Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi


Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy isloh qilinish samaradorligini baholash



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə14/14
tarix14.06.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#61382
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Документ Microsoft Word (3)

34.Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy isloh qilinish samaradorligini baholash
Xo’jalik yurituvchi subyekt, firma va korporatsiyalarning moliyaviy isloh qilinish samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichi sifatida moliyaviy samaradorlik, ya’ni sof foyda bo‘yicha rentabellik ko‘rsatkichini olish mumkin. Uni hisoblash formulasi quyidagicha:
R = (Cf : O‘k) x 100
bu yerda: R – sof foyda bo‘yicha o‘zlik kapitalining rentabelligi;
Sf – sof foyda yoki netto-foyda;
O‘k – o‘zlik kapitali.
Bu ko‘rsatkichning o‘sishi foydani soliqqa tortishni qo‘shib hisoblagan holda ichki va tashqi xarakterdagi ko‘plab omillarga bog‘liq. Rentabellikni tarkib toptiruvchilarni tahlil qilish uchun amaliyotda birinchi marta “Dyupon de Nemur” kompaniyasida qo‘llanilgan Dyupon formulasidan foydalaniladi. Bu formulaning ko‘rinishi quyidagicha:
R = (Sf : O‘k) x (Sf : T) x (T : A) x (A : O‘k),
bu yerda: R – sof foyda bo‘yicha o‘zlik kapitalining rentabelligi;
Sf – sof foyda yoki netto-foyda;
O‘k – o‘zlik kapitali;
T – tushum;
A – aktivlar.
Bir vaqtning o‘zida bu formuladagi (Sf : O‘k) nisbati sof foydaga ko‘ra o‘zlik kapitalining rentabellik koyeffitsiyentini ko‘rsatsa, (Sf : T) nisbati esa sotuv rentabelligini ifodalab, bir tomondan bu nisbat tahlil qilinayotgan davrda sof foyda va sotuv hajmi (tushum) o‘rtasidagi nisbatni aks ettirsa, ikkinchi tomondan esa yaxlit holda sotilgan mahsulotning daromadliligini xarakterlaydi va u alohida olingan tovar turlari daromadliligiga va ularning realizatsiya hajmidagi nisbatiga bog‘liq. Shuningdek, (T : A) nisbati xo‘jalik faolligi koyeffitsiyentini ko‘rsatadi. Bu koyeffitsiyent aktivlarning aylanuvchanligi (yoki aktivlarning yillik o‘rtacha qiymatiga to‘g‘ri keluvchi bir so‘mlik tushum hajmi)ni aks yettiradi, tahlil davridagi aktivlar aylanmasining sonini xarakterlaydi. Aktivlar qancha ko‘p aylansa, ularning rentabelligi shuncha yuqori bo‘ladi. (A : O‘k) nisbati esa bir so‘mlik o‘zlik kapitaliga to‘g‘ri keluvchi aktivlarning umumiy miqdorini ko‘rsatadi
Yuqoridagi formulada keltirilgan ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligini xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy siyosatini isloh qilishni asoslab berishda foydalanish mumkin. Chunki formuladagi ko‘rsatkichlar xo’jalik yurituvchi subyekt yakuniy natijalarining aktivlardan foydalanish darajasi, ularning aylanish tezligi, realizatsiya hajmi va sotilayotgan mahsulotlarning daromadliligi, ya’ni moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining barcha asosiy parametrlari bilan o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Bularning barchasi istiqbolga mo‘ljallangan biznes-rejani ishlab chiqish uchun asos bo‘lishi, shuningdek, investitsion-innovatsion biznes-loyihalarni asoslashda xizmat qilishi mumkin. Xo’jalik yurituvchi subyekt aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash uchun xo‘jalik faolligi koyeffitsiyentidan foydalanish maqsadga muvofiqdir



1


2


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin