ASOSIY MA’LUMOTLAR TURLARI VA О‘ZGARUVCHILARI
Reja:
Butun sonli o'zgaruvchilar: SINT, INT, DINT va LINT ma'lumot turlari
Word ma'lumot turi
Mantiqiy va haqiqiy sonlar
Bevosita IEC standartiga kirgan tillarni о‘rganishdan avval bu tillarning umumiy elementlari bilan tanishib olish zarur bо‘ladi. Umumiy elementlar bir loyixa tarkibiga kо‘p tilli kompanentlarni birlashtirishning yagona poydevori xisoblanadi. Mazkur ma’ruzada standart MDKlar ishlaydigan ma’lumotlar hamda ularning formatlari batavsil kо‘rib о‘tiladi.
О‘zgaruvchining ma’lumot turi axborot turini, uning ifodalanish diapazonini, uning ustida bajarilishi mumkin bо‘lgan amallarni aniqlaydi. IEC tillari ma’lumotlar turini qat’iy tekshirish ideologiyasidan foydalanadi. Bu esa, har qanday о‘zgaruvchidan foydalanish faqat uning turi e’lon qilinganidan sо‘nggina amalga oshirilishini bildiradi. Shuningdek, bir foydalanuvchi turining о‘zidan kо‘ra diapazoni keng bо‘lgan foydalanuvchiga о‘zlashtirishga ruxsat etiladi. Masalan mantiqiy о‘zgaruvchi faqatgina ikkita qiymatni qabul qila oladi. Bular mantiqiy 1 yoki mantiqiy 0. Mantiqiy turdagi axborotni SINT (- 128...+127) turdagi о‘zgaruvchiga о‘zlashtirish mumkin. Chunki u -128 dan
+128 gacha bо‘lgan qiymatni qabul qila oladi. Bu qiymatlarning ichiga 0 va 1 ham kiradi. Ammo aksincha SINT turdagi axborotni mantiqiy turdagi о‘zgaruvchiga о‘zlashtirish mumkin emas.
Dasturni translyatsiya qilishda barcha о‘zlashtirish operatorlari о‘zlashtirilayotgan turga mosligi tekshiriladi. Agar о‘zlashtirishda xatolik bor bо‘lsa, xatolik tо‘g‘irlamnagunicha dastur ishlamaydi. Agar katta diapazonga ega bо‘lgan axborotni kichik diapazonga ega turga о‘girish zarur bо‘lsa, bu faqat