kundalik turmushda uchraydigan narsa va buyumlar,meva va sabzavotlarni
solishtirish asosida o‘rgatiladi.
Shartli belgi asosida suyuq, sochiluvchan va qattiq materialni o‘lchay olish
malakalari asosan, tajriba va amaliy ishlar davomida rivojlantiriladi. Bolaning
anglash va sezish ko‘nikmalari asosida suyuqliklar (suv, sut...larni
bankalarga stakan,
plastmassa idishchalar yordamida o‘lchab solish), sochiluvchan moddalar (qum, un,
tuz, shakar...)ni bilishi, qattiq jismlarni boshqa materiallardan farqlashi ularni o‘lchay
olishi asosan, tajribalar asosida amalga oshiriladi. Bu ishlarni ochiq havoda, qum,
tuproq, maxsus gil yordamida sochiluvchan materiallarni o‘lchash imkoniyatlari
kengaytiriladi.
Darhaqiqat, bolani maktabga tayyorlash murakkab jarayon hisoblanadi.
Chunki
bolaning 1-sinfga tayyor holda borishi nafaqat ustozlar, balki oilaning yoshi katta
a’zolari, ota-onalar zimmasidagi eng mas’uliyatli vazifa hisoblanadi.
Maktabgacha
ta’lim muassasalari bolalarida Davlat talablari asosida matematik tasavvurlarni
shakllantirish ishlariga metodik muammo sifatida e’tibor qaratilishi va mavjud
muammolarning bartaraf etilishi maktabgacha ta’limning
sifatli va samarali
bo‘lishini ta’minlaydi .
Dostları ilə paylaş: