Toshkent Davlt Pedagogika universiteti Fizika-matematika fakulteti matematika-informatika talim yo’nalishi 303-guruh talabasi Valiyev Javlonning Elementar matematika fanidan mustaqil ishi
KIRISH
“Trigonometriya” atamasi grekcha “trigono” - uchburchak va “metrio” – o‘lchayman so‘zlaridan olingan bo‘lib, birgalikda “uchburchakni o‘lchash” ma’nosini anglatadi. Arkfunksiyalar – bu trigonometrik funksiyalarga teskari matematik funksiyalar bo‘lib, ba’zida doiraviy funksiyalar yoki teskari trigonometrik funksiyalar deb ham ataladi. Trigonometrik funksiyalar o‘zaro bir qiymatli bo‘lmaganligi uchun ularning teskarisini faqatgina qisqartirilgan sohada aniqlash mumkin. Masalan,
sinus funksiyasi [ / 2; / 2] oraliqda o‘zaro bir qiymatlidir.
Arkfunksiyalarga odatda oltita funksiya kiradi:
arksinus (belgilanishi:
arcsin);
arkkosinus (belgilanishi:
arccos);
ishlatiladi. Bu biroz noqulay belgilashdir, chunki buni funksiyani -1 darajaga ko’tarish deb ham tushinish mumkin.
Ma’lumki, arkfunksiyalar mavzusi akademik litsey va kasb hunar kollejlarining ikkinchi bosqichidan boshlab o‘qitiladi. Biz ushbu maqolada arkfunksiyalar qatnashgan tenglama va tengsizliklarni yechishning qulay usullariga to‘xtalib o‘tamiz. Bunday tenglama va tengsizliklarni yechish murakkabroq bo‘lib, ko‘p hollarda ular noan’anaviy usullar, matematika bo‘yicha qo‘shimcha bilimlar yordamida yechiladi. Bunday tenglama va tengsizliklarning yechimini topish ko‘pchilik o‘quvchilarda qiyinchilik tug‘diradi va ularga tegishli uslubiy yordam kerak bo‘ladi.
Ushbu maqolada arkfunksiyalar uchun sodda tenglama va tengsizliklarlarning
yechimlari jadvali, turli usullar bilan yechiladigan tenglama va tengsizliklardan namunalar keltirilgan.