StartsWith() – berilgan satr biz kiritgan satr bilan boshlanganmi yoki yo'qligini tekshiradi. bool tipida qiymat qaytaradi.
string str1 = "Hello World";
string str2 = "He";
bool result = str1.StartsWith(str2);
//output: result = True
Contains() – berilgan satr tarkibida ko’rsatilgan satr yoki belgi bor yoki yo’qligini tekshiradi. Agar bor bo'lsa true, aks holda false qiymat qaytaradi.
string str1 = "Hello World";
string str2 = "bye";
bool result = str1.Contains(str2);
Console.Write(result); //output: False
Console.Write(str1.Contains("rld")); // output: True
Console.Write(str1.Contains('a')); // output: False
IndexOf() – berilgan satr tarkibida kor’rsatilgan satrni indeksini topib, bizga int tipida qaytarib beradi. Agar berilgan satr tarkibida biz ko'rsatgan satr mavjud bo'lmasa, -1 ni qaytaradi.
string str1 = "Hello World";
string str2 = "lo";
int result = str1.IndexOf(str2);
//output: result = 3
Substring() – berilgan satrning ko’rsatilgan diapazondagi qismini qirqib olib, bizga qaytaradi
string str1 = "Hello World";
string str2 = str1.Substring(1, 4);
//output: str2 = "ello"
IsNullOrEmpty() – berilgan satrni bo’sh yoki null ekanligini tekshiradi. Agar satr bo'sh bo'lsa yoki qiymati null ga teng bo'lsa true, aks holda false qiymat qaytaradi.
string name = "";
bool IsEmpty = String.IsNullOrEmpty(name);
//output: True
Concat() – berilgan ikki satrnni birlashtiruvchi funksiya
string FirstName = "Farrukh";
string LastName = "Kholmatov";
string name = string.Concat(Firstname, Lastname);
//output: Farrukh Kholmatov
String.Format && "$" - satr va obyektlar ustida bir vaqtning o’zida ishlash imkonini beradi
string name = "Petr";
int year = 45;
string str = String.Format("Hello {0}, {1}", name, year);
// str = "Hello Petr, 45"
int a = 5;
int b = 7;
string result = $"{a} + {b} = {a + b}";
// str = "5 + 7 = 12"