Aromatik uglevodorodlar



Yüklə 69,5 Kb.
səhifə5/5
tarix05.10.2022
ölçüsü69,5 Kb.
#64561
1   2   3   4   5
AROMATIK UGLEVODORODLAR

Izomerlar


Uglevodorodlarning molekulyar geometriyasi ularning fizik va kimyoviy xossalari bilan bevosita bogʻliq. Kimyoviy formulasi bir xil, lekin turli xil strukturaga ega va shu sababli ham bir-biridan fizik va kimyoviy xususiyatlari bilan farq qiluvchi molekulalar izomerlar deb ataladi. Izomerlarning ikkita katta turi mavjud: strukturaviy izomerlar va stereoizomerlar (fazoviy izomerlar). trukturaviy izomeriyada atomlar bir-biri bilan turli xil yoʻllar orqali bogʻlanadi. Natijada strukturali izomerlar koʻpincha turli xil funksional guruhlar yoki bogʻlanish shakllarini hosil qiladi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan butan va izobutanga eʼtibor bering: ikkala molekula ham toʻrtta uglerod va oʻnta vodorod atomidan tashkil topgan (\text C_4\text H_{10}C4​H10​start text, C, end text, start subscript, 4, end subscript, start text, H, end text, start subscript, 10, end subscript), lekin butan chiziqli, izobutan esa tarmoqlangan. Buning natijasida esa ushbu ikki molekula bir-biridan farq qiluvchi kimyoviy xossalarni (izobutanning qaynash va suyuqlanish harorati butannikidan pastroq) namoyon qiladi. Shuning uchun ham butan gaz yondirgich va mashʼalalarda yonilgʻi sifatida ishlatiladi, izobutandan esa aerozol qutilarda sovitish moddasi yoki propellant sifatida foydalaniladi.

Stereoizomeriya


Stereoizomeriyada atomlar bir-biri bilan bir xil koʻrinishda bogʻlanadi. Lekin ular fazoda joylashishi bilan oʻzaro farq qiladi. Tabiatda stereoizomerlarning koʻp turlari mavjud, ammo ular ikkita katta guruhga boʻlinadi: enantiomer va diastereomerlar. Enantiomerlar bir-biriga koʻzgudagi teskari aksni namoyon qiluvchi stereoizomerlardir (“teskari aks” soʻzi bu yerda ushbu ikki molekula ustma-ust qoʻyilganda fazoda toʻliq mos boʻla olmasligini anglatadi). Enantiomer holat koʻpincha toʻrtta turli xil atomga yoki guruhga bogʻlangan bir yoki undan ortiq uglerodga ega boʻlgan asimmetrik molekulalarda kuzatiladi.
Yüklə 69,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin