C# dasturlash tilida "+" (qo’shish) operatori orqali ham qo’shish ham birlashtirish mumkin.
Esda tuting!Sonlar qo’shiladi, satrlar birlashadi int num1 = 5;
int num2 = 12;
int result = num1 + num2;
//output: result = 17
string str1 = "6";
string str2 = "9";
string result = str1 + str2;
//output: result = 69
StringBuilder C# dastrlash tilida Stringga o'xshash StringBuilder tipi mavjud. Ular bir-biriga yaqin, lekin ma'lum farqlar ularni ajratib turadi.
Keling, StringBuilder qanday yaratilishi haqida bilib olaylik. Avallo, System.Text kutubxonasini chaqirishimiz lozim, shundan so'ng quyidagicha kod yoradamida StringBuilder e'lon qilinadi:
StringBuilder strB = new StringBuilder();
Endi esa asosiy qism, ya'ni String va StringBuilderning farqini ko'rib chiqamiz:
String bu immutable tip hissoblandi, ya'ni uni xotirada e'lon qilganimizdan so'ng uni o'zgartira olmaymiz, StringBuilder esa mutable tip hisoblandi, ya'ni u xotirada o'z ko'rinishni va o'lchamini o'zgartira oladi. Shu sababdan, StringBulider Stringdan tezroqdir. Misol uchun, Quyidagi kodda str o'zgaruvchisi 1000 martta xotiradan o'chirib tashlanadi va har safar Salom so'zi qo'shilib qaytadan yaratiladi.
string str = "Salom";
for (int i = 0; i < 1000; i++)
{
str += "Salom ";
}
Keling end shu misolni StringBuilder orqali ko'raylik:
StringBuilder strB = new StringBuilder();
for (int i = 0; i < 1000; i++)
{
strB.Append("Salom ");
}
str o'zgaruvchisida farqli ravishda strB o'zgaruvchisi xotirada 1000 marta o'chirilib tashlanmaydi, buning o'rniga strB o'zgaruvchising o'ziga 1000 martta Salom so'zi qo'shilib yoziladi.
Yuqorida ko'rganingizdek StringBuilderning ham String kabi o'z methodlari mavjut va quyida ulardan bir nechtasiga misolar keltirilgan:
Append - StringBuilderning oxiridan String qo'shish uchun ishlatiladi.