Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari



Yüklə 253,29 Kb.
səhifə11/55
tarix05.12.2023
ölçüsü253,29 Kb.
#173076
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m-fayllar.org

Ta’limiy maqsadlar quyidagilardan iborat. Bolalarga real olamdagi yuz
beradigan eng sodda xodisalardagi miqdoriy nisbatlarni tushunishga va olamdagi
fazoviy shakllarni, ularning joylashishlarini, natural son, geometrik shakl, miqdor
va boshqa tushunchalar mavhum, ammo ular real borliqdagi narsa va buyumlarga
xos bo‘lgan bog‘lanish va munosabatlarni aks ettiradigan hajmdagi bilimlar berish.
Bu bilimlar fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishga, mantiqiy fikrlay bilishga yordam
berishi kerak. Shuningdek, matematika mashg‘ulotlari bolalarda o‘z ona tilida
xatosiz so‘zlashga, o‘z fikrini aniq va ravon qilib bayon eta bilishga, o‘z nutqida
matematik terminlarni to‘g‘ri qo‘llashga yordam berishi kerak. Matematik nutqda
aniqlikka rioya qilish va har bir so‘zni o‘z o‘rnida ishlata bilish ayniqsa muhimdir.
Bu bolalarni maktabda asosiy fanlardan bilim olishga o‘rgatishda ham zarur.

Tarbiyaviy maqsadlar: Matematikaga doir bajariladigan ishlar bolalarni
boshqa oladigan bilimlariga qaraganda ko‘proq sabotlikka, tirishqoqlikka,
puxtalikka, aniqlikka o‘z fikr va xulosalarini nazorat qila olishga, ayniqsa
kuzatish, tajriba va fahmlash asosida aytiladigan fikrlarining ravon bo‘lishiga
e’tibor berishga odatlantirish kerak. Bu bilan bolalarda matematik bilimlarga
bo‘lgan qiziqish, matematik masalalarni sabr toqat va tirishqoqlik bilan
yechish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Shuningdek, induktiv va deduktiv
tafakkurning boshlang‘ich ko‘nikmalarini aqliy operatsiyalarni, ya’ni tahlil qilish,
sintez qilish, taqqoslashni, abstraktlashtirish va umumlashtirish qobiliyatlarini
rivojlantirishga, idroklilik va ziyraklikni, fazoviy tasavvurlarni va tafakkurni
o‘stirishga matematika ta’limi katta ahamiyat kasb etadi.
Matematik bilim berishdan kuzatilgan


amaliy maqsadlar bolalarning
nazariyani amaliyotga bog‘lay olishidan, ya’ni olingan bilimlarni hayotiy
masalalarni hal qilishga qo‘llashda foydalanadilar. Bolalar bog‘chadao‘rgangan
to‘plam va son, kattalik (miqdor)larning bir-biriga nisbati, eng oddiy geometrik
shakllar haqidagi boshlang‘ich tasavvurga ega bo‘ladilar, joy va vaqtni bilishni
o‘rganadilar va olgan bilimlarini o‘zlarining kundalik mehnat va o‘yin
faoliyatida, maishiy hayotda uchraydigan matematikaga doir savol va masalalarni
hal qilishga tatbiq eta bilish malakalarini hosil qilish kerak. Bu ishlar nafaqat
maktabgacha ta’lim muassasalarida, balki, oilada, tevarak-atrof bilan muloqot
qilishda ham amalga oshadi. Bunday vaqtda bolaga aynan matematik mazmundagi
savollar berish va u savollarga javoblar olish, noto‘g‘ri berilgan javoblarni izohlash
va aslida to‘g‘risi qayday bo‘lishini isbotlab berish maqsadga muvofiq. Shunda
matematik bilimlar asosidagi amaliy maqsadlar to‘laligicha amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7
iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” dasturi


asosida bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga


yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
· bilim olishga faol qiziqishni namoyon etishi;
· o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topishi va undan
foydalanishi;
· predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunib, ularni
yaxlit bir butunlik sifatida idrok qilishi;
· raqamlar, hisob-kitobni bilishi va ularni hayotda qo‘llay olishi;
· makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutishi;
· elementar matematik hisoblashlarni amalga oshira olishi;
· atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatishi hamda tadqiq qilishi;
· atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon eta
olishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining Maktabgacha ta’lim
vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”ga asosan, quyidagi vazifalar belgilandi:
-
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga

qo‘yiladigan talablarni belgilash;


-
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish,

rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;


-
ta’lim-tarbiyajarayoniga

pedagogik


vazamonaviyaxborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish;
-
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning

samarali integratsiyasini ta’minlash.


Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:
-
bolaning noyobligi;

-
«Men» konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;


-
Bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;

-
bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;


-
bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga

moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.


Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning beshta asosiy
rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik
sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan
(kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat.
Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi:

-
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;


-
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

-
nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;


-
bilish jarayonini rivojlanishi;

-
ijodiy rivojlanish.


«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
-
intellektual-anglashmalakalari;

-
elementar matematik malakalar;


-
tadqiqiy -bilishvasamaralirefleksivfaoliyat.

Yüklə 253,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin