sintez qilinadi.
Oksikarbon kislotalar, 1,2-glikollar yoki ularning kamida bitta birlamchi spirt gruppasi (-CH2OH) bo’lgan hosilalarini oksidlash yo’li bilan hosil qilinadi:
Galogen kislotalardagi galogen atomini gidroksil gruppaga almashtirib olish. Bu reaksiya α-galoid kislotalarning ishqor yoki suv bilan qizdirish orqali amalga oshiriladi:
ClCH2–COOH + HOH → HCl + HOCH2–COOH ClCH2–COOH + NaOH → NaCl + HOCH2–COOH
Aldegid va ketonlardan olish. Aldegid va ketonlarga HCN kislota ta’sir ettirib, hosil bo’lgan oksinitrillarni gidrolizlash bilan sanoatda oksikislotalar olinadi:
OH
R–COH + HCN → R–CH–CN + 2HOH → NH3 + R–CHOH–COOH R—C=O + HCN → R—C—OH + 2HOH → R–C(OH) –COOH + NH3 R R CN R
Fizik xossalari. Oksikarbon kislotalarning dastlabki vakillari suvda yaxshi eruvchan, qovushqoq suyuqlik yoki kristall moddalardir.
Kimyoviy xossalari. Oksikarbon kislotalar o’ziga mos keadigan to’yingan yog’ kislotalariga nisbatan kuchli kislotalardir. Oksikarbon kislotalar bifunksional moddalardir. Molekulasida ham gidroksil, ham karboksil gruppasi bo’lganligi sababli spirtlarga va kislotalarga xos barcha reaksiyalarga kirishadi.
Barcha oksikarbon kislotalar spirtlar bilan reaksiyaga kirishib murakkabefirlar hosil qiladi.