WWW.HUMOSCIENCE.COM
310
ASHTARXONIYLAR DAVRI SIYOSIY TARIXI MANBALARDA
Hamroyeva Dilshoda Ravshan qizi
Buxoro davlat universiteti, 2-kurs magistranti
Аnnotatsiya
: Аshtarxoniylar davri Oʼzbekiston tarixining XVIII asr oʼrtalariga
qadar boʼlgan davrda muhim ahamiyat kasb etadi.Tarixiy manbashunoslikda bugunmi
kunda ushbu davrga oid turli koʼrinishdagi yozma manbalar nashr etilgan
bòlib,ularning har biri tariximizni yoritishda oʼz oʼrniga ega.
Kalit soʼzlar
: Аshtarxoniylar, Buxoro xonligi, Ubaydullanoma, Аbdurahmon
Toleʼ, Tarixi Muqimxoniy, Dastur ul-muluk, Florio Beneveni, Bahr ul-asror, Matlab
ut-tolibin.
Annotation
: The Ashtarkhanid period is important in the history of Uzbekistan
until the middle of the XVIII century.In the field of historical sources today, there are
various written treatsises of this period,each of which tekes its place in the coverage of
our history.
The key words
: Ashtarkhanids, Bukhara khanate, Ubaydullanoma, Abdurahmon
Tole, history of Muqimkhaniy, Dastur ul-muluk, Florio Beneveni, Bahr ul-asror,
Matlab ut-tolibin.
XVII-XVIII asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyo xonliklarida qarama-qarshi
va murakkab tarixi jarayonlar ichgan.Ularni o'rganishda bu davr oralig'ida yaratilgan
manbalar mahalliy muarrixlarning asarlari, Markaziy Osiyo hududiga XVI-XIX
asrning birinchi yarmida tashrif buyurgan elchilar, sayohatchilar va boshqalarning
xotiralari muhim o'rin tutadi.
XVII-XVIII asr boshlari tarixini yorituvchi Muhammad Amin Buxoriyning
"Ubaydullanoma", Abdurahmon Tole'ning "Abulfayzxon tarixi, Muhammad Yusuf
Munshiyning "Tarixi Muqimxoniy, Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriyning
WWW.HUMOSCIENCE.COM
311
"Muhit ut-tavorix", Mahmud ibn Valining "Bahr ul-asror do manoqib ul-ahyor"
(Oliyjanob kishilarning jasorati haqidagi sirlar dengizi), Abulabbos Muhammad Tolib
"Matlab ut-tolibin, (Toliblar matlabi) asarlari muhim tarixiy manba hisoblanadi.
Bundan tashqari Hoji Mir Muammad Salimning "Silsilat us salotin" (Podshohlar
silsilasi), Xoja Samandar Termiziyning "Dastur ul-muluk" (Podshohlar uchun dastur),
Muhammad Vafo Karmanagiyning"Tuhfat ul-xoniy", asarlari ham bu davr tarixini
yoritishda alohida o'rin tutadi.
Xoja Samandar Termiziyning "Dastur ul-muluk" asari O'zbekiston tarixini
o'rganishda zòr qimmatga ega. Termiziy Ashtarxoniylardan Abdulazizxon (1645-
1681) va Subhonqulixon (1681-1702) bilan zamondosh bo'lgan. U 1702-yilgacha
Qarshida raislik lavozimida turgan
1
. Abdulazizxon saroyida tarixchi (voqeanavis)
lavozimida ishlagan. Shuningdek, Abdulazizxonning Buxoroga kirib kelgan
xorazmiylarga qarshi yurishida ishtirok etgan. Bundan tashqari Xoja Samandar
Subhonqulixonning Balxaga 1097/1685, 1104/1693 va 1107/1695-yillarda amalga
oshirgan 3 ta yurishining ishtirokchisi bo'lgan. Ushbu asar Subhonqulixonga
bag'ishlangan. Asar uzoq vaqt tadqiqotchilar e'tiborini tortmadi. Bunga sabab asar
nomi va tuzilishi (boblar ro'yxati) unga etik-didaktik mazmundagi asar sifatida
qaralishiga olib kelgan. M,A.Salohiddinovaning
so'zlariga
ko'ra
bu
asar
tadqiqotchilarni SSSR FA Sharqshunoslik institutining fors va tojik qo'lyozmalari
qisqa katalogini tuzish vaqtida qiziqtiradi, chunki asarning uchdan ikki qismini tarixiy
mazmundagi ma'lumotlar tashkil etadi.1694-yil Eron filologiyasi bo'yicha IV
Butunittifoq ilmiy konferensiyasida "O'rta Osiyo tarixi bo'yicha yangi manba"
mavzusida ma'ruza o'qildi. Ushbu ma'ruzada "Dastur ul-muluk" muallifi haqida qisqa
ma'lumotlar berilib, asarning tarixiy manba ekanligini tushuntirishga harakat qilindi.
"Dastur ul-muluk"da quyidagi siyosiy voqealar bayon etilgan: Xiva xoni
Anushaxonning
Buxoro
xonligining
markaziy
shaharlariga
bosqini,
Subhonqulixonning Balxga 2 marta yurishi, Subhonqulixon qo'shinining Xurosonga
1
A.Abduramov,G.S.Fuzailova .Tarixiy manbashunoslik.Toshkent:Fan,2006
WWW.HUMOSCIENCE.COM
312
Bolo
Murg'ob
qal'asini
egallash
uchun
yurishi,
isyonkor
rahbarlarning
Subhonqulixonga qarshi g'alayoni va shu bilan bog'liq Xiva xoni Anushaxonning o'g'li
Erengxonning Qorako'l shahrining tumanlariga hujumi. Mazkur voqealar "Muhit ut-
tavorix" va "Tarixi Muqimxoniy tarixiy asarlarida o'z aksini topgan.
“Matlab ut-tolibin” (Haqiqat izlovchilarning maqsadi) Tojidinning o’g’li
Abulabbos Muhammad Tolib tomonidan 1663/64-yili yozib tamomlangan. Unda
mashhur Jo’yboriy xojalaridan xoja Muhammad Islom , xoja Sa’d, xoja Tojiddin
Hasan, xoja Abdurahim, Abdixoja va Muhammad Yusufxojalarning hayoti va ijtimoiy-
siyosiy faoliyati bayon etilgan, shuningdek, ushbu asarda ular istiqomat qilgan Buxoro
shahri va hududi, undagi savdo-sotiq, ijtimoiy-iqtisodiy hayot yoritiladi hamda Jo’ybor
shayxlarining faoliyati va vaqf mulklari sanab o’tiladi. “Matlab ut-tolibin” faqat
biografik asar bo’lib qolmay, unda mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
hayotiga hamda Buxoro xonligi bilan Hindiston o’rtasidagi munosabatlarga tegishli
o’ta muhim ma’lumotlar mavjud.Shuning uchun ham undan V.I.Vyatkin va P.P.Ivanov
Jo’yboriy xojalarning yer-suvi va mol-mulkini tadqiq etishda asosiy manbalardan biri
sifatida foydalanishgan. Muhammad Tolib haqida quyidagilar ma’lum
2
. Asarda
uchragan ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, otasi 1608-yil vafot etganda u 39 yoshda
bo’lgan. Shunga ko’ra, muallifning tug’ilgan yili 1579-yil bo’lib chiqadi. “Matlab ut-
tolibin” tarkibi an’anaga ko’ra muqaddima, xotima va 8 bobdan iborat.Asarda
Abdullaxon soniy bilan uning o’g’li va taxt vorisi Abdulmo’min sulton o’rtasida
boshlangan ziddiyat haqidagi masalalarda aniqlik kiritishda muhim ahamiyat kasb
etadi.Abdixo’janing XVI asrning oxiri XVII asrning boshlarida Buxoro xonligining
ichki ahvoli va uning mamlakatning siyosiy hayotida tutgan o’rni va mavqeyi haqida
quyidagi ma’lumotlarni uchratamiz.So’nggi Shayboniy Pirmuhammad soniy davrida
mamlakat beqarorlikka yuz tutdi. Shu payt Abdixo’ja Buxoroni tark etib Samarqandga
bordi. Uning hokimi Ashtarxoniy Boqi Muhammadning omadi yurishib taxtni
egallaguday bo’lsa, davlatni birgalashib boshqarishga ahdlashdilar. Asarda Boqi
2
Агзамова Г.А.Сунгги урта Осиё шахарларида хунармандчилик.-Тошкент.2000
WWW.HUMOSCIENCE.COM
313
Muhammadning mana bu so’zlari keltiriladi:”Agar biz Buxoro bilan Balxni egallashga
muyassar bo’lsak, unda mamlakatni siz, men va Vali Muhammad o’rtasida uchga
taqsimlaymiz…”Ertasi kuni ertalab , nonushta paytida Abdixoja Boqi
Muhammadxonga murojaat qildi ” Tabriklaymiz, ulug’ ajdodlarimiz sizga poytaxt
Buxoroni in’om qildilar”. Boqi Muhammadxon suyunib ketdi va singlisini Abdixojaga
xotinlikka berdi.
Ashtarxoniylar davri tarixini yoritishda rus elchilarining o'z hukumatiga yuborgan
ma'lumotnomalari ham alohida ahamiyatga ega.Xususan, Rossiya elchilik
mahkamasining mas'ul xodimi Florio Beneveni ma'lumotnomalari shular jumlasidan.
Rossiya elchilari Buxoroda 3,5 yil 1721-yil 6-noyabridan to 1725-yil 8-aprelgacha
turdi va Buxoroning o'sha davrdagi ahvoli haqida muhim ma'lumotlar to'playdi. Uning
o'z hukumatiga yuborgan ma'lumotnomasida bu haqida mana bularni o'qish mumkin:
"Uni (komerdiner N.Minerni) savdogar qiyofasida mol bilan Balx va Badaxshonga
jo'natgan edim. Va ulardan o'tib Lohurgacha borishni buyurgan edim. Lekin yo'lda
talonchilar ko'pligidan Balxdan orqaga qaytdi."
3
Ushbu ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, xonlik tarixiga oid yaratilgan tadqiqotlar
va nashrlarda asosiy e’tibor Buxoroning siyosiy tarixi, davlat tuzilishi, boshqaruvning
xususiyatlari, Rossiya bilan munosabatlari kabi masalalarga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |