Plastmassalar sanoati Reja 1.Kirish 2.Asosiy qisim 2.1 Plastmassa mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida 2.2.Plastmassalarni fizik-mexanik xossalari 2.3. Plastmassalardan buyum ishlab chiqarish 3.xulosa 4.foydalanilgan adabiyotlar
Bozor iqtisodiyoti sharoitida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni nafaqat shaharlarda, balki qishloq joylarida barpo etish va qayta qurish uchun ichki va tashqi xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mahalliy xom-ashyo resurslaridan samarali foydalanish, mustahkam, ishga chidamli, sifatli va raqobatbardosh plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, xizmat ko‘rsatish va kasanachilikni rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi. Bu esa aholi bandligi, uning daromadini oshirish va o‘sha hudud (shahar, tuman, qishloq) dagi eng muhim iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni samarali echimini topish imkonini beradi. Hozirgi paytda xususiy tadbirkorlar va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari mahalliy xom-ashyo resurslaridan samarali foydalanib mustahkam, sifatli, ishga chidamli va raqobatbardosh plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, respublikamiz iqtisodiyotini yanada yuksalshiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotganlari ko‘pchilikka ma’lum. Ammo raqobatbardosh bo‘yalgan plastmassa buyumlar ishlab chiqarish jarayonida ular ma’lum texnologik qiyinchiliklarga duch kelishlari ham tabiiiy holdir. Ushbu maqolaning asosiy maqsadi-bo‘yalgan plastmassa buyumlar ishlab chiqarish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan ba’zi-bir muammolar echimini topishga ilmiy asoslangan amaliy maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar berishdan iborat. Umuman olganda, plastmassa buyumlarining tizimi va xossalarini kerakli darajada modifikatsiyalash, ya’ni bo‘yalgan, ishga chidamli, sifatli, mustahkam va raqobatbardosh buyumlar olish plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasining o‘ta muhim va o‘z echimini kutayotgan muammolaridan biri hisoblanadi. Odatda, plastmassa negizini shishasimon amorf yoki qisman kristallangan polimer materiali tashkil etadi. Kimyoviy tarkibi, tuzilishi va kristallik darajasiga qarab, polimer materiallari xiraroq, tiniq, oq rangli, rangsiz yoki turli ranglar (sariq, ko‘k, qizil, qora va boshqa ranglar) ga bo‘yalgan bo‘lishlari mumkin. Plastmassalarning turli ranglarga bo‘yalish qobiliyatlari ularning tabiatiga, kimyoviy tarkibiga, tizimi va tuzilishiga va, eng muhimi qayta ishlash usuliga bog‘liqdir. Aynan mana shu qobiliyatlari tufayli plastmassa buyumlaridan xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida yanada kengroq qo‘llanishga sabab bo‘ldi. Polimer materiali tarkibiga bo‘yatgichlarning miqdori 0,01–2,0 % mas.ni tashkil etishi mumkin, chunki ularning miqdori oshganda, buyumning elektrik va mexanik xossalari o‘zgarib,ketishi.mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, organik pigmentlarning asosiy afzalliklari-bo‘yash muhitida erimasligidir. Organik pigmentlar guruhiga asosan polimerda erimaydigan va murakkab kimyoviy tizimga ega bo‘lgan organik moddalar (ftalotsianin, azotsiklik, politsiklik, dioksazin pigmentlar, shuningdek loklar va suvli eritmalardan cho‘ktirib olingan bo‘yatgichlar) kiradi. Ular polimer hajmiga yaxshi tarqalsalarda, kamchiliklardan xoli emas: ularning asosiy kamchiligi-anorganik pigmentlarga nisbatan issiqqa chidamsizligi va buyum tarkibidan siljib chiqish qobiliyatlarining yuqoriligidir. Poliolefinlar (PE, PP va ular asosida olinadigan kompozitsiyalar) ni bo‘yash uchun, ayniqsa ulardan bo‘yalgan kabel izolyasiyalari va pardalar olish uchun, quyi molekulyar PE dan qo‘llaniladi. CHiqarib oluvchi qoliplarda bo‘yash usuli bo‘yatgichlarni polimer materiali tarkibiga yaxshiroq taqsimlanishiga va bo‘yash jadalligini oshirishga imkon beradi. Anorganik pigmentlar guruhiga turli tabiiy va sun’iy (sintez qilish yo‘li bilan olinadigan) oksidlar va metall tuzlari kiradi. Ular, odatda, issiqlik va yorug‘lik ta’sirida chidamli va kimyoviy muhitlarda barqaror bo‘ladi. Plastmassa ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan bo‘yovchi moddalarning 80 % ni anorganik pigmentlar tashkil etmoqda. Bo‘yalgan plastmassa buyumlar ishlab chiqarishda muhandis-texnologlarni o‘ylantirib qo‘yadigan asosiy muammolardan biri-buyumni bo‘yash usulini to‘g‘ri tanlab olish muammosidir. Polimer materiallarini quyidagi usullarda bo‘yash.mumkin: Polimerni sintez qilish jarayonida reaksiya kechadigan muhitga bo‘yatgichni kiritib, bo‘yalgan polimer kukunlar olish usuli. Polimerni quruq bo‘yash usuli. Polimerni suyuqlanmada bo‘yash usuli. Tayyor buyumni bo‘yatgich eritmasida saqlab, buyum sirtlarini bo‘yash usuli. Plastmassa granulalarini bo‘yash uchun bo‘yashning “quruq” usulidan qo‘llaniladi, ya’ni qayta ishlashdan oldin aralashtirgichda granulalar yuklanib, bo‘yatgich kukunlari bilan aralashtiriladi. Aralashtirgich barabanining aylanish chastotasi 40–60 ayl/daq. ni tashkil etishi mumkin. Bunda elektrostatik zaryadlar paydo bo‘lib, bo‘yatgich zarrachalari granulalar sirtida bir tekis taqsimlanadi. Ko‘pincha granulalar sirtida bo‘yatgichning yaxshiroq adgeziyalanishi (yopishib olinishi) uchun polimer tarkibiga maxsus yordamchi qo‘shilmalar (masalan, past haroratlarda suyuqlanuvchi parafinsimon moddalar) dan kiritiladi. Bo‘yatgichning polimer hajmiga yaxshiroq taqsimlanishi uchun granulalar bo‘yatgich bilan aralashtirilgandan so‘ng, kompozitsiya ekstruziyalanadi va olingan ekstrudat qayta granulalanadi. SHuni ham unutmaslik kerakki, quruq bo‘yash usulida plastmassa granulalarini bo‘yatgich kukunlari bilan aralashtirish jarayoniga, pudralash deyiladi. Pudralash bo‘yalgan plastmassa buyumlar olish jarayonining tayyorlov bosqichi bo‘lib, uni amalga oshirishdan asosiy maqsad-polimer hajmida bo‘yatgichni bir tekis taqsimlanishiga erishishdan iborat. Suyuqlanmada bo‘yash usuli qayta ishlash qurilmalarida (masalan, ekstruderlarda, shnekli mashinalarda) amalga oshiriladi. Bunda bo‘yatgich va granulalar siljish kuchlanishi va deformatsiyasi ta’sirida aralashtiriladi. Natijada bo‘yatgich polimer hajmida bir tekis taqsimlanadi. Ushbu bo‘yash usuli plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasida katta amaliy ahamiyatga molik bo‘lib, uning negizini komponentlarni me’yorlash tashkil etadi. Plastmassa buyumlarining tashqi ko‘rinishini yaxshilash usullaridan biri-tashqi yuzalariga ranglovchi bo‘yoqlarni etkazish usuli hisoblanadi. Buyum yuzalarini bo‘yash, unga turli rasm va naqshlarni bosish, aplikatsiyalash, dekalkomaniya usullari yordamida buyum yuzalariga turli rangli chizmalarni etkazish mumkin. Bunda buyumni dekorativ buyumga va badiiy san’at asariga aylantirish mumkin. Misol tariqasida plastmassalardan ishlab chiqarilgan shaxmat donalarini ko‘rsatish mumkin. Ayniqsa, buyum yuzalariga etkazilgan lok yoki bo‘yoq uni turli tashqi omillardan va atrof-muhitning zararli ta’siridan muhofaza qilish imkonini beradi. SHuni ham inobatga olish kerakki, bo‘yash jarayonining samarali kechishi, buyumni kerakli rangga bo‘yash va yuzalarida nuqsonlar bo‘lmasligini ta’minlash uchun, avvalo, polimer materiali qayta ishlashdan oldin quritiladi. Polimer materialini yakka tartibda, ya’ni alohida quritish mumkin. Ammo qayta ishlashdan oldin konsentratni quritish kerak bo‘lsa, unda uni polimer bilan qo‘shib, birgalikda quritish tavsiya etiladi. Agar polimer materiali issiqqa chidamsiz bo‘lsa, unda polimerni vakuumda nisbatan past haroratlarda (yumshayish haroratidan kichik haroratlarda) quritish tavsiya etiladi. Tarkibiga bo‘yatgich kiritilgan polimer kompozitsiyasini qayta ishlash va buyumni bir tekis bo‘yalishiga erishish uchun plastikatsiyalash bosqichi alohida amaliy ahamiyatga ega. Polimer materialini bo‘yatgich konsentratlari bilan bosim ostida quyish usulida bo‘yashni plastikatsiyalanuvchi shnekli quyish mashinalarida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Sifatli bo‘yalgan buyumlar olish uchun kompozitsiyani plastikatsiyalash bosqichida komponentlarni yuqori darajada aralashtirish katta amaliy ahamiyatga ega. Aralashtirish sifatini oshirish uchun shnekning aylanish chastotasi (chiziqli tezligi) va plastikatsiyalash bosimi iloji.boricha.yuqori.bo‘lishi.tavsiya.+tiladi.
Plastmassalar texnologiyasida plastmassalarni qayta ishlash jarayoni yakunlovchi bosqich bo‘lib, bu bosqichda ma’lum bir buyum olinishi va bu buyum aniq talablarga javob berishi kerak. Shu maqsadda turli usullar kashf qilish bilan bir qatorda yangi polimer materiallar ishlab chiqarilmoqda. XIX asrning o‘rtalarida kauchukni vulkanizatsiyalash uchun uskunalar, sellulozani asetillash va nitrolash usullari paydo bo‘ldi. Shundan taxminan 100 yil keyin plastmassalarni qayta ishlash usullari, ularni takomillashtirish va bu usullarni fizik-kimyoviy asosda modellashtirish yuzaga keldi va natijada yangi — «Polimerlami qayta ishlash texnologiyasi» fani yaratilishiga asos bo‘ldi. Polimerlarni qayta ishlash texnologiyasiga rezina materiallar olish, lok-bo‘yoqlar tayyorlash, kimyoviy tolalarni shakllash jarayonlari kiradi. Bular orasida plastmassalarni qayta ishlash (buyumlar tayyorlash) texnologiyasi asosiy o‘rinni egallaydi. Plastmassani zamonaviy qayta ishlash sanoati yangi usullarga asoslangan bo‘lib, unda yangi uskunalar qo‘llaniladi. Individual polim erlar polim erkom pozitlar va polim erlar aralashmasi bilan almashtirilib ishlatilm oqda. Natijada materiallarning xossalari kengaymoqda va ulardan xalq iste’moli buyumlaridan tortib harbiy texnikada va kosmo- navtikada qo‘llaniladigan detallarni olish imkoniyatlari yaratilmoqda. Plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi quyidagi jarayonlardan iborat: 1)kimyoviy tarkibni o‘zgartirish, polim erga to ‘ldiruvchilar, plastifikatorlar kiritish va ularga termomexanik ishlov berish; 2)olingan materialga shakl berish, ya’ni plastmassa buyumltayyorlash. Buyum konstruksiyasi ilmiy jihatdan asoslangan va aniq bir ekspluatatsiya sharoitini hisobga olgan holda ishlangan bo‘lishi shart. Shunday qilib polimerlami qayta ishlash texnologiyasi, yuqorida qayd etganimizdek, o‘z ichiga turli polimerlaming zarur xossalarini yaxshilash va ularni tayyor buyumga aylantirish jarayonlaridan iboratdir. Plastmassalarni qayta ishlashning texnik usullariga quyidagilar kiradi: bosim ostida quyish, ekstruzitsiyalash, kalandrlash, pigmentlarni polimerlarga aralashtirish, polimer plyonka yuzasini modifikatsiyalash va boshqalar. Bosim ostida quyish, ekstruziyalash usullari keng tarqalgan va unumli usullardan biri bo‘lib, unda polimerlar oqimini kuzatish mumkin. Bunda ulaming fizik va kimyoviy xossalari o'zgarmaydi. Polimerlarning kristallanish darajasi orqali makromolekulalarning oriyentatsiyalanishini rostlash, tekstil tolalari va plyonkalar ishlab chiqarishda ulaming mexanik xossalarini yaxshilash mumkin. Bunda materiallaming fizik xossalari qaytmas tarzda o'zgaradi va oqish jarayonida kimyoviy reaksiyalar sodir bo‘lmaydi. Polimerni qayta ishlashda geologiya fani katta rol o‘ynaydi, chunki polimerlami qayta ishlash jarayonlarida deformatsiyalanish va oquvchanlik alohida o'rin egallaydi. Polimerlami qayta ishlashda kristallanish, polimerlarning dielektrikligini hisobga olish lozim. Shuningdek, polimer yuzasida sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiyalarni hamda uning issiqlik o'tkazish xossalarini ham e’tiborga olish kerak. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida plastmassalarni qayta ishlashda yarim avtomat va avtomatlashgan liniyalar, mikroprotsessorli texnika va sanoat robotlarini keng qo‘llash hozirgi kun talabidir. Qayta ishlash usuli bilan olingan plastmassa buyumlarga sifatli manzarali ishlov berish, pardozlash va ularni bozorbop qilish bilan birga buyum qo‘llaniladigan sohani texnik-iqtisodiy asoslab berish kerak. Har bir polimerdan qanday buyum yoki mahsulot ishlab chiqarish kerakligini va shu mahsulotga bo‘lgan talabni yaxshi o‘rganish lozim. Polimerlami plastmassa, rezina-texnik buyumlar, lok-bo‘yoq materiallar va tolalar olish uchun qayta ishlashda xom ashyoni to‘g‘ri tanlay olish va buning uchun polimerlarning xossalarini, tuzilishini va ularni qayta ishlash jarayonidagi o'zgarishlarni yaxshi bilish kerak. Plastmassa va rezina-texnika buyumlarn ishlab chiqishda chiqindilar hosil bo‘lishi mumkin (ayniqsa, reaktoplastlar, revulkanizatsiyaga uchragan kauchuklarda). Ularni yoqish, suvga tashlash yoki yerga ko'mish yaramaydi (masalan, polietilentereftalatdan tayyorlangan idishlar). Bu maqsadda har bir korxona o'zining ekologik tadbirlarini ishlab chiqqan bo‘lishi lozim. Unda chiqindini kamaytirish, uni qayta ishlash, ifloslangan havoni tozalash va h.k. lar aks ettirilgan bo'ladi. Quyida O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan polimerlami qayta ishlash korxonalari va ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar keltirilgan: «Ohangaronlenplast» zavodida PVX, PE lardan linoleum, quvur, plyonka, santexnik buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Angrendagi rezina-texnika zavodida kauchuklardan rezina olinib, o‘z navbatida ulardan keng iste’mol mollari va texnika uchun kerakli buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Jizzax plastmassa zavodi o‘tgan asring 70- yillarida ishga tushirilgan bo'lib, shu kunda qishloq xo‘jaligi uchun yiliga 15000 tonna polietilen plyonka, 8—10 ming tonna polietilen quvurlar ishlab chiqarmoqda; bu yerda 300 mm diametrli gaz va suv quvurlari bilish imkoni mavjud.Toshkentda qator plastmassa zavodlari faoliyat ko‘rsatmoqda, jumladan, maxsus rezina-texnika zavodi, deraza romlari yasaydigan (PVX kompozitsiyasidan), quyosh nuridan saqlaydigan uskunalar tayyorlanadigan zavodlar va h.k. Qarshi shahridagi «Termoplast» zavodi yiliga 10 ming tonnadan ortiq PE va PVX materiallarini qayta ishlash imkoniyatiga ega. Ulardan asosan gaz va suv quvurlari, plyonkalar olinadi. Farg‘ona va Andijon shaharlarida ham shunday zavodlar ishlab juribdi. Polimerlar, taxminan, 1970- yillardan boshlab ishlab chiqarishga asoslangan bo‘lib, hozirgi vaqtda «Navoiyazot» zavodida poliaklilnitril, poliakrilatlar, Farg‘onada har xil furan smolalari, poliamid-6, asetilselluloza, Namanganda KMS va Qashqadaryoda Sho‘rtangaz kimyo majmuasida polietilen (yiliga 125 ming tonna) ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko'rsatmoqda. Mazkur kursning vazifasi bo‘lg‘usi mutaxassislarni plastmassalarni qayta ishlashda qo'llaniladigan har xil zamonaviy metodlar bilan tanishtirish va ularning fizik-kimyoviy va texnologik asoslari nimalardan iborat ekanligini tushuntirib berishdan iboratdir. Plastmassani qayta ishlash texnologiyasi mustaqil ilmiy-texnologik yo‘nalish bo‘lib, boshqa fanlar: «Sintetik va tabiiy yuqori molekular birikmalar kimyoviy texnologiyasida qo‘llaniladigan xomashyo va materiallar», «Sintetik hamda tabiiy yuqori molekular birikmalar kimyoviy korxona jihozlari va loyihalash asoslari» fanlari bilan chambarchas bog'liq holda o ‘tiladi