Darsning borishi I. Tashkiliy qism. Guruh o‘quvchilari o‘zlarining guruh nomiga berib o‘tadilar.
Guruhlar I. AL-XORAZMIY.
II.BERUNIY.
III. ULUGBEK.
IV. IBN SINO.
O`qituvchi: Fanlar ichida oftob Ishidir hisob,kitob. Unda jam mantiq,savod, Musiqayu iqtisod. O`ylab topsang EVRIKA! Bu fan MATEMATIKA. Doskada MATEMATIKA so`zi yozilgan harflarga to’rtala komanda o`quvchilari she’r ijro etadilar.
M- Murakkabmas aytarlik, bilib olsang xisobni.
Qunt bilan o`rgansang bas! Charxlab ko`yar zexningni.
A- Al-Xorazmiy solib asos, Al jabrni yaratdi.
Qonuniyatlarni jamlab, dunyoga dong taratdi.
T- Tan oldi butun dunyo, algebraning otasin,
Xatto uzoq sharqda ham qilishar ungatazim.
E- Yer kurrasin shaklini Beruniy yasaganda
Lol qolgan olam axli yordamchidir xandasa.
M- Muallimi soniydir mashhurlikda Farobiy
Minglab matematiklar ustozidir Fargoniy
A- Astronom Ulugbekdek munajjim bormi ayting?
Zijjini aniqligidan bugun teleskoplar tang
T- Tenglamayu tengsizlik, logarifm, funksiya
O`rgangan matematik-Umar Xayyom alloma.
I- Ibn Sinoni jaxon Avetsena deb bilgan.
Xandasa ilmida xam, olimlarni tang qilgan.
K- Kimlar o`rganmadi bu fanni axir, Bilganlar alloma bo`ldilar oxir.
Gullaydi u bilan ilm fan bogi. Unda hal etilar hayot jumbogi.
A- Anglab so`zim ma`nosini, soching ilm ziyosini.
O`rganing ishtiyoq bilan, Fanlarning podishosini.
Yangi mavzuni o‘rganish. O‘quvchilar guruhlarda yangi mavzuni o‘rganishdan oldin o‘tgan mavzu bo‘yicha tayyorlab kelishgan rangli qog‘ozlardan yasalgan doira bo`laklarini kasr sonlar ko`rinishida doskada navbat bilan yozib ko`rsatishlari kerak.Doskada to`gri va noto`gri kasrlar yozilgan bo`lishiga e`tibor beriladi. Guruhdan bittadadn o‘quvchi tushuntirib beradi.
Chaqiriq O`qituvchi doskaga ikki o`quvchini taklif qiladi. Bilagon va Bilmasvoy rollarini topshiradi. Bolalarga doskaga to`gri kasrlar yozishni aytadi. Bilmasvoy ko`rinishidagi noto`gri kasrlarni ham yozib qo`yadi. O`qituvchi bolalardan Bilmasvoyni xatosini to`grilashni so`raydi. Bilmasvoyga Bilagon to’g’ri va noto’g’ri kasrlar ta`rifini aytib beradi.
Bilmasvoy shoshilib - kasrni to`grilab bo`lmaydi. Buni keragi ham yo`q shundaymi? Ustoz.