jarayoni kuzatilmasligi, tuproqni asoslar bilan to’yinmaganligi, muhiti (5N) neytralga yaqinligi, loyqa fraksiyasi kamligi kabilar kiradi.
Tundra zonasi tuproqlari arktika zonasidan janubroqda joylashgandir. Uning iqlimi sovuq bo’lib, o’rtacha yillik harorat G’arbga (Kola yarim orolida) 0,2 C dan Osiyo ( G’arbiy Sibir) qismida -8-16 C ga qadarli o’zgarib turadi. 10C dan yuqori harorat 0C dan 400-600 C gacha, 5C dan baland harorat davri 37dan 90 kungacha bo’ladi. Yillik o’rtacha yog’inlar miqdori 150-300dan 400mm gachani tashkil qiladi.
Tundra uchun tuproqdan namlik kam bug’lanishi va yozda havo nisbiy namligining yuqori (75-90%) bo’lishi xarakterli. Bu yerda abadiy muzloq yerlar keng tarqalgan bo’lib, 100-130m dan 400-600m chuqurlikka qadarli (Shimoliy Sibr tundrasi) muzlab yotgan yerlar mavjud. Yozgi davrlarda tuproqning faqat 0,5-1,5m ga qadarli yuza qatlamlari qisqa muddatda eriydi. Tundra relefi asosan tekislikdan iborat bo’lib, ammo tog’ o’lkalarga xos relef shakllari (Hibin, Qutbiy Ural, Birring tog’lar) da uchraydi.

Shuningdek, botqoq va ko’llar bilan egallangan yopiq pastliklar ham mavjud. Tuproq paydo qiluvchi ona jinslari. Tekisliklarida morenalar, muz suvlari va allyuvial keltirilmalardan iborat ona jinslari tarqalgan. Dengiz terassalarida sho’rlangan jinslar ham uchraydi. Tog’li rayonlarda tub jinslarning ellyuvial-delyuvial yotqiziqlari asosiy rol o’ynaydi. O’simliklari: Tundrada o’rmonlar deyarli bo’lmaydi. Shuning uchun ham “Tundra” so’zi fincha “o’rmonsiz joy “ ma’nosini bildiradi.