Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə13/14
tarix14.06.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#61382
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Документ Microsoft Word (3)

likvidlik
(liquidity) deyiladi. Aks vaziyat nolikvidlikni anglatadi, ya’ni inson yoki firma ma’lum xarid uchun zudlik bilan to‘lashyokio‘z qarzini belgilangan muddatda to‘lash uchun zarur mablag‘ga ega, ammo buni zudlk bilan amalga oshirolmaydi. Aktivlarining nolikvidligi oqibatida biror-bir muammo kelib chiqishiga yo‘l 
qo‘ymaslik uchun firma bo‘lajak daromad va xarajatlar bo‘yicha prognozlarni 
imkon qadar aniq tuzishi kerak. Ushbu barcha prognozlar aks ettiriladigan reja 
kassa rejasi (cash budget) deb ataladi. .
33.Xo‘jalik yurituvchi subyektning innovatsion-investitsion strategiyasini shakllantirish
Ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan qayta qurish va modernizatsiyalash faqat iste’molchilarning so‘rov (ehtiyoj)larini yanada to‘laroq qondirish nuqtai nazaridan emas, balki yakuniy mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi moddiy va mehnat xarajatlarini qisqartirish hisobidan xo’jalik yurituvchi subyekt daromadini oshirish uchun ham muhim hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning innovatsion strategiyasi uchun ular investitsion faoliyatini rag‘batlantirish hal qiluvchi ahamiyatga yega. Bu samarali moliya-kredit va investitsion siyosatni amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq. Shuningdek, bu yerda xo‘jalik faoliyatini rag‘batlantirishni ta’minlash, ishlab chiqarishning boshqaruvchanlik darajasi va uning investitsion sohasini oshirish talab qilinadi. Takror ishlab chiqarish barcha sikli va u investitsion sohasining dinamikasini qamrab oluvchi asosiy prinsiplarni har bir xo’jalik yurituvchi subyekt- da ishlab chiqish juda muhim.
Birinchidan, samarali investitsion dasturlar va ishlab chiqarishni yangilash loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘li orqali va bir vaqtning o‘zida bozor o‘z-o‘zini tartibga soluvchilarining ta’siri ostida amalga oshirilmog‘i lozim.
Ikkinchidan, ishlab chiqarishni yangilashning yangi texnikasi va ilg‘or texnologiyasi faqat “innovatsiyalar – investitsiyalar – tarkibiy qayta qurish” bloklarining organik jihatdan bog‘liqligi sharoitida yuqori natijalarni berishi mumkin. Muammoni hal etishga bunday yondashuv korporatsiyalar, firmalar va xo’jalik yurituvchi subyektlarning faqat uzoq muddatli istiqbolda emas, balki o‘rta muddatli davrda ham ishlab chiqarish-tijoriy faoliyatida integral samaraning o‘sishiga xizmat qiladi.
Uchinchidan, ishlab chiqarish va investitsion sohani tarkibiy jihatdan qayta qurishning informatsion qismi ham o‘sib boruvchi ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni va takror ishlab chiqarishni butunlay bozor transformatsiyalashuvining asosiy yo‘nalishlarini dasturiy ta’minlashning informatsion tizimidagi iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish mexanizmidagi kamchiliklar asoslangan ishlab chiqarish-texnologik qarorlari qabul qilishni, buyurtmalar portfelini shakllantirishni va ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanishni murakkablashtiradi.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin