Asosiy mineral o‘g‘itlar Reja



Yüklə 6,05 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü6,05 Kb.
#206534
Asosiy mineral o\'g\'itlar (5)

Asosiy mineral o‘g‘itlar

Reja:

  • Azotli mineral o‘g‘itlar
  • Fosforli o‘g‘itlar
  • Kaliyli o‘g‘itlar.

Azotli mineral o‘g‘itlar.


O‘simliklar azotni bog‘langan holda o‘zlashtiradi.

Nitratlarning tabiiy zahiralari juda oz, uning eng katta tabiiy birikmasi natriy nitrat holida Janubiy Amerikada joylashgan Chili davlatida uchraydi.

Fosforli o‘g‘itlar.


Ca3(PO 4)2 suvda juda oz eriydi. Shuning uchun kislotali
muhitdagi tuproqlarga solinadi.
1. Fosforit talqoni Ca3(PO4)2. Fosforning tabiiy birikmasi fosforitning boyitilgan kukunidir.

2. Oddiy superfosfat Ca(H2PO4)2·.· CaSO4 .· 4H2O. Apatit yoki fosforitga sulfat kislota ta’sir ettirish yo‘li bilan olinadi: Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 = Ca(H2PO4)2 + 2CaSO4


Bu mineral o‘g‘it suvda eriydi, shuning uchun ham har qanday muhitdagi
tuproqlarda
o‘sadigan o‘simliklar uchun qo‘llash mumkin.

3. Qo‘sh superfosfat Ca(H2PO4)2. Bu o‘g‘it konsentrlangan fosforli mineral o‘g‘it hisoblanadi. Suvda yaxshi eriydi: Ca3(PO4)2 + 4H3PO4 = 3Ca(H2PO4)2 Qo‘sh superfosfatda P2O5 ning miqdori 40—50% ga yetadi.

4. Pretsipitat CaHPO4 · 2H2O. Pretsipitat ham konsentrlangan mineral o‘g‘it bo‘lib, suvda oz eriydi: Ca(OH)2 + H3PO4 = CaHPO4.· 2H2O CaCO3 + H3PO4 = CaHPO4 + H2O + CO2 Peritsipitatda P2O5 ning miqdori 30—35% ni tashkil qiladi.

5. Suyak talqoni. Hayvon suyaklarini qayta ishlab, maydalangan holda fosforli mineral o‘g‘it sifatida foydalaniladi. Suyak talqonining tarkibi Ca3(PO4)2, suvda erimaydi. Kislotali muhitdagi tuproqlarga solish yaxshi natija beradi.


Suyak talqoni

6. Ammofos — Ca(H2PO4)2, (NH4)2HPO4 va NH4H2PO4 lar aralashmasi. Bu o‘g‘it kompleks o‘g‘itlar jumlasiga kirib, tarkibida azot va fosfor tutadi. Suvda yaxshi eriydi. Fosforli mineral o‘g‘itlar ichida eng ko‘p ishlatiladi.

Kaliyli o‘g‘itlar.


Kaliy elementi o‘simliklarning hosildorligini oshirishda
muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun kaliyning KCl, KNO3 kabi birikmalari qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘it sifatida ishlatiladi.
K2O — kaliyli o‘g‘it tarkibidagi ozuqa elementi.

Silvinit va kainit talqon holatigacha maydalanib mineral o‘g‘it sifatida foydalaniladi.


1. Tozalanmagan kaliyli o‘g‘itlar. Silvinit — KCl ·NaCl. Kainit — MgSO4·KCl·3H2O.

2. Konsentrlangan kaliyli o‘g‘itlar.


Bu o‘g‘itlar kaliyning tabiiy birikmalarini qayta ishlash yo‘li bilan ozuqa elementlariga boyitilgan bo‘ladi.
Kaliy xloridli o‘g‘it tarkibida 52—60% K2O — ozuqa elementi bo‘ladi.

Kaliy xlorid mineral o‘g‘itini olish uchun silvinit, avval maydalanib, so‘ngra boyitiladi.


Buning uchun KCl va NaCl ning
eruvchanligi turlicha ekanligidan
foydalaniladi.

3. Yog‘och (o‘simliklar) kuli.


O‘simliklarning yonishi natijasida qolgan qoldiq, ya’ni kulda asosan K2CO3 (potash) bo‘ladi.
Kaliyli o‘g‘itlar tarkibidagi ozuqa elementi K2O ko‘rinishida hisoblanadi.
Yüklə 6,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin