ASINXRON MASHINALAR
Reja:
Asinxron mashinaning tuzilishi, ishlash prinsipi va ish rejimlar.
Uch fazali asinxron motorlarni ishga tushirish.
Asinxron mashinaning generator rejimi.
Asinxron m otorning rotori stator ichiga o ‘rnatiladi. R o tor — val,
po‘ lat o ‘zak va uning pazlariga joylashtirilgan qisqa tutashgan chulg‘am
yoki uchta fazaviy chulg‘am dan iborat. Stator — tana, p o ‘lat o ‘zak va
uning pazlarida joylashgan bir, ikki yoki uch fazali chulg‘am dan iborat.
Stator va rotorlam ing po‘lat o ‘zaklari maxsus elektrotexnik po‘latdan
tayyorlangan yupqa plastinalardan yig‘iladi.
Asinxron m otorlar rotorining tuzilishiga qarab ikki xil bo'ladi:
1) qisqa tutashgan rotorli asinxron m otor (ro to r chulg‘am i qisqa
tutashgan) (Ill.l-r a s m ) ;
2) faza rotorli asinxron m otor (ro to r chulg'am i uch fazali) ( 11. 1-
rasm).
Qisqa tutashgan rotorli asinxron m otor — rotorining p o ‘lat o ‘zagi
pazlariga eritilgan alum in iy quyilib chulg'am o ‘tkazgichlari (steijenlar)
hosil qilinadi va ularning pazlardan tashqari uchlari ikki tom ondan
quym a alum iniy halqalar orqali qisqa tutashgan bo‘ladi. N atijad a, yaxlit
«olm axon katagi» ko ‘rinishidagi qisqa tutashgan chulg‘am hosil qilinadi
( 11.2 ,a-rasm ).
Faza rotorli asinxron m otori ham val, valga o ‘rnatilgan p o ‘lat o ‘zak,
uning pazlariga bir-biriga nisbatan 120" ga siljigan uch fazali chulg'am
joylashtiriladi (1 1.1-rasm). Rotom ing fazaviy chulg‘am lari yulduz usulida
ulangan bo‘ladi va ulam ing uchlari esa valning b ir tom onida o ‘m atilgan
uchta mis yoki jez (m is va rux aralashmasi) halqalarga ulanadi.
Ishlash prinsipi. U ch fazali asinxron m otom ing stator chulg'am iga
uch fazali tok berilganda vujudga kelgan m agnit yurituvchi kuch (M Y K )
statorda aylanish chastotasi n ,= 60 f /p bo ‘lgan aylanma magnit
m aydonni hosil qiladi. Bu m aydon kuch chiziqlari stator chulg‘am i
o ‘ram larini va rotorning qisqa tutashgan chulg'am steijenlarini yoki uch
fazali chulg‘am i o ‘ram larini kesib o ‘tib, ularda E Y K lar hosil qiladi.
Agar rotor chulg‘am i qisqa tutashgan bo‘lsa, undagi E Y K ta’sirida qisqa
tutashgan rotor chulg'am lari o ‘tkazgichlaridan tok o ‘tib, bu tokning
stator hosil qilgan aylanm a magnit maydoni bilan o ‘zaro ta’siri natijasida
rotor chulg‘am i o ‘ram lariga elektrom agnit kuch ta’sir qiladi. Bu kuch
hosil qilgan aylan tiru vch i (e le k tro m a g n it) m o m en t to rm o zlo v ch i
m om entdan katta b o isa, rotorni aylanm a m agnit m aydon yo‘nalishida
aylantiradi.
Aylanm a magnit maydonning aylanish chastotasi n t bilan rotom ing
aylanish chastotasi n orasidagi nisbiy farqqa sirpanish (5) deyiladi va u
quyidagicha aniqlanadi (n.b. — nisbiy birlik):
Ish rejimlari. Stator m agnit m aydonining aylanish chastotasi nt va
rotorining aylanish chastotasi n lam ing qiymatlariga bog‘liq holda asinxron
mashina m otor, generator va elektrom agnit torm oz rejim larida ishlashi
mum kin. Bulardan tashqari qisqa tutashuv va salt ishlash rejim lari ham
mavjuddir.
Asinxron mashina motor rejimida (11.3,«-rasm ) ishlaganida rotom ing
aylanish chastotasi stator aylanm a m agnit m aydoni chastotasidan kichik
f n ^ n j bo‘lib, sirpanish esa 0 < s < 1 oraliqda bo‘ladi. Bu holda stator
chulg‘am i tarm oqdan elektr energiya bilan ta ’m inlanadi va rotom ing
vali qandaydir mexanizm ga m exanik m om entni beradi. Mashinada elektr
energiya mexanik energiyaga aylantiriladi.
Asinxron m ashinaning rotori torm ozlanib (n = 0 ), stator chulg‘am i
tarmoqqa ulangan holatni qisqa tutashuv rejimi deyiladi (bunda sirpanish
5 = 1 bo‘ladi). Agar rotom ing aylanish chastotasini stator chulg‘am i
aylanm a m agnit m aydoni chastotasi (sinxron chastotasi) bilan teng («
= n t) qilinsa (buning uchun birlam chi m otor yordam ida rotom ing
aylanish chastotasini biroz oshirish zarur), sirpanish 5 = 0 bo‘ladi.
Bunda aylantiruvchi m om ent hosil boMmaydi, chunki aylanm a m aydon
rotor chulg‘am ini kesib o'tm aydi. Bunday rejim ni asinxron mashinaning
ideal salt ishlash rejimi deyiladi.
Agar asinxron m ashinaning rotorini birorta m exanizm yordam ida
statormagnit m aydoni aylanish chastotasidan katta (n > n ) b o ‘lgan
chastotada aylantirilsa rotor chulg'am i o ‘tkazgichlaridagi E Y K , tokning
aktiv tashkil etuvchisi va sirpanishlar o ‘z yo‘nalishini o ‘zgartiradilar.
Bunda elektrom agnit m o m en t M ham o ‘z yo 'n alish in i o ‘zgartirib
tormozlovchi bo‘ladi (1 1.3,6-rasm ), ya’ni asinxronnaya mashina generator
rejimiga o ‘tadi. Asinxron mashina generator rejim da birlam chi m otordan
m exanik energiya olib, uni elektr energiyaga aylantirib tarm oqqa beradi.
Bunda sirpanish 0>s> —oo oraliqda o ‘zgaradi ( “ —oo” — nazariy nuqtayi
nazardan; amalda esa olib bo‘lm aydi).
Agar asinxron m ashinaning ro to rin i boshqa m otor b ila n stator
m agnet m aydoni aylanishiga teskari yo'nalishda aylantirilsa, rotor
chulg‘ami o‘tkazgichlaridagi E Y K va tokning aktiv tashkil etuvchisi
m otor rejimidagi singari yo‘nalgan bo‘ladi, ya’ni mashina tarm oqdan
energiya oladi. Lekin bu rejimda elektromagnit moment rotor aylanishiga
teskari yo‘nalib, torm ozlovchi bo‘ladi ( 1 1.3,c-rasm). Bu rejim — asinxron
mashinaning elektromagnit tormoz rejimi deyiladi. Bu rejim da rotorning
aylanish yo‘nalishi aylanma maydonnikiga nisbatan teskari bo‘lgani uchun
rotor aylanish chastotasi n<0, sirpanishi esa 1< s < +oo oraliqda o ‘zgaradi.
Bu rejimda asinxron mashina rotor tom onidan m exanik energiya, stator
tomonidanesa elektr energiya oladi.
Asinxron m ashinaning elektrom agnit torm oz rejim i am aliyotda
kranlarda va ko‘targich m exanizm larda yukni tushirish jarayonida uning
tezligini kamaytirish yoki zarur boMganda ularni tezda to ‘xtatish uchun
qo'llaniladi. Bu maqsadda stator chulg‘amiga tarmoqdan ulangan xohlagan
ikkita simning o ‘m ini almashtirib ulash kerak bo‘ladi. Bu holda statoming
aylanm a magnit m aydoni o ‘z yo ‘nalishini o'zgartiradi va to rm o z
momentinihosil qiladi. Bu rejim da sirpanish katta (s = 1 ) bodganligidan,
rotor chulg‘amidagi E Y K , dem ak, tok ham katta bo‘ladi. Bu tokni
kamaytirish uchun faza ro to rli m otorda ro to r ch u lg ‘a m in i aktiv
qarshilikka — torm ozlovchi reostatga ulaydilir.
Um um iy m aqsadli asinxron m o to rlar n o m in al yuklam a bilan
ishlayotgandagi sirpanish SN = 3-5 % ni, maxsus asinxron m otorlarning
ayrimlaridaesa SN = 12 15% ni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |