O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI BESHARIQ TUMANI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI Farg’ona viloyati 14-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fanidan QDPI talabasi Yoqubov Ravshanbekning 5-sinflar uchun matematika fanidan “Aralash sonlar” mavzusida tayyorlagan bir soatlik
Mаqsаd: O’quvchilarni darsda aralash sonlar, sonning butun qismi, sonning kasr qismi tushunchalari bilan tanishtirish
Vazifalar: O’quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg‘otiladi, ular mavzu asosida kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Mavzuga oid tarqatilgan topshiriqlarni yakka va guruh holatida o‘rganib, o‘zlashtirishga erishadilar. Suhbat-muhokama orqali o‘quvchilarning yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirganligi nazorat qilinadi, ularning bilimi baholanadi.
O‘quv jarayonining mazmuni
Aralash sonlar mavzusi bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarda Noto`gri kasrni aralash son ko`rinishida ifodalay olish va aralash sonni noto`gri kasr ko`rinishida ifodalash,mavzuga oid misol,masalalarni ishlay olish, matematikadan olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash kabi kompetensiyalarni shakllantirish. O‘quvchilarni kasr sonlarni fan-texnikadagi ahamiyati haqidagi bilimlari, vazifalari, ularni bir-biridan ajratish va darslik ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.