Queue Mamataliyev Diyorbek
Assalomu alaykum. Bugun ham to’plamlar bilan tanishishda davom etamiz. Queue to’plami haqida tasavvurga ega bo’lish uchun navbatga turgan odamlarni tasavvur qiling. Navbatga kim oldinroq qo’shilgan bo’lsa, o’sha oldinroq chiqib ketadi. Keyin kelganlar oldin chiqib ketolmaydi (agar shunday qilmoqchi bo’lsa janjal chiqishi hech gap emas). Dasturlashda ham shunday.
Queue - Navbat
Queue shunday to’plamki, unga elementni faqat oxiridan qo’shiladi, faqatgina boshidan chiqib keta oladi. Queuega avvalroq qo’shilgan elementlar avvalroq tartib bilan chiqib ketadi. Shuning uchun Queueni FIFO - First In First Out Collection deb ham ataladi.
Biz Queue to’plami ustida quyidagi amallarni bajara olamiz:
Enqueue() – Queue ga yangi element qo’shadi (albatta oxiridan);
Dequeue() – Queue ning eng boshidagi element qiymatini qaytarib, bu elementni queuedan olib tashlaydi;
Peek() – Queue ning eng boshidagi element qiymatini qaytaradi, lekin Queue dan olib tashlamaydi;
Count – Queue dagi elementlar sonini (int tipida) qaytaradi;
Contains() – Queue da berilgan element mavjudligini tekshiradi. Bor bo’lsa true, aks holda false qiymat qaytaradi.
Enqueue() va Dequeue()
Queue dasturlashda aynan qaysi holatda ishlatiladi? Bir qurilmaga bir nechta qurilmadan bir vaqtda murojaat qilinadigan holatda, masalan bir nechta kompyuter bitta printerga lokal tarmoq orqali ulanganda yoki internet serverlarda navbatni ta’minlash uchun Queuedan foydalaniladi.
Queue haqida nazariy tushunchaga ega bo’lgan bo’lsangiz endi kodda ham ko’rsak bo'ladi. Queue to'plami System.Collections.Generic nomlar makoniga tegishli. Shuning uchun avval shu nomlar makonini ham chaqirishimiz kerak:
using System;
using System.Collections;
using System.Collections.Generic;
public class program
{
public static void Main()
{
//yangi Queue e'lon qilish
var navbat=new Queue();
//Queue ga yangi element qo'shish
navbat.Enqueue(2);
navbat.Enqueue(5);
navbat.Enqueue(8);
navbat.Enqueue(13);
navbat.Enqueue(21);
//Queue ning eng boshidagi elementni aniqlash
Console.WriteLine("Eng boshidagi element: "+navbat.Peek());
//Queuedan elementlarni chiqarib tashlash
Console.WriteLine(navbat.Dequeue()+" soni chiqarib yuborildi");
Console.WriteLine(navbat.Dequeue()+" soni chiqarib yuborildi");
//Queueda element borligini tekshirish
Console.WriteLine(navbat.Contains(13));
Console.Write("Queueda qolgan elementlar: ");
foreach(int a in navbat)
Console.Write(a+" ");
Console.ReadKey();
}
}
output:
Eng boshidagi element: 2
2 soni chiqarib yuborildi
5 soni chiqarib yuborildi
True
Queueda qolgan elementlar: 8 13 21
Maqola siz uchun foydali bo'ldi degan umiddaman. E'tiboringiz uchun rahmat.