1.Yangi mahsulotga yo‘nalganlik. Ko‘pincha startap mohiyati innovatsion g‘oyalarni ilgari surish yoki eski g‘oyani takomillashtirishdan iborat bo‘ladi. Shu sababli startaplar hatto eng kuchli korporatsiyalar bilan ham raqobatlasha oladi, chunki ular ko‘p hollarda innovatsiyalarni joriy etishga o‘zini urintirmaydi va allaqachon o‘z o‘rnini topib olgan tovar va xizmatlarni taklif qilishda davom etishadi.
2.Startapning asosida qiziqarli biznes-g‘oya yotadi. Sir emaski, g‘oyasiz umuman hech qanday biznes ham bo‘lmasdi. Biroq startapda g‘oya o‘ziga xos qimmatga ega. Agar u istiqbolli bo‘lsa, u holda juda-juda qimmat bo‘lishi mumkin. Taqqoslash uchun: Internet o‘z biznesingizni ochish uchun standart g‘oyalarga to‘la va ularning barchasi mutlaqo bepul. Ba’zan esa ularga hatto biznes-rejalar ham ilova qilinadi.
3.Startap asoschilari yoshlardir. Ko‘plab mashhur va muvaffaqiyatli startaplar kechagi talabalar avlodidir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, startaperning o‘rtacha yoshi 25 yoshga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun yangi tashabbuslarni ba’zan mensimagan ohangda “garaj biznesi” deb ham atashadi: hali mol-dunyo orttirmagan yoshlar o‘z g‘oyalarini muhokama qilish uchun garajlar va ijara xonadonlardan bo‘lak qaerdadir to‘planishiga imkon yo‘q.
4.Startaperlar bor imkoniyatini o‘rtaga tikadi. Odatda, startap tashabbuskorlari o‘z g‘oyasiga butun qalbini joylashadi. Uni ro‘yobga chiqarish uchun odam katta tavakkal qilishga ham tayyor turadi. Startaperni muvaffaqiyat juda qimmatga tushishi mumkinligi ham o‘ylantirmaydi: agar muvaffaqiyatdan manfaatdor bo‘lsa, unga erishish uchun hatto ilojsiz narsalarga ham qo‘l urib ko‘radi.
5.Tashabbuskor guruh foyda uchun emas, balki g‘oya uchun ishlaydi. Faqat har qanday tashabbusni tanho rivojlantirish qiyin. Shuning uchun startap yaratishda g‘oyaviy etakchining rahbarligi ostida butun boshli jamoa ishtirok etadi. Ushbu jamoaning har bir a’zosi muayyan funktsiyani bajaradi: bittasi istiqbolli g‘oyani ishlab chiqadi, ikkinchisi – ushbu g‘oya asosida biznesni rejalashtiradi, uchinchisi – etkazib beruvchilar, mijozlar, moliyalashtirish manbalarini qidiradi. Ular hammasiga birdaniga erishib bo‘lmasligini juda yaxshi tushunadilar. Lekin ular o‘z ishlariga juda qiziqishadi va foyda olish imkoniga qattiq ishonadilar.
6.Moliyalashtirish muammolari. Ehtimol, g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘ etishmasligi startapning asosiy xarakterli xususiyati bo‘lsa kerak. Buning ajablanarli joyi yo‘q, axir startaplar g‘ayrati ichiga sig‘mayotgan, lekin puli yo‘q bo‘lgan yoshlar tomonidan yaratiladi. Shuning uchun startaplarga investorlar – yangi g‘oyalarga qiziqadigan va ushbu loyihalarga sarmoya kiritish orqali ularning ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadigan odamlar kerak bo‘ladi. Shuningdek, investor uchun foyda olish imkoni ham jozibali tuyuladi.
Shunday qilib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: “Bozori chaqqon” bo‘lmagan startap hech qanday imkoniyatga ega emas. Maqsadli auditoriya uni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lishi kerak, aks holda, hech bir investor loyihani ishga tushirish uchun mablag‘ tikishga jazm etmaydi.
30. Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar va aktivlarni boshqaruvchi firmalar Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar (venturecapital firms) investitsiya banklariga o‘xshash, lekin bitta farqi ularning mijozlari yirik korporatsiyalar emas, balki o‘z faoliyatini endi boshlagan firmalardir. Bunday yosh kompaniyalarning boshqaruvchilari tajribasiz bo‘lib, ular nafaqat moliyaviy yordamga, balki biznesni olib borish borasida maslahatga ham muhtoj bo‘ladilar. Mazkur bo‘limda o‘rganiladigan firmalar aynan shunday xizmatlar ko‘rsatadilar.
“Venchur kapitalistlari” (ya’ni“venchurli” kapital qo‘yilmalari bilan shug‘ullanadigan kompaniya yoki bank) yangi biznesga pul tikadi (qo‘yadi) va boshqaruv xodimlariga firmani “ommaga chiqishga tayyor” bo‘ladigan holatga ko‘tarishga, boshqacha qilib aytganda, o‘z aksiyalarini keng doiradagi investorlarga sotishni boshlashga yordam beradi. Bu darajaga ko‘tarilgach, “venchur kapitalisti”, odatda, kapitaldagi o‘z ulushini sotadi va yangi venchur kompaniyasi bilan shug‘ullanishni boshlaydi.
Bu kabi firmalar, ko‘pincha, investitsiyalarni ishonchli (ishonch bo‘yicha) boshqaruvchi kompaniya deb ataladi. Ular maslahat beradilar va ko‘p hollarda o‘zaro va pensiya fondlarini hamda boshqa aktivlar birlashmalarini alohida shaxs, firma va davlat tashkilotlari manfaatlari yo‘lida boshqaradilar. Ular mustaqil firma bo‘lishi yoki boshqa kompaniya tarkibiga uning bo‘limi sifatida kirishlari, masalan, trast kompaniyasi bankning, sug‘urta kompa-niyasining yoki brokerlik firmasining bir bo‘lagi bo‘lishi mumkin.
31. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni isloh qilish va ular moliyaviy xo‘jaligini qayta qurishning zarurligi. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatida sifat o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib bozor iqtisodiyotini rivojlantirish mumkin emas. Ularni isloh qilish jarayonining mazmuni bozor munosabat-lari rivojlanishining qonuniyatlaridan kelib chiqadiki, ularda birlamchi bo‘g‘in (xo’jalik yurituvchi subyektlar) ga alohida o‘rin berilishi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi subyektlar xaridor va sotuvchi sifatida maydonga chiqib, tovarlar va xizmatlar bozorida o‘zgaruvchan talab va taklif asosida raqobat muhitida aniqlanadigan baho orqali o‘zaro ta’sir (aloqa)da bo‘ladi. Baholarning yig‘indisi tushumning o‘lchamini belgilab (aniqlab) berganligi uchun xo’jalik yurituvchi subyekt (firma, korporatsiya va h.k.)larning moliyaviy ahvoli bilan ularning bozordagi faolligi, ular faoliyatida taraqqiyotning bozor omillari o‘zgarishi (dinamikasi)ni har tomonlama hisobga olish o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanish mavjud. Bu omillarni hisobga olish xo’jalik yurituvchi subyektlar, firmalar va korporatsiyalar faoliyatining butun falsafasini prinsipial jihatdan o‘zgartirishni talab qiladi. Xo’jalik yurituvchi subyektlarni bozor sharoitlariga moslashtirish bo‘yicha asoslangan choralar tizimini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, xo’jalik yurituvchi subyektlarni bozor iqtisodiyotining mustaqil (to‘laqonli) subyektiga aylantirish ularni moliyaviy isloh qilishning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sari yuz tutilganligiga 15 yildan ko‘proq vaqt bo‘lganligiga qaramasdan hamon mamlakatimiz xo’jalik yurituvchi subyektlarining ma’lum bir qismi dinamik rivojlanayotgan bozor munosabatlariga moslashayotganligi yo‘q. Ayrim ekspertlarning bahosiga ko‘ra, sanoat xo’jalik yurituvchi subyektlarining ¼ qisminigina bozor iqtisodiyotining to‘laqonli subyektlari safiga kiritish mumkin.
Yangi sharoit munosabati bilan xo’jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-faoliyatni bozor talablariga yo‘naltirish va eng yangi texnologiyalarga investitsiyalar asosida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish yo‘li bilan mahsulotlar va xizmatlar raqobatbar-doshligini ta’minlash;
-xo’jalik yurituvchi subyekt kapitalini shakllantirish va boshqarish samaradorligini oshirish;
-xo’jalik yurituvchi subyekt rivojlanishini moliyaviy jihatdan ta’minlash va uning moliyaviy barqarorligini oshirish rezervlarini qidirib topish va jalb qilish;
-ishlab chiqarishning barcha omillaridan samarali foydalanish va mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlarni kamaytirish asosida ularning daromadlarini o‘stirish yo‘li bilan xo’jalik yurituvchi subyektlarning investitsion jozibadorligini oshirish;
-aktivlarni restrukturizatsiya qilish va bozor konyunkturasini bashoratlash, tovarlar va xizmatlarning to‘lovga layoqatli talabi va taklifi asosida xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatini diversifikatsiyalash.
-xo’jalik yurituvchi subyektlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda kapitalizatsiya jarayoni, ya’ni mavjud salohiyat (aktivlar)dan yeng yaxshi foydalanish hisobidan kompaniyaning qiymatini oshirish va shu asosda kapitallashtirishning asosiy manbaini – kapitalni o‘stirishga yo‘naltiriladigan sof foydani o‘stirish alohida o‘rin egallaydi.
32. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xarajatlari: mohiyati, tarkibi, klassifikatsiyalanishi va samaradorligini baholash. “Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqimlari” tushunchalari bir xil ma’no anglatmaydi. Bu tushunchalarning ikkinchisi birinchisiga nisbatan kengroq bo‘lib, jamiyat nuqtai nazaridan u jonli va buyumlashgan mehnatning barcha hajmini o‘zida mujassam etadi va mahsulotning qiymatiga teng. “Ishlab chiqarish chiqimlari” tushunchasi, aksariyat hollarda, iqti-sodiyotning ma’lum bir sohasi bilan bog‘langan (masalan, ishlab chiqarish chiqimlari, muomala chiqimlari va boshqalar).
Ishlab chiqarish chiqimlarini dastlab ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1.Aniq yoki haqiqatdagi chiqimlar;
2.Aniq bo‘lmagan chiqimlar.
Aniq yoki haqiqatdagi chiqimlar xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan aniq xarajatlardan – ish haqi, xom ashyo va materiallar xarajatlari, ijara uchun to‘lov va boshqalardan iborat. Aniq bo‘lmagan, almashgan chiqimlar yoki qo‘ldan boy berilgan, qo‘ldan chiqarilgan imkoniyatlar chiqimlari esa shu bilan bog‘liqki, xo’jalik yurituvchi subyekt mahsulot ishlab chiqarish uchun kapitaldan foydalanib, shuning o‘zida uning muqobil foydalanish imkoniyatini qo‘ldan chiqaradi. Mablag‘larning cheklanganligi ularning foydalilik darajasiga qarab mavjud imkoniyatlarning variantlaridan foydalanishga xo’jalik yurituvchi subyektni majbur qiladi. Bunda har doim qo‘ldan chiqarilgan, boy berilgan foydalar elementlari, demak, aniq bo‘lmagan chiqimlar elementlari mavjud bo‘ladi. U yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishni davom ettirish yoki uni yanada kengaytirish xususida har qanday boshqaruv qarori aniq va aniq bo‘lmagan chiqimlarning hisob-kitobiga asoslanadi. U yoki bu iqtisodiy qaror o‘rtasidagi tanlanish har doim boshqa maqsadlarga erishish uchun ongli ravishda yo‘qotilgan yoki rad etilgan imkoniyatlarni xarakterlaydi.
Xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha klassifikatsiya qilinishi mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha uning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bu belgiga ko‘ra xo’jalik yurituvchi subyektlarning xarajatlari ikkiga bo‘linadi:
1.To‘g‘ri xarajatlar;
2.Egri xarajatlar. To‘g‘ri xarajatlarga mahsulotning aniq bir turini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi. Ular shu mahsulotning tannarxiga bevosita kiritilishi mumkin. Masalan, xom ashyo, asosiy material xarajatlari, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va mahsulotning ma’lum bir turi bo‘yicha butlovchi buyumlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ana shunday xarajatlar hisoblanadi. Egri xarajatlar butun xo’jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish yoki mahsulotlarning bir necha turlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, binolar va dastgohlarni saqlash, ularni ta’mirlash xarajatlari, boshqaruv apparatiga tegishli bo‘lgan ish haqi xarajatlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu xarajatlar konkret turdagi buyumlarning tannarxiga qandaydir bir shartli asosga ko‘ra proporsional ravishda, ko‘p hollarda, to‘g‘ri xarajatlarga nisbatan to‘g‘ri proporsional ravishda kiritiladi.
Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar ikkiga bo‘linadi:
1.Meyorlashtiriladigan xarajatlar;
2.Meyorlashtirilmaydigan xarajatlar.
Xarajatlarning bunday bo‘linishi, odatda, soliqqa tortish sohasida tegishli qaror qabul qilinayotgan paytda qo‘llaniladi. Meyorlashtiriladigan xarajatlarga soliqqa tortiladigan foydani hisoblash maqsadida o‘rnatilgan meyorlar doirasidagi xarajatlar kiradi.
Chiqimlarni kamaytirish xo’jalik yurituvchi subyekt ishi samaradorligini oshirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish xo’jalik yurituvchi subyektning mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarini rivojlantirish va optimallashtirish bo‘yicha rejali ishiga, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishiga, iste’molchilarning talablariga va ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlariga javob beradigan harakatchan ishlab chiqarishni yaratishiga bog‘liq
Likvidlik va kassa rejasini bajarish Har qanday korporatsiya xuddi
shunday ahvolda tushib qolishi mumkin. Iqtisodiy ko‘rsatkichlari va obro‘si
baland firmalar ham jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelishi va hatto bir kun
kelib to‘satdan puli tugab qolsa yoki kreditni qaytaraolmasa, bankrotlikka
(kasodga) uchrashi mumkin. Kamdan kam hollarda faqat qisqa muddatli daromad
va xarajatlarni samarali boshqarish evazigagina katta muvaffaqiyatga erishish
mumkin. Ammo ular noto‘g‘ri boshqarilsa, firma bankrotlikka yuz tutishi aniq.
Товар-моддий захираларнинг корхонадабўлиш вақти Буюртма олинди Омборга етказилди Хом ашё ва материаллар ҳақини тўла шучун счёт-фактура олинди Кредиторлик қарзи муддати Пул тўловлари амалга оширилди Тайёр маҳсулот
сотилди Дебиторлик қарзи муддати Пул маблағлари айланиш цикли давомийлиги Вақт Сотилган маҳсулот учун пул олинди Хом-ашё ва материаллар сотиб олинди . Jismoniy yoki yuridik shaxs ma’lum xarid uchun zudlik bilan to‘lash
yoki o‘z qarzini belgilangan muddatda to‘lash uchun zarur mablag‘ga egaligi holati