Piksel
– ingliz tilidagi pixel – picture element (tarjimasi: rasm ele
menti) deb ataluvchi juda mayda kvadratlar.
Rang chuqurligi
– ranglarni ikkilikda kodlashda ikkilik kodi uzunligi.
RGB (Red – qizil, Green – yashil, Blue – ko‘k) modeli
– kom
pyuterda ixtiyoriy rangni qizil, yashil va ko‘k ranglardan hosil qilish quril
masi nomi.
Texnologiya
– yunoncha (grekcha) «techne» – san’at, mohirlik, hunar
va «logos» – fan so‘zlaridan tashkil topgan atama bo‘lib, u texnologiya
aniq maqsadga erishish uchun zaruriy vositalar, usul va sharoitlardan foy
dalangan holda muayyan amallarni ketmaket bajarilishini ko‘zda tutadi.
Axborot texnologiyasi
– insoniyat tomonidan axborotlarni izlash,
to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari.
Modem
– signalni raqamli ko‘rinishdan analog ko‘rinishga o‘tkazuvchi
modulyator, analog ko‘rinishdan raqamli ko‘rinishga o‘tkazuvchi demo
du l yator qurilmalari birlashmasi.
Axborot tizimlari
– katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish, uza
tish, saqlash va talab qilingan axborotni tez izlab topish kabi vazifalarni
bajarish uchun mo‘ljallangan sistemalar.
Internet
– ingliz tilidagi interconnected network iborasining qisqartmasi
bo‘lib, ma’nosi: Xalqaro kompyuter tarmog‘i.
Protokol
– Internetdagi ma’lumotlarni uzatish qoidalari, masalan, TCP/
IP – transmisson control protokol/internet protokol.
WWW
– xalqaro o‘rgimchak to‘ri ma’nosini anglatuvchi World Wide
Web iborasining qisqartmasi bo‘lib, tasviriy va tovushli axborotlarni olis
masofalardan qisqa vaqtda uzatish texnologiyasi.
Dostları ilə paylaş: |