—Devon”da ko „chuk - cho „ntak. O‘g‘uzlar cho‘ntak deydilar (I, 444).
Yanchu - hamyon, pul solinadigan hamyon (III, 52), cho‘ntak so‘zi o‘rnida qollangan.
Turkiy tillarning ko‘pchiligida cho „ntak o‘rnida yonchiq so‘zi ishlatiladi. Chunonchi: uyg‘ur tilida yonchuq (Uyg‘.-rus. 781)22 qirg‘iz tilida jancho’q (qirg‘.-rus. 229), tatar tilidayancho „q va kiset (tatar,-rus. 711)23.
6.Yoqa nomlari: Yoqa - qadimiy turkiy so‘z. Yaqa - yoqa (III, 31):
Yaqadaqi - jalg‘ag‘ali eligdagi, ichginur (odam yoqada bo‘lgan yuqni yalashga ovora bo‘lsa, qo‘lidagi idish tushadi, yalovchi quruq qoladi) (III, 321); —Muqaddimatul al-adab”da bu so‘z kiyim yoqasini bildirgan: Yaqo qildi ko’nglakka; yaqo qarig‘i (yoqa qirg‘og‘i), ishton yaqosi (ishton pochasi,
qirg‘og‘i) (DLT, 82, 201, 356). Yoqa sozi undan keyingi davr adabiyotlarida kiyim yoqasi va boshqa kochma ma‘nolarda ishlatilgan: Yoqa choqu yalongoch boshu ayoq. Bui ajab hoi Ha subhu Yoqa sozi umumturkiy xarakterdagi leksema bolib, u qirg‘iz, turk, tatar, mo‘g‘ul tillarida ishlatiladi. V. Radlov lugatida bu soz quyidagicha izohlangan: turkcha, tatarcha yaqa, yaqo; qirg‘izcha jog’a, jag’a; mo‘g‘ulcha djaha - kiyim yoqasi (II, 335)2425, usmonli turk tilida jaqa - kiyim yoqasi, devrik jaqa - qaytarma yoqa (turets.-rus, 220)26, ozarbayjon tilidayaxa - yaxali koynak (Azer.-rus, 215), turkman tilida yaqa (turk.-rus, 809), xakas tilida chag’a (Shibayeva, 98).
Kiyim choki nomlari:
Kiyimning chok solingan qismini kiyim choki deyiladi. XI asr yozma manbalarida chok sozi ornida jik (III, 32), sachu - ton, ro‘mol va shu kabilarning hoshiyasi, shokildasi (III, 238).
Boshqa turkiy tillarda yig (chok) so‘zi ayrim fonetik variantlarda uchraydi. Chunonchi, qirg‘iz tilida lik - shov: koynak lir - ko‘ylak choki (qirg‘.-rus, - 254)27; uyg‘ur tilida chek (uyg‘.-rus, -390), xakas tilida cheek (xakassko-rus, - 315)28.
Chok kiyimning qaysi yeriga tushishi, tikilish usuliga ko‘ra turlicha nomlanadi: yon choki, yelka, orqa chok, qo‘ltiq choki va hokazo.
Tikuvchilik terminologiyasida chok so‘zining varianti bahyadir. O‘zbek shevalarida bahya (Toshkent, Xorazm), lavak bahya (Farg‘ona, Andijon), bahiyya (Qashqadaryo, Surxondaryo) shakllarida uchraydi.
Rus tilida chok va bahya so‘zi o‘rnida bir so‘z - shov so‘zi qoaadi. O‘zbek tikuvchilari nutqida ham chok va bahya ko‘pincha farqlanmaydi.
Bahya va chok so‘zlari sinonim bo‘lsa-da, ularning qo‘llanishiga ko‘ra o‘ziga xos tomonlari bor. Masalan, burma ustidan vaqtinchalik bosib tikishni bahyalab tikish, bahyalab qo‘ymoq, bahyalamoq deyiladi. Lekin choklash, choklamoq, choklab qo‘ymoq deyilganda doimiy chok nazarda tutiladi. Do‘ppido‘zlikda ham ko‘pincha bahya so‘zi qo‘llanadi. Bahya tikiladigan buyumning xarakteriga qarab igna urish bilan iroqi do‘ppi tepchigining bahyasi o‘rtasida farq bor. Chust do‘ppining bahyasi juda mayda, nozik bo‘ladi.
Kosiblar nutqida oyoq kiyim qismlarining tikib biriktirilgan joyida chokning ikki qirg‘og‘i bo‘ylab bezak uchun tushiriladigan yo‘rmani ham bahya deyiladi.