Kimyoviy reaksiya va uning turlari.
I. Boshlang’ich va ohirgi maxsulotlarning o’zgarishiga qarab reaksiyalar birikish,o’rin olish,almashinish va ajralish (parchalanish) reaksiyalarga bo’linadi.
Birikish reaksiyasi – ikki yoki undan ortiq oddiy va murakkab moddalar o’zaro birikib bitta murakkab moddani hosil qilish reaksiyasi.
A+B+C+……= D C + O2 →CO2 SO2 + O2→SO3
O’rin olish reaksiyasi – oddiy va murakkab modda o’zaro reaksiyaga kirishib oddiy modda atomlarini murakkab modda atomlari bilan almashtirib boshqa oddiy va murakkab moddalar hosil bo’lish reaksiyasi.
A+CB → AB+C
AgNO3 + Zn → Zn(NO3)2 + Ag
Parchalanish reaksiyasi – bitta murakkab moddadan bir nechta oddiy va murakkab moddalar hosil bo’lish reaksiyasi.
A → B+C+AD+….
CaCO3 → CaO +CO2 KClO3 → KCl + O2
Almashinish reaksiyasi – Ikkita modda o’zini tarkibidagi atomlar sonini almashtirib ikkita yangi modda hosil bo’lish reaksiyasi.
AB+CD→AD+BC
CaCl2+NaOH →NaCl+Ca(OH)2
II. Issiqlik chiqishi yoki yutilishiga qarab reaksiyalar ikki turga ekzotermik va endotermik reaksiyalarga bo’linadi.
Ekzotermik reaksiyalar – reaksiyadan issiqlik chiqishi bilan boradigan reaksiyalar
H2 + Cl2 → HCl + Q
Endotermik reaksiyalar – reaksiyada issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiyalar
NH3 → N2 +H2 –Q
III. Reaksiyaga kirishayotgan moddalar to’liq reaksiya maxsulotiga aylanishi yoki aylanmasligiga ko’ra reaksiyalar qaytar va qaytmas reaksiyalarga bo’linadi.
Qaytar reaksiyalar – bir vaqtning o’zida ikki yo’nalishda boradigan reaksiyalar.qaytar reaksiyalarda tenglamalar o’ng va chap qismlar orasiga qarama-qarshi yo’nalgan 2 ta strelka qo’yiladi.
N2 +H2 ↔ NH3
Qaytmas reaksiyalar – faqat bir yo’nalishda boradigan va reaksiyaga kirishayotgan boshlang’ich moddalar oxirgi maxsulotlarga to’liq aylanadigan reaksiyalar.qaytar reaksiyalar cho’kma tushishi,gaz ajralishi,suv va katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishi bilan boradigan reaksiyalar qaytmas reaksiyalar deyiladi.
AgNO3 + KCl → KNO3 + AgCl↓
NH4Cl + Ca(OH)2 → CaCl2 + NH3↑ + H2O
IV. Neytrallanish reaksiyasi- kislota asoslar o’zaro reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qilish reaksiyasi.
NaOH + HCl → NaCl + H2O
V. Reaksiyaga kirishayotgan moddalar tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajasi o’zgarishi yoki o’zgarmasligiga qarab reaksiyalar ikki turga bo’linadi.
I.Oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan reaksiyalar
II.Oksidlanish darajasi o’zgarmasdan boradigan reaksiyalar.
Dostları ilə paylaş: |