Kiyim-kechak qismlari har qaysi tur kiyimda bir necha xil bo‘lib, kasb ustalari ularni nomlash uchun umumxalq tilidagi so‘zlardan foydalaniladilar. Lug‘atda esa ular quyidagi nomlar bilan ifodalangan:
Bog’ich turlari:
Bo’ruk - xaltaning og‘zini bog‘laydigan bog‘ich yoki ishtonbog‘ (I, 366); bog’maq - ko‘ylak bog‘ichi (I, 433); ilarsok - ishtonbog‘, to‘rvaning bog‘i va, umuman, narsalarni yig‘ib bog‘lash uchun maxsus ipdan qilingan bog‘ich (I, 406); bog’ ol to „rgak chekdi - u bo‘xchaning bog‘ini bog‘ladi (I, 433. II, 29).
Qadimda tugmalar bo‘lmagan davrda libosning old qismini yopish uchun maxsus to‘qilgan bog‘ichdan foydalanishgan. O‘tmishda xalta ko‘ylak, mullacha ko‘ylaklarga yoki o‘yindig‘ining chetlariga ingichka jiyak tutilib, ikki yelka chetida bog‘ichlar bog‘langan. Bu qadimiy turkiy so‘z bo‘lib, yodgorliklar tilida bavuz (S.Ye. Malov, 367), —Muqaddimatul al-adab" da qorin bog’i (брючная повязка), bilak bog’i (ручная повязка), qo’lbog’ (браслет), qilich bog’i (ремень меча) kabi tarzda berilgan. Demak, bog’ich so‘zi o‘tmishda har bir narsani bo‘g‘ish, bog‘lash, tugishga nisbatan ishlatilgan.
Yeng nomlari:
Yeng - yeng, kiyim yengi (III, 373): Yeng yosodi ko'nglakka (Приладил рукава к рубашке) (Поппеб 291)17. Bo‘lsa yonimda bir harifi zarif, tut yengidan dag‘i charog‘ so‘ndur (S. Saroyi, 375)18. Navoiy, Bobur va boshqa mumtoz janr ijodkorlarining asarlarida ham bu so‘z asosiy va ko‘chma ma‘nolarda ko‘p ishlatilgan.
Etak nomlari:
So’zug’ - ko‘ylak etagining ikki tomonidan yoqasigacha bolgan qismi. So’zug’ japib oltirdi - ko‘ylakning ikki tomonini o‘z tarafiga o‘rab, puflab turadi. Bu holat noziklik va ozodalikdan bo‘ladi (I, 355).
Qudurg „aq- choponning bir tomoni, orqa etagi (I, 461).
Etak - etak (I, 98).
Bu so‘z —Devonu lug‘otit turk”19 da to „n etaklandi - to „n etakli bo „ldi (I, 98); etaklik ton - etaklig kiyim (I, 167) kabi birikmalar tarkibida keladi.
Hozirgi zamon turkiy tillarning deyarli barchasida (fonetik talaffuzni hisobga olmaganda) etak so‘zi uchraydi: edak (ozarb.); etek (turkm.); etek (qirg‘.); etek (qozoq); adaq (uryanxay); idek (xakas).
Etak so‘zi ishtirokida o‘zbek tilida ba‘zi so‘z birikmalari yasalgan: qo’sh etak, ilonizi qo،؛؟h etak, etakli kamzul vashu kab.