Array sinfi Mamataliyev Diyorbek Assalomu alaykum, yosh dasturchilar! Bugun sizlar bilan Array



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə10/12
tarix05.10.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#64609
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
C#dakumet

Push()Stackga yangi element qo’shadi. Element Stackga eng yuqorisidan qo’shiladi (huddi quyidagi rasmdagidek);
Pop()Stackga oxirgi qo’shilgan element qiymatini qaytarib, bu elementni Stackdan olib tashlaydi. Elementni olib tashlanayotganda oxiri qo’shilgani birinchi bo’lib chiqib ketadi;
Peek()Stackning eng yuqorisidagi (oxirgi qo’shilgan) element qiymatini qaytaradi, lekin Stackdan olib tashlamaydi;
CountStackdagi elementlar sonini qaytaradi;
Clear()Stackdagi barcha elementlarni o’chirib yuboradi. Bundan so’ng Stackdagi elementlar soni 0 ga teng bo’lib qoladi;
Contains()Stackda biror element bor yoki yo’qligini tekshiradi. Bor bo’lsa true, yo’q bo’lsa false qiymat qaytaradi.

Push va Pop amallari
Savol tug’ilishi mumkin: Shuncha cheklovlarga ega bo’lgan to’plam dasturlashda nima uchun kerak? Biror qulayligi bormi? Albatta. Masalan, siz ko’p marta ishlatadigan Undo/Redo (Ctrl+Z/Ctrl+Y) ni ishlatganingizda bajargan ishlaringizni Stackga yozib boradi. Ctrl+Z qilganingizda oxirgi qilgan amalingiz birinchi bo’lib orqaga qaytadi va boshqa bo’sh stackga joylanadi (ikkinchi stack Ctrl+Y qilganingizda kerak bo’ladi). Yoki yana bir misol brauzeringizdagi avvalgi yoki keyingi ochilgan web-sahifalarga o'tish uchun ishlatiladigan back/forward tugmachalari ham Stack yordamida ishlaydi.

back va forward tugmachalari
Stack haqida tushunchaga ega bo’lgan bo’lsangiz endi uni kodda ishlashini ham ko’raylik. Stack to’plami System.Collections.Generic nomlar makonida joylashgani uchun avval shu nomlar makonini chaqirishimiz kerak bo’ladi:
using System;
using System.Collections;
using System.Collections.Generic;
public class program
{
public static void Main()
{
//yangi bo'sh Stackni e'lon qilish
var sonlar=new Stack ();
//Stackga yangi elementlarni qo'shish
sonlar.Push(2);
sonlar.Push(5);
sonlar.Push(7);
//Stackdagi elementlar soni:
Console.WriteLine(sonlar.Count); //3
//Stackdan oxirgi qo'shilgan element qiymatini pop() orqali olish
int b=sonlar.Pop(); //7 ga teng element Stackdan chiqib ketdi
Console.WriteLine("b="+b);
Console.WriteLine("Elementlar soni: "+sonlar.Count); //2
//Stackdan oxirgi qo'shilgan element qiymatini peek() orqali olish
int c=sonlar.Peek(); //Stackdagi elementlar soni o’zgarmadi
Console.WriteLine("c="+c);
Console.WriteLine("Elementlar soni: "+sonlar.Count);
Console.ReadKey();
}
}
output:
b=7
Elementlar soni: 2
c=5
Elementlar soni: 2
Shuning bilan darsimiz nihoyasiga yetdi. Agar Stack to'plamini sizga yaxshi tushuntira olgan bo'lsam xursandman. E'tiboringiz uchun rahmat.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin