Elektr yoyi hisobiga issiqlik ishlovi berish usulida materiallarga elektrodlar orasida hosil qilingan issiqlik energiyasi hisobga tegishli issiqlik ishlovi (yoy yordamida metallarni kesish, ulash, eritish va hokazo) beriladi.
Elektron va ionli -nurli qizdirish usuli elekr maydoni ta’sirida tezlanish olgan va tez harakatlanayotgan elektronlar va ionlar o‘zaro to‘qnashishlari natijasida ajralayotgan issiqlik energiyasidan foydalanishga asoslangan.
Plazmali qizdirish usuli yoy razryadi muhitidan yoki yuqori chastotali elektromagnit yoxud elektr maydonidan gazni o‘tkazish oqibatida ajralayotgan issiqlik energiyasidan foydalanishga asoslangan.
Lazer yordamida issiqlik ishlovi berish lazerlarda ya’ni optik kvant generatorlarida hosil qilingan yuqori konsentrasiyadagi yorug‘lik energiyasi oqimlarini qizdiruvchi yuzalar tomonidan o‘zlashtirilishiga asoslangan.
2.8. SANOAT KORXONALARINING ELEKTR TA’MINOTI ASOSLARI Elektr ta’minoti sistemasi (ETS) kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan elektr tarmoqlari hamda transformatorlar va o‘zgartirgichli podstansiyalarni o‘z ichiga oladi. Uning vazifasi xalq xo‘jaligi ob’ektrlaridagi elektr ishlatuvchilarni ko‘rsatkichlariga ega bo’lgan elektr energiyasi bilan ta’minlashdan iboratdir. Elektr ishlatuvchilarga turli mashina va mexanizmlarning elektr dvigatellari, elektr pechlar, elektroliz qurilmalari, payvandlash mashinalari, yoritish tizimi va boshqalar kiradi.
Elektr ishlatuvchilar va elektr iste’molchilari (EI va I) elektr energiyasini energosistemaning rayon podstansiyalaridan oladi. Ba’zi hollarda bir yoki bir necha korxona uchun bir vaqtda elektr energiyasi va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr markazlari (IEM) xam ko’rilishi mumkin.
ETS ning ish rejimi va uning parametrlari elektr energiya manbasi bo‘lgan energosistemaning hamda ishlab chiqarish jarayoni rejimlariga bog‘liq. Bu parametrlarga kuchlanish, elektr yuklamalari, chastota va boshqa o‘zgaruvchan fizik ko‘rsatkichlarining qiymatlari kiradi. Energnosistema tomonidan ETS parametrlariga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi: energosistemada aktiv quvvat balansi va chastota og‘ishi bilan bog‘liq bo‘lgan elektr manbalarining quvvatlari o‘zgarishi, reaktiv quvvat balansiga bog‘ liq bo‘lgan kuchlanish satki, qisqa tutashuvlar va muvozanatning buzilishi. Korxonalardagi texnologik jarayonlar yuklamalar rejimini aniqlaydi.
ETS ni shartli ravishda 2 qismdan iborat deb qarash mumkin:
1) Tashqi elektr ta’minoti;
2) Ichki elektr ta’minoti sistemasi.
Tashqi elektr ta’minotiga elektr manbasidan korxonaga o‘tkazilgan ta’minlovchi havo va kabel liniyalari hamda ETS ning asosiy elementi bo‘lgan bosh pasaytiruvchi podstansiya (BPP) ning yuqori kuchlanishli cho‘lg‘ami tomoni kiradi.
Ichki elektr ta’minotiga BPP ning 6-10 kVli tarqatish qurilmasi (TK) dan elektr ishlatuvchi va iste’molchilargacha bo‘lgan elektr tarmoqlari kiradi.
«Elektr ta’minoti» fani ichki va tashqi elektr ta’minoti tizimlaridagi asosiy elementlar bo‘lgan transformatorli va o‘zgartkichli podstansiyalarni, kabel va havo liniyalarini, tokoprovodlarini reaktiv quvvatinning o‘rnini qoplovchi qurilmalarini, kuchlanishni rostlovchi qurilma va usullarini tanlash masalalari, ETS ning asosiy parametrlari hisoblangan elektr yuklamalari, kuchlanish qiymati, ichki elektr ta’minoti sxemasi, kerak bo‘lgan ishonchligi darajasi va boshqa ko‘rsatmalarini aniqlash ko‘rib chiqiladi.
Yuqoridagi asosiy elementar va parametrlarning texnik talablariga javob beruvchi 2 va undan ortiq variantlari ichidan texnik - iqtisodiy hisoblar asosida yuqoriroq iqtisodiy ko‘rsatkichni ta’minlovchi varianti tanlab olinadi.
Motorlar uchun quyidagi himoyalar ishlatiladi:
1).O’ta yuklanishdan-issiqlik relesi va tok qiymatiga teskari boьliq xarakteristikali maksimal rele bilan;
2).Ichki qisqa tutashuvlardan-saqlagichlar yoki avtomatlarning bir lahzada ishlovchi uzuvchisi bilan;
3).Tarmoq kuchlanishining pasayishidan-magnit yurgizgichlar yoki kontaktorlarning ushlab turuvchi ьaltaklari bilan.
Sinxron motorlar uchun qo’shimcha ravishda sinxronizmdan tushishdan himoya ishlatiladi. Bu himoya tarkibiga kuchlanish 0.85 Un gacha pasayganda qo’zьatish forsirovkasini ulovchi va kuchlanish pasayganda motorni sinxronizmda ushlab turuvchi kuchlanish relesi hamda sinxronizmdan tushganda motorni o’chiruvchi maksimal tok relesidan iborat.
O’ta yuklanish (O’Yu) dan himoya issiqlik relesi bilan amalga oshirilib, uning ishlash printsipi quyidagi hodisalarga boьliq :
1). Bimetall plastinkaning deformatsiyasi;
2). Metall plastinkani chiziqli uzayishi;
3). Oson eruvchi metallning erib ketishi;
Issiqlik relesi motor bilan bir xonada joylashuvi kerak.
Hozirgi paytda issiqlik himoyasi o’ta yuklanishsiz ishlovchi motorlar uchun yoki doimo kuzatish ostidagi motorlar uchungina ishlatilmaydi. Qolgan hollarda issiqlik himoyasi majburiydir. Bu himoyani aniq to’ьrilash-moslash qiyin bo’lsa ham avariyalarni kamaytiradi. Elektr apparatlari alohida xonalarda o’rnatiladigan portlash havfi bor xonalarda issiqlik himoyasini motorga moslash qiyinlashadi.