Asinxron dvigatelning magnit maydoni, asosiy tenglamalari va energetikasi



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə5/16
tarix20.01.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#79866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2 ASINXRON DVIGATELNING MAGNIT MAYDONI, ASOSIY TENGLAMALARI VA ENERGETIKASI

UCH FAZALI ASINXRON DVIGATELNING

TUZILISHI
Stator cho‘lg‘ami uch fazali bo‘lib, ular bo‘shliqda bir-biriga nisbatan 1200 ga surilgan. Xar bir fazaviy cho‘lg‘am bir yoki bir nechta g‘altakdan iborat bo‘lib, u ma’lum bir nominal faza kuchlanishga xisoblangan bo‘ladi. Dvigatel ko‘rsatkich-larida tarmoqning ikki qiymatdagi nominal kuchlanishlari ko‘rsatiladi. Katta qiymat-dagi kuchlanishda, statorning fazaviy cho‘lg‘amlari yulduzli, kichik qiymatdagi kuchlanishda esa uch burchakli sxemada ulanadi. Ikkala holatda ham, har bir fazaviy cho‘lg‘amga bir xil qiymatdagi kuchlanish beriladi va u dvigatelning nominal faza kuchlanishi bo‘lib xisoblanadi.
Asinxron dvigatelning rotori o‘zgarmas tok mashinasining yakoriga mos keladi, u uyurma toklarni kamaytirish uchun elektr texnik po‘lat listlardan yig‘ilgan xamda valga maxkamlangan o‘zak ko‘rinishida bo‘ladi. O‘zak silindr shakliga ega va uning yuzasida cho‘lg‘amlar uchun ko‘ndalang pazlar mavjud.
A sinxron dvigatellar rotor cho‘lg‘amlari turiga qarab qisqa tutashgan va fazalilarga bo‘linadi.
Kichik va o‘rta quvvatli mashinalarda ko‘proq qisqa tutashgan rotorlar qo‘llaniladi. Qisqa tutashgan rotor cho‘lg‘ami, 4.1-rasmda ko‘rsatilgandek, olma-xon qafasi ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Bunday rotorlarning pazlarida, chetlari qisqa tutashtiruvchi xalqalar bilan payvandlangan, mis yoki alyuminiy sterjenlar joylashtiriladi (4.2-rasm, b). Xozirda qisqa tutashgan cho‘lg‘am, rotor pazlariga alyuminiy quyish yo‘li bilan xam xosil qilinadi
Rotorning bu turi tashqi bog‘lanishlarga ega emas, bu esa, kontakt xalqalari va cho‘tkalar kerak emasligini anglatadi. Shuning uchun, qisqa tutashgan rotor arzon, ishonchli va samarali xisoblanadi.





14.4-rasm. Qisqa tutashgan rotorlar

  1. quyma cho‘lg‘am, б) payvandlangan cho‘lg‘am




Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin