Asosiy emotsiyalar turlari


Emotsional xis tuyg’ularni muloqotdagi axamiyati



Yüklə 22,81 Kb.
səhifə4/5
tarix25.07.2023
ölçüsü22,81 Kb.
#137377
1   2   3   4   5
gcb[jkjybz 2

Emotsional xis tuyg’ularni muloqotdagi axamiyati.


Emotsiyani irodaga qanchalik bog’liqligiga va kishining faoliyatiga ta'sir qilishiga asoslanib xis-tuyg’ularni qarab chiqishi mumkin. Bu jixatdan xis-tuyg’ular, stenik va astenik xis-tuyg’ularga bo‘linadi. Stenik xis-tuyg’ular ichki xayajonga, faollikning paydo bo‘lishiga yordam beradi va kishiga tetiklik, g’ayrat, xarakat qilish uchun ishonch bag’ishlaydi. Bu, masalan, extirosdir. Bordiyu, paydo bo‘lgan emotsional kechinmalar irodani zaiflashtirsa yoki to‘xtatsa, kishining faoliyatini pasaytirsa va passiv- mudofaa xarakatlariga moyil qilib qo‘ysa, ularni astenik xis-tuyg’ularga kiritishadi.
Emotiyalarning ijtimoiy extiyojlarini qondirish bilan bog’lik xolda bo‘linishi ancha katta axamiyatga egadir. Xis-tuygularni aqliy, axloqiy, estetik va amaliy xis-tuyg’ularga bo‘lish mumkin. Amaliy xis-tuyg’ular mexnat faoliyati jarayonlari bilan, amaliy masalalarni xal qilish bilan bog’lik bo‘ladi. Yuksak emotsiyalar tegishli akliy negizda rivojlanadi, ular quyi emotsiyalarga nisbatan xukmron mavqega ega bo‘ladi. Quyi emotsiyalar instinktlarga(ochlik, chanqoqlik, o‘z-o‘zini ximoya qilish tuyg’usiga) asoslanadi, ularni yana vital emotsiyalar deb xam atashadi.
Odamda ob’ektlar va xodisalarga nisbatan qanday munosabat paydo bo‘lishiga qarab ijobiy emotsiyalar va salbiy emotsiyalar bo‘ladi. Emotsiyalar yosh krizlari bilan chambarchas bogliqdir. O‘smirlarning emotsional xayoti beqarordir, bu narsa jinsiy yetilish davrida kuzatiladi.
Katta yoshdagi kishining xayoti mobaynida uning emotsionallik faoliyati o‘zgarib boradi. Sog’lom kishi o‘zining xarakatlari, ishlari, xatti-xarakatlarini boshqarishga qobiliyatli bo‘ladi. Kishining o‘z emotsiyalarini boshqarishi birmuncha qiyinroqdir. Kishi bunga yetuk yoshidagina muvaffaq bo‘ladi.
Qarilik arafasida va qarilik yoshida emotsional faoliyat keskin o‘zgaradi. Bunday yosh davrida emotsiyalar ancha o‘zgaruvchan bo‘lib qoladi. Kayfiyat ko‘p xollarda tushkun, xavotirlik elementlari mavjud bo‘ladi. Qarilik yoshida g‘ayratsizlik paydo bo‘ladi- ezilgan xazinlik kayfiyatidan noto‘g‘ri yoki birmuncha shavq- zavqli kayfiyatga tez o‘tiladi.
Xis-tuyg‘ular shaxsni bezaydi, uni jozibaliroq, ko‘zga tashlanadiganroq qiladi. Emotsiyalar ijodiy yuksalishga yordam beradi, aqliy-mnestik jarayonlarni tezlashtiradi, diqqatning barqaror bo‘lishiga ko‘maklashadi. Ayrim kasalliklarda ijobiy emotsiyalar kasallikni o‘tishiga yaxshi ta'sir qiladi, salbiy emotsiyalar esa ayrim kasalliklarning o‘tishini og‘irlashtiradi.
Emotsiyalar va xis-tuyg‘ularning buzilishi. Ruxiy siqilgan va ma'yuslik kayfiyati, o‘tmishga va xozirgi kunga g‘amgin baxo berish, kelajakka pessimistik ruxda qarash depressiya (depressive- xolat) deyiladi (10-rasm). Ko‘pincha kishida o‘lim va o‘z-o‘zini o‘ldirishga intilish fikri paydo bo‘ladi. Yuqorida tasvirlangan ruxiy siqilish mayuslik kayfiyatidan tashqari yana ideator tormozlanish xarakterli bo‘lib, bunda bemorlarning obrazli ifodasi bilan aytganda "bosh bo‘m-bo‘sh, fikrlar esa juda sekinlik bilan xuddi yomg‘ir chuvalchangining xarakati bilan kechadi", shuningdek xarakatning tormozlanishi xarakterlidir. Depressiv bemorlar kam xarakat bo‘ladilar. Ko‘p xollarda boshlarini quyi egib yolg‘iz o‘tiradilar; turli suxbatlar ular uchun og‘ir tuyuladi.
Eyforiya - patalogik jixatdan ko‘tarinki quvonchli kayfiyatdir. Atrofdagi barcha narsalar yorqin, quvonchli oxanglarda qabul qilinadi, xamma kishilar jozibali va saxiy bo‘lib tuyuladilar, fikrlar yengil va tez kechadi, bir assotsatsiya birdaniga bir necha assotsatsiyani jonlantiradi, xotirada juda ko‘p axborot paydo bo‘ladi, biroq diqqat barqaror bo‘lmaydi, o‘ta chalg‘igan bo‘ladi, buning natijasida samarali ishlash qobiliyati cheklangan bo‘ladi.
Uchinchi alomat - xarakatning qo‘zg‘alishidir: bemorlar doimo xarakatda bo‘ladilar, xamma narsaga kirishib ketaveradilar, lekin xech bir narsani oxiriga yetkazmaydilar, o‘z xizmatlari va yordamlari bilan atrofdagilarga xalaqit beradi. Emotsional o‘zgaruvchanlik bir muncha kayfiyatning biror-bir arzirli sabab bo‘lmasa xam ko‘tarinki kayfiyatga almashinishi bilan xarakterlanadi. Bu kayfiyat ko‘pincha yurak-tomir kasalliklarida somatik kasalliklarni boshidan kechirgandan keyingi asteniya asosida kuzatiladi.
Disforiya- g‘amgin g‘azabli kayiyatli bo‘lib bunda bemor xaddan tashqari ta'sirchan va atrofdagi narsalardan norozi bo‘ladi, ba'zan agressiv xarakatlarga moyil bo‘ladi, bu xol ko‘pincha epilepsiyada ko‘zga tashlanadi.
Loqaydlik, emotsional befarqlik - bemorning tashqi olamdagi voqealarga, o‘z xolatiga befarqligi, bunda biron bir faoliyatga qiziqish, xatto o‘zining tashqi ko‘rinishiga qiziqish butunlay yo‘qoladi. Bemorlar e'tiborsiz va irkit bo‘lib qoladilar.O‘z qarindoshlariga va yaqinlariga sovuq, loqayd munosabatda bo‘ladilar.
Bemorning quyidagi ruxiy xolatlari: tushkunlik, shok, qo‘rquv, g‘am – andux, o‘ziga baxo berishni pasaytirish, ipoxandriya, o‘zini aybdor sezish, suitsidal fikrlash, inkor qilish, yo‘qotish, aloxidalash, xayajon xolatlari kuzatilishi mumkin.

  1. Yüklə 22,81 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin