Asosiy ma’lumotlar turlari va о‘zgaruvchilari



Yüklə 24,02 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2022
ölçüsü24,02 Kb.
#70938
1   2   3   4
7.1-mavzu

Tur

Quyi chegarasi

Yuqori
chegarasi

Baytdagi
о‘lchami

SINT

-128

127

1

INT

-32768

32767

2

DINT

-231

231-1

4

LINT

-263

263-1

8

USINT

0

255

1

UINT

0

65535

2

UDINT

0

232-1

4

ULINT

0

264-1

8

Ishorasiz butun sonlarning quyi chegarasi 0, yuqori chegarasi esa (2𝑛) − 1 ifoda bilan aniqlanadi. Bunda n – sonning necha xonali ekanligini ifodalaydi. Ishorali sonlar uchun esa quyi chegara −(2𝑛−1) , yuqori chegara esa (2𝑛−1) − 1 ifoda bilan aniqlanadi.


Butun tipli ma’lumotlarning nomlari 16-razryadli (16 xonali) о‘lcham
oldiga qushimcha qо‘shish bilan xosil qilinadi. S(short *1/2) qisqa, D (double
*2) ikkilangan, L (long *4) uzun. Oldinga qо‘shilgan U xarfi (unsigned) ishorasiz
son turini bildiradi.
BYTE, WORD, DWORD hamda LWORD turidagi о‘zgaruvchilar huddi bitli qator ANY_BIT standarti kabi aniqlanadi. Bunday о‘zgaruvchilar uchun son qiymatining diapazoni haqida gapirish umuman notо‘g‘ri bо‘ladi. Ular 8, 16 va 32 bitli qatorni ifodalaydi. Ularga yaxlit son kabi murojat qilinmaydi. Ular bilan ishlaganda xar bir bitga murojot qilib ishlanadi.
Butun sonlar ikkilik, sakkizlik, о‘nlik va о‘n oltilik sanoq sistemalarida ifodalanishi mumkin. Sonli konstantalar о‘nlikdan farqli ravishda sanoq sistemasini kо‘rsatishni talab etadi. Bunda “#” belgisidan foydalaniladi. Masalan:

Ikkilik

2#0100_1110

Sakkizlik

8#116

О‘n oltilik

16#4E

О‘nlik

78

О‘nlik sanoq sistemasidagi 10 dan 15 gacha bо‘lgan sonlar о‘n oltilik sanoq sistemasida A dan F gacha bо‘lgan xarflar yordamida yoziladi.
Sonlarni ifodalashda о‘qishga yengillik bо‘lishi uchun “_”(pastki chiziqcha) belgisidan foydalaniladi. Bu belgining qо‘llanilishi sonning qiymatiga xech qanday ta’sir kо‘rsatmaydi. Masalan 10_000, 16#01_88. Mazkur belgini raqamlar orasida yoki raqam oxirida qо‘llash mumkin. Bu bulgini ikki yoki undan kо‘p marta ketma-ket qо‘llash xato hisoblanadi.
Butun sonli о‘zgaruvchilar e’lon qilingan paytda 0 qiymatiga ega bо‘ladi. Agar о‘zgaruvchilarga avvaldan qandaydir qiymat berish kerak bо‘lsa, bu о‘zgaruvchini e’lon qilish satrida amalga oshiriladi.

Yüklə 24,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin