Spread Spectrum Modulated Modullangan spektrning tarqalishi. Takt generatori ishlab turgan paytda elektromagnit interferensiya (Electro Magnetic Interference EMI) singari hodisalar ro‘y berishi mumkin. Tabiiy, jismonan olganda, interferensiya ikki va undan ortiq to‘lqin tebranishlarining o‘zaro birgalikdagi harakatidan boshqa narsa emas. Ularning bu jarayonlarga xos ko‘p sonli uyg‘un chastotali tarkibiy qismlari bilan paydo bo‘lishlariga generatsiya qilinayotgan takt impulslarining ekstremal ko‘rsatkich belgilari (cho‘qqilari) "aybdor"dir. Opsiyani yoqish cho‘qqilarni tekislash va interferensiyani kamaytirish imkonini beradi.
Bu vazifani bajarishga takt generatorining ishlashi va u ishlab chiqarayotgan signallarning sifatini kuzatib boruvchi vositalarning butun bir majmui yo‘naltirilgan.
Elektromagnit nurlanishini kamaytirish, sof texnik vazifalardan tashqari ekologik muammolarga ham dalldordir. Nurla-nish 6 foizgacha yetishi mumkin. Ta’qidlash lozimki, bu signal shakliga sezuvchan uskunalarning, masalan, Fast Wide SCSI interfeysli qattiq disklarning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun bu parametrda ishlashga faqat kompyuterlarni elektromagnit uyg‘unlikka sinab ko‘rilayotgan paytlardagina ruxsat berish tavsiya qilinadi.
Bundan tashqari, Smart Clock rejimi ham bor. Bu rejimda AGP, PCI va CDRAM shinalarning takt signallari ulardan foydalanish talab qilinmagan paytda o‘chiriladi. Bunday holda opsiyaning yoqilishi ishning mo‘’tadilligiga ta’sir qilmaydi. Quyidagi belgilarni qabul qilishi mumkin:
- Eneabled
- Disabled
- 0,25 %
- 0,5 %
- Smart Clock
OVOZ KARTASINI O‘RNATISh
Zamonaviy kompyuterlarda ovozni apparat bilan qo‘llab-quvvatlash quyidagi shakllardan birida amalga oshiriladi:
Crystal, Analog Devices, Sigmatel, ESS va boshqa kompaniyalar ishlab chiqarayotgan tizimli platadagi mikrosxema;
tizimli plata mikrosxemasining asosiy to‘plamiga yig‘ilgan ovoz uskunalari (ularga Intell, SIS va VIA Technologies kompaniyalarining uncha qimmat bo‘lmagan kompyuterlar uchun yaratgan eng zamonaviy mikrosxemalar to‘plamlari kiradi).
Asosiy uskunaning qayerda joylashganidan qatiy nazar, akustik tizim, mikrofon va boshqa ko‘plab qo‘shimcha audiouskunalar mavjuddir.