Aritmiya — turlari, xavfli jihatlari, davolash va oldini olish usullari



Yüklə 28,84 Kb.
səhifə2/4
tarix05.12.2023
ölçüsü28,84 Kb.
#174254
1   2   3   4
Aritmiya — turlari, xavfli jihatlari, davolash va oldini olish usullari

Ushbu maqolani ham o‘qing: Taloq kasallansa...

Sinusli bradikardiya yurak urishlari sonining 60 tadan kam boʻlishidir. Bu aritmiya ham sogʻlom odamda uchraydi, ayniqsa, uyqu paytida tananing ehtiyojlari kam boʻlganda, yurak urishlari soni kamayib ketadi.


Ektopik aritmiyalar murakkabrok aritmiya turi boʻlib, mutaxassis yondashuvini talab etadi. Bunday aritmiyalarni tashxislash uchun kardiolog-mutaxassisga murojaat qilish kerak. Ektopik aritmiyalarga hilpillovchi aritmiya, qorinchalar va qorincha usti ekstrasistoliyalari kiradi.
Ekstrasistola yurakning navbatdan tashqari qisqarishi boʻlib, odam ekstrasistola yuz berganda yurak joyidan qoʻzgʻalganidek, qotib qolgandek hissiyotni sezadi. Ekstrasistolalar sogʻlom odamda ham uchrab turadi. Biroq ularning soni bemor odamga nisbatan ancha kam boʻladi va maxsus davoni talab etmaydi.
Aritmiyalar qanday tashxislanadi?
Aritmiyalarni tashxislash uchun bemorda xuruj paytida EKG tekshiruvini oʻtkazish lozim. Buni davo muassasalarida bajarish mumkin. Murakkab aritmiyalar uchun esa yanada chuqurroq tekshiruv talab etiladi. Bunday tekshiruvlarga 24 soat davomida yurak faoliyatini yozib oluvchi Xolter boʻyicha EKG tekshiruvini olish mumkin. Bu tekshiruv mitti uskuna yordamida bajariladi. Ushbu uskuna odam tanasiga oʻrnatiladi. Tekshiruv yordamida koʻpgina murakkab aritmiyalarga tashxis qoʻyish mumkin. Bu tekshiruv ancha yillardan beri Oʻzbekistonda mavjud va muvaffaqiyat bilan qoʻllanilib kelinmoqda.
Aritmiya nimasi bilan xavfli?
Har qanday aritmiyani ham xavfli deyish nooʻrin. Xavf aritmiyaning qanchalik murakkabligiga, tanaga qanchalik zarar bera olishiga bogʻliq. Shuningdek, aritmiyaning xavflilik darajasini belgilashda, bemorning avval oʻtkazgan yoki ayni paytdagi kasalligi ham hisobga olinadi. Masalan, miokard infarkti oʻtkazgan bemorlarda aritmiyaning boʻlishi har doim yuqori oʻlim xavfi borligidan darak beradi.
Aritmiyani davolash
Zamonaviy tibbiyot aritmiyalarni davolashda ancha ilgarilab ketdi. Shunday boʻlsa-da, aritmiyaning baʼzi turlari oldida tibbiyot ojizligicha qolmoqda. Bugungi kunda aritmiyalarni ham dori-darmon bilan, ham dorisiz davolash mumkin. Har qanday aritmiya alohida yondashuvni talab etadi va har bir bemor bu borada oʻziga xosdir.



Yüklə 28,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin