Kirish Tuproqshunoslik- tuproq haqidagi fan bo’lib, tabiiy jism va ishlab chiqarish vositasi hisoblangan tuproqning kelib chiqishi,tuzilishi, tarkibi va xossalarini,unumdorligi hamda geografik tarqalish qonunlarini o’rganadi. XX asrning oxirlarida ulug’ rus olimlari V.V Dokuchayev, P.A. Kostichev, N.M.Sibirsev,V.P.Vilyams g’oyalari va asarlari tufayli shakillana boshladi va rivojlandi. Arktika va Anktarktida tuproqlari qutb sovuq iqlimli (yog’in miqdori 50-200mm, harorat 5C dan yuqori bo’lmagan manfiy o’rtacha yillik temperaturali-14 dan 18C gacha) sharoitda, suv o’tlari- lishaynikli plyonkasi va tagida yo’sinlar va gulli o’simliklar ( suv ayirgichlarda yuqori o’simliklar suv yuzasining 25% ini qoplaydi yoki umuman bo’lmaydi) va A-C tipdagi kuchsiz rivojlangan kam qalinli tuproq profili bilan xarakterlanadi.
Arktika zonasi Shimoliy muz okeanining eng shimoliy orollarini hamda Sibrning uncha keng bo’lmagan qirg’oq maydonlarini o’z ichiga oladi. Zonaning iqlimi juda sovuq.
Arktika zonasi Shimoliy muz okeanining eng shimoliy orollarini hamda Sibrning uncha keng bo’lmagan qirg’oq maydonlarini o’z ichiga oladi. Zonaning iqlimi juda sovuq.
Subarktika tundra zonasi arktika zonasidan janubga joylashgan bo’lib,Kola yarim orolining Shimoliy-G’arbiy qismidan boshlab Bering qo’ltig’igacha borib yetadi va janubdan o’rmon-tayga zonasi bilan chegaralanadi. Shuningdek, subarktika tuproqlari boshqa rayonlar jumladan tayga-o’rmon zonasining tog’li o’lkalarida ham tarqalgan.
Zonadagi yog’inlar miqdori 130-200mm, asosiy qismi qor holatida tuproqqa tushadi. Tuproq-gruntlar yil bo’yi asosan muzlagan holda bo’ladi, faqat 2-2,5 oyda 20-25sm gacha muzdan tushishi mumkin. Arktika zona yerlari sovuq ta’sirida yorilib ketadi. O’simliklar juda oz uchraydi, ular mox, lishayniklar, suvo’tlar, kichkina butalar, ba’zi o’tlar. Zonaning zonal tuproq tipi-arktik chimli (gumusli) tuproqlar, ular uchun quyidagilar xarakterlidir: tuproqlar muzlashi va yorilib ketishi, organik qoldiqlarning kamligi (3-5s gacha), tuproq qatlami yupqaligi, gleylanish