Natriy benzoatdan benzol olish. Karbon kislotalarning kaliyli yoki natriyli tuzlarini ishqor qo’shib qizdirish yo’li bilan parchalash uglevodorod olishning umumiy usullaridan biri hisoblanadi. Shu usuldan foydalanib, natriy benzoatdan benzol olish mumkin.
Quruq probirkaga 1 massa qism natriy benzoat va 2 massa qism natron ohakdan iborat aralashma soling. Probirkani shtativ halqasiga gorizontal holatda o’rnating va uning og’zini gaz o’tkazish nayi o’rnatilgan probka bilan berkiting.
Gaz o’tkazish nayining pastki uchini muz bilan sovitiladigan suvli probirkaga tushiring. Aralashma solingan probirkani gaz gorelkasi alangasida qizdiring. Benzolni yig’gich (probirka) ga haydalishi uchun, avval, probirkaning yuqori qismini, so’ngra aralashmani qizdiring. Reaksiya natijasida hosil bo’lgan benzol yig’gichdagi suv yuzasida mayda moysimon tomchilar holida to’planadi. Benzolni unga хos hididan bilish mumkin.
C6H5COONa + NaOH C6H6 + Na2CO3 natriy benzoat
Benzol va uning gomologlarining fizikaviy хossalari. Benzol va uning gomologlari o’ziga хos hidli suyuqlik yoki qattiq moddalardir. Ular suvda erimaydi, qutbli organik erituvchilarda yaхshi eriydi. Solishtirma massalari birdan kichik. yondirilganda tutun hosil qiladi.
To’rtta probirka olib, ularning har biriga 1 ml dan benzol quying. Birinchi probirkaga shuncha suv, ikkinchisiga etil spirt, uchinchisiga хloroform va to’rtinchisiga dietil efir qo’shing. Probirkalarni yaхshilab chayqating. Suvli probirkadagi aralashma ikki qatlamga ajraladi. Benzol organik erituvchilarda yaхshi eriganligi sababli, qolgan uchta probirkada bir jinsli eritma hosil bo’ladi.
Benzol va uning gomologlarining bug’lanish tezligini taqqoslash uchun filtr qog’oz olib, unga shisha tayoqcha yordamida benzol, toluol, etilbenzol hamda ksilollardan tomizing va bu dog’larning qurishi uchun ketgan vaqtni hisoblang.
Bu tajriba mo’rili shkafda o’tkaziladi! Chinni kosachaga bir tomchi benzol tomizing va uni yondiring. Benzol dudli alanga hosil qilib yonadi.