Asosiy ma’lumotlar turlari va о‘zgaruvchilari



Yüklə 24,02 Kb.
səhifə4/4
tarix28.11.2022
ölçüsü24,02 Kb.
#70938
1   2   3   4
7.1-mavzu

Mantiqiy tur


Mantiqiy о‘zgaruvchilar BOOL kalit sо‘zi bilan e’lon qilinadi. Bu ularning Bul algebrasiga tegishli ekanligini anglatadi. Ular faqatgina mantiqiy nol YOLG‘ON (FALSE) hamda mantiqiy bir ROST (TRUE) qiymatlarnigina qabul qila oladi. О‘zgaruvchi e’lon qilinganida boshlang‘ich mantiqiy yolg‘on qiymatida bо‘ladi.
Mantiqiy о‘zgaruvchi qiymatini butun songa о‘zgartirganda FALSE
qiymati 0 ni, TRUE qiymati esa 1ni beradi.
Aksincha, har qanday butun sonni mantiqiy о‘zgaruvchiga о‘girganda 0 dan farqli bо‘lgan har qanday qiymat mantiqiy rostni (TRUE) beradi.
Natijasi mantiqiy qiymatni beruvchi amallarni mantiqiy о‘zgaruvchiga о‘zlashtirish mumkin.
Qiymatiga kо‘ra BOOL turidagi о‘zgaruvchi bor yо‘g‘i 1 bit joyni egallaydi. Lekin translyator tomonidan xotirani avtomatik taqsimlashda kod samaradorli bо‘lishi uchun BOOL turidagi о‘zgaruvchiga ham 1 bayt joy ajratiladi. Ushbu о‘zgaruvchi diskret qirish va chiqishlar bilan bog‘langan yoki tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bitli adres bilan aniqlangan bо‘lib, xaqiqatdan fizik jixatdan bir bitni ifodalaydi.

Haqiqiy turlar


Haqiqiy REAL turdagi о‘zgaruvchilar ±10±38 diapazonidagi xaqiqiy sonlarni qabul qila oladi. Son bilan band bо‘dgan 32 bitning mantissasi 23 bitni band qiladi. Natijada tasvirlash aniqligi taxminan 6-7 о‘nlik raqamlardan tashkil topadi.
Uzun xaqiqiy format LREAL 64 bitni egallaydi. Raqam 52 bitli mantissadan tashkil topadi. Sonni tasvirlash aniqligi esa taxminan 15-16 о‘nlik raqamlardan iborat bо‘ladi. Mazkur turning diapazoni ±10±307 oralig‘ida bо‘ladi.
Suzuvchi vergulli sonlar nuqta formatida yoki eksponensial shaklda yoziladi. Masalan 14.0, -120.2, 0.33





Yüklə 24,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin