10
Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usuli.
Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulining
mohiyati shundaki, bunda amortizatsiya teng maromda, asosiy vositalarni
foydali
ishlatish
muddati
mobaynida
ularning
amortizatsiyalanadigan
qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblanadi. Mazkur usulga
muvofiq asosiy vositalar ob’ektining amortizatsiyalanadigan qiymati uning
xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga teng maromda hisobdan
taqsimlanadi. Usul amortizatsiya me’yori foydali xizmat muddatining davom
etishi muddatiga bog‘liqligiga asoslangan. Har bir davr uchun amortizatsiya
ajratmalari summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni ob’ektdan foydalanilgan
hisobot davrlari soniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi.
Misol. Kompyuterning boshlang‘ich qiymati — 2680 ming so‘m, uning
besh yillik foydalanish muddati oxiridagi tugatish qiymati — 80 ming so‘m.
To‘g‘ri chiziqli hisobdan chiqarish usuliga muvofiq mazkur vaziyatda yillik
amortizatsiya summasi amortizatsiyalanadigan qiymatidan 20 foizli, ya’ni 520
ming so‘mni ((2680000-80000)/5) tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: