Asosiy iqtisodiy muammolarni hal yetishda yelektr yenergiya sohasini rivojlantirish yo’llari Kalit so`zlar



Yüklə 33,27 Kb.
səhifə3/4
tarix03.04.2023
ölçüsü33,27 Kb.
#92637
1   2   3   4
jamshid maqola

ikkinchi bosqichidir. Xo’sh ikkinchi bosqichda qanday ishlar amalga oshirilishi lozim?
Ma’lumki, O’zbekiston yer osti boyliklari zaxiralari bo’yicha oldingi o’rinda turadigan mamlakatlardan biri. Bunday ulkan qazilma boyliklariga ega mamlakatga esa ularni qazib olish va qayta ishlash uchun juda katta miqdorda elektr energiyasi kerak bo’ladi. Masalan, elektr energiyasini ko’p talab qiladigan sanoat tarmoqlariga titan, alyuminiy, magniy, sintetik tola, sintetik kauchuk, sintetik ammiak ishlab chiqarish kiradi. Bir tonna titan ishlab chiqarish uchun 60 ming kVt/soat, magniy uchun 26 ming kVt/soat, alyuminiy ishlab chiqarish uchun esa 20 ming kVt/soat elektr energiyasi sarf bo’ladi. Demak, ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxining asosiy qismini energetika xarajatlari tashkil qilsa, bunday ishlab chiqarish ko’p energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deb ataladi. Elektr energiyasini kamroq talab qiladigan tarmoqlarga qora metallurgiya (yelektrometallurgiyadan tashqari), soda va qog’oz ishlab chiqarish, mashinasozlik, mebel, fanera va to’qimachilik sanoati kiradi. Mamlakatimiz sanoatini rivojlantirish dasturlarida esa yuqoridagi sanoat tarmoqlarini takomillashtirish ham asosiy o’ringa chiqib bormoqda.
Shiddat bilan rivojlanayotgan mamlakatimizning elektr energetika sanoatidagi elektr stansiyalar quvvatini oshirish eng dolzarb masaladir. Bu ham o’z o’rnida katta mablag’larni talab qiladi. Lekin yangi elektrostansiyani qurishdan ko’ra mavjud elektrostansiyalarni modernizasiya qilish pul mablag’larining tejalishi demakdir. O’zbekistonda mavjud elektrostansiyalarni yangi quvvatli yoki qo’shimcha quvvatli generatorlar bilan boyitish bunga misol bo’la oladi. 40 million tonnadan ortiq mis zaxirasi mavjud mamlakat uchun bu yanayam arzonga tushishi mumkin. Ushbu stansiyalarni modernizasiya qilishga jalb qilinadigan investisiya mablag’rining investorlarga foyda tariqasida qaytishi ham xuddi birinchi bosqichdagi yechim sifatida amalga oshirilishi mumkin.
Bunday ovoragarchiliklarning o’rniga investisiyani shamol elektr stansiyalari yoki quyosh elektr stansiyalarini qurishga sarflasa bo’lmaydimi, degan savol yuzaga chiqishi mumkin. Ammo, yangi quriladigan elektr stansiyalarini yagona elektr tarmog’iga ulash hozirgi mavjud uzilishlarni yanada ko’payishiga olib kelish ehtimoli yuqori bo’lib qoladi. Shamol elektr stansiyalari yoki quyosh elektr stansiyalarini qurishni uzoq istiqbolli dasturlar sifatida
Yüklə 33,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin