Asboblar bilan jihozlash



Yüklə 10,95 Mb.
səhifə20/26
tarix16.12.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#182180
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
009 asboblar bilan jihozlash

Videoadapter BIOSi
Videoadapterlar o‘z BIOSiga ega bo‘ladi. U tizimli BIOSga o‘xshasa ham, lekin undan mutlaqo mustaqildir. (Kompyuterdagi SCSI kabi boshqa uskunalar ham o‘z BIOSiga ega bo‘lishi mumkin). Monitorni ulaganda, tizim ishga tushishidayoq ekranda BIOS videoadapterining o‘ziga xos belgisini ko‘rish mumkin.
Videoadapterning BIOSi tizimli BIOS kabi ROM mikro-sxemasida saqlanadi, unga videoadapter jihozli va dasturiy ta’minot o‘rtasidagi interfeysni taqdim etuvchi asosiy buyruqlar bitilgan. Videoadapterning BIOSi funksiyalariga murojaat etuvchi dastur, amallar tizimi yoki tizimli BIOSni avtonom ilova bo‘lishi mumkin. BIOS funksiyalariga murojaatlar POST jarayoni bajarilayotgan paytda monitor haqidagi axborotni chiqarish va, istalgan boshqa dasturiy drayverlar diskidan yuklashdan oldin, tizimni yuklashni boshlash imkonini beradi.
Videoadapter BIOSini, xuddi tizimli BIOSdek, ikki xil usulda modernizatsiya qilish mumkin. Agar BIOS EEPROM mikrosxemasida yozilgan bo‘lsa, uning ichidagilarni adapterni ishlab chiqaruvchi korxona taqdim etadigan maxsus dastur yordamida modifikatsiya qilish mumkin. Aks holda mikrosxemani, yana o‘sha ishlab chiqaruvchi taqdim etadigan, yangisiga almashtirish kerak bo‘ladi. Dasturiy ta’minot yordamida modifikatsiyalash mumkin bo‘lgan BIOSni ba’zida flash BIOS deb ham atashadi.
Agar eski adapter yangi amallar tizimida ishlatilayotgan yoki tayyorlovchi dasturning boshlang‘ich kodida jiddiy kamchilikni aniqlagan bolsa, videoadapterning BIOSini yangilash talab qilinishi mumkin. Lekin videoadapter BIOSini faqat yangi, qayta ko‘rilgan talqinlar paydo bo‘lgani uchungina modifikatsiyalashtirish kerak emas. "Agar bunga ehtiyoj bo‘l-masa, modernizatsiyalamang" degan qoidaga amal qiling.


Grafik protsessor
Videoadapter tuzilishida protsessorning 3 turidan bittasi yoki ixtisoslashtirilgan mikrosxemalar majmuasidan bittasi ishlatilishi mumkin. Konkret platada o‘rnatiladigan uskunaning turi VGA, SVGA yoki XGA videoadapteri qo‘llab turuvchi aks etish standartiga amalda bog‘liq emas. Video-adapterlarning eng eski arxitekturasi tasvir kadrni saqlovchi tuzilish (frame buffer technology) deb ataladi. U tasvirning shunday tuzilish uslubiyatini ko‘zda tutadiki, bunda videoadapter faqat tasvirning statik kadri saqlanishi va regeneratsiyasi uchun javob beradi. Kadrning o‘zi esa faqat dastur va kompyuterning markaziy protsessori kuchi bilan yaratiladi. Tabiiyki, bunday usulda markaziy protsessorga katta og‘irlik tushadi, chunki u amalda tasvirning hamma detallari chizilishini to‘liq boshqa-rishi kerak.
Hozirgi zamon kompyuter grafikasida, shuningdek, ixtisoslashtirilgan grafik soprotsessor ham qo‘llaniladi. Bunday arxitektura videoadapter tarkibiga tasvirni yaratish uchun zarur bo‘lgan hamma hisob-kitoblarni bajaruvchi o‘z protsessorini qo‘shishni ko‘zda tutadi. Bunda markaziy protsessor boshqa (rasmni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lmagan) vazifalarni bajarish uchun deyarli to‘liq bo‘sh bo‘ladi.
Shunday qilib, kompyuterning markaziy prosessoridan amalda hamma grafik vazifalarni “tortib olib”, ularni ixtisoslashtirilgan (bunga maksimal moslashtirilgan) videoadapter protsessoriga yuklatilsa, bu arxitektura tizimning minimal vaqt davomida reaksiya qilishini ta’minlaydi.


Videoxotira
Tasvir shakllantirilayotganida videoadapter xotiraga murojaat qiladi. Videoadapterdagi xotiraning (videoxotiraning) haj-mi turlicha - 2, 4, 8, 16, 32, 64 yoki 128 Mbayt bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha xotira videoadapterning tezkor harakatini oshirmaydi, lekin tasvirning shakllanishini hal qiladi va /yoki qayta tiklanayotgan ranglarning miqdorini ko‘paytiradi.



Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin