II. Kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvori.
Kichik maktab yoshida yetakchi faoliyat.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o'qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va xulq-atvoridagi o'rni nihoyatda katta. Bu davrda axloqiy xatti-harakat qoidalari o'zlashtiriladi, shaxsning ijtimoiy yo'nalishi tarkib topa boshlaydi. O'qish faoliyati kichik maktab davridagi bolalar psixikasi rivojidagi o'zgarishlarni belgilab beradi. Maktabga birinchi bor kelgan bola o'z faoliyatining tub mohiyati va vazifasini to'la tushunib yetmaydi, balki hamma maktabga borishi kerak, deb biladi. Kattalarning ko'rsatmalariga amal qilib, tirishqoqlik bilan mashg'ulotlarga kirishib ketadi. Oradan ma’lum vaqt o'tgach, shodiyona lahzalarning taassuroti kamayishi bilan maktabning tashqi belgilari o'z ahamiyatini yo'qota boradi va bola o'qishni kundalik aqliy mehnat ekanligini anglaydi. Shunda bola aqliy mehnat ko‘nikmasiga ega bo'lmasa uning o'qishdan ko'ngli soviydi, unda umidsizlik hissi vujudga keladi, o'qituvchi esa bunday holning oldini olish uchun bolaga ta ’limning o'yindan farqi, qiziqarliligi haqida ma’lumotlar berishi va uni shu faoliyatga tayyorlashi kerak. O'qish faoliyati davomida tarkib topgan xususiyatlar bolaning kelgusi rivoji uchun zamin bo'lib xizmat qiladi. Maktabdagi o'qish bolalarning bilish ehtiyojlarini tez rivojlanishi va sifatli tarkib topishi, ularning atrof-hayotga faol qiziqishlarini yuzaga keltirib, yangi bilim va ko'nikmalarni egallashlari uchun sharoit yaratadi. Bola asta-sekinlik bilan o'z psixik jarayonlariga egalik qilib, idrok, diqqat va xotirasini boshqara olishga o'rgana boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi bola o‘qituvchisi bilan yaxshi emotsional munosabatda bo‘ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsa, endi o‘z xohish-irodasi bilan zarur ma’lumotlar to‘plashga, o‘z oldiga aniq maqsad va vazifa qo‘yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganligini bildiradi. Oqilona tashkil qilingan ta’lim jarayoni mazkur yoshdagi bolalarning tafakkurini jadal rivojlantiradi. Bu yoshdagi bola boshqa davrlarga nisbatan ko'proq narsani o‘zlashtiradi. Maktab ta’limi o‘quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeyini, sinf jamoasi va oila muhitidagi o'rnini o‘zgartiradi. Uning vazifasi o‘qishdan, bilim olish, ko‘nikma va malakalarni egallash, o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib qoladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlari murakkab bo‘lgan ko‘p darajali motivlar tizimi bilan boshqariladi. 0 ‘quv faoliyati motivlari o‘quvchilar nima uchun o‘qiyotgan larini ko‘rsatib beradi. Maktabning birinchi sinfiga kelgan bolalarda ijtimoiy motivlar ustunlik qiladi. Bu motivlar atrofdagilar orasida yangi mavqeni egallash, ijtimoiy ahamiyatga ega boMgan va baholanadigan faoliyat bilan bog‘liq bolgan motivlardir. Lekin birinchi sinfning oxirlariga borib, ko‘pchilik o‘quvchilar o‘z maktab majburiyatlariga mas’uliyatsizlik bilan qaray boshlaydilar. Bu bir qancha sabablar bilan bogliq: 1) bola endi o‘quvchi boldi, o‘quvchi bolish istagi qondirildi. Bu maqomni ushlab turish uchun hech narsa qilmasa ham boladi; 2) o‘quvchining ijtimoiy mavqeyi maktabda ularga beriladigan o‘quv faoliyati mazmuni bilan belgilanmaydi. Yangi dasturlar ta’lim mazmuni va uni tashkil etishga mutlaqo yangicha yondashuv asosida tuzilgan bolib, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning yosh imkoniyatlarini yuzaga chiqarib, bolalarda qat’iy o‘quv motivlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ta’limning mazmuni o‘quvchining bilimlarni egallashga qiziqishi, o‘z aqliy mehnati natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy bogliqdir. Bu his o‘qituvchining rag‘batlantirishi bilan yuzaga keladi va o'quvchida samaraliroq ishlash mayli, istak va ishtiyoqini shakllantiradi. Bolada paydo bolgan faxrlanish, o‘z kuchiga ishonch hislari bilimlarni o‘zlashtirish va malakalarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarni o‘qitish jarayoni, o‘quv faoliyatining asosiy komponentlari: o‘quv masalalari, o‘quv vaziyatlari, o‘quv harakatlari, nazorat etish va baholash bilan (W.Davidov bo‘yicha) tanishtirishdan boshlanadi. Bu borada barcha predmetli harakatlar aqliy rivojlantirishga qulay bo'lgan sharoitda amalga oshirilishi juda muhim. O'quvchining o'quv faoliyatini o'zlashtirishi o‘quv masalalari tizimini yechish jarayonida amalga oshiriladi. O‘qishning boshida kichik maktab yoshidagi o'quvchilar mustaqil ravishda o‘quv masalalarini qo'yish va yechishni bilmaydilar. Bu vazifani boshida o'qituvchi bajaradi. Asta-sekinlik bilan o'quvchilarning o'zlari ham o'quv masalalarini qo'yish va yechish uchun zarur bo'lgan ko'nikma va malakalarni egallay boshlaydilar. Bu mustaqil o'quv faoliyati shakllanishining muhim bosqichidir. O'quv masalalarini ajratib olish boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun ma’lum bir qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham har bir darsning so'nggida o'qituvchi o'quvchilari aniq bir topshiriqlarni bajarishning ma’nosini qanday tushunganliklarini aniqlash uchun vaqt ajratishi kerak. «Biz bugun darsda nimalarni o'rgandik?» tarzidagi savol bolalarga shunchaki daftarda chiziqchalarni chizib, doirachalarni bo'yashni emas, balki sanashni, qo'shishni yoki ayirishni o'rganganlarini tushunishlarida yordam beradi. Agar bola o'quv harakatlarini noto'g'ri bajarsa, bu uning o'quv harakatlarini yo nazorat va baholash bilan bog'liq harakatlarni bilmasligi, yoki ularni yaxshi egallamaganligidan dalolat beradi. Bolaning mustaqil ravishda bajargan harakatlari natijalarini o'z xatti-harakatlarining xususiyatlari bilan taqqoslay olishlari unda o'z-o'zini nazorat etish layoqati ma’lum darajada shakllanganidan dalolat beradi. Kichik maktab davrida yetakchi faoliyat doirasida refleksiya awalo o'quv harakatlari, nazorat va baholash bilan bog'liq bo'ladi. Bu harakatlarning interiozatsiyasi o'quvchiga mustaqil ravishda o'zlashtirilayotgan ko'nikma va layoqatlarga mustaqil ravishda yondashish imkoniyatini beradi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilaming o'quv faoliyatini ja moa faoliyati sifatida tashkil etilishiga ko‘p vaqt unchalik e’tibor berilmadi. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni individual jarayon deb hisoblangan. Buning natijasida pedagogik psixologiyada o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va mustaqil faoliyati ishning individual shakllaridagina ro‘yobga chiqishi mumkin deb hisoblangan. Lekin so‘nggi yillarda sobiq ittifoq davlatlarida, shuningdek, Polsha, Germaniya kabi mamlakatlardagi ilg‘or o‘qituvchilarning ishlarida guruhiy bilish faoliyati har bir 0‘quvchiga darsda maksimal faollik va mustaqillikni ta’minlanishi zarurligi tasdiqlangan. So'nggi yillardagi olib borilgan tadqiqotlar tafakkur mustaqilligini faoliyat sifatida an’anaviy tushunishga jiddiy tuzatishlar kiritdi. 0 ‘quvchilarning o‘zaro nazorati va javobgarligiga asoslangan guruhiy o‘quv faoliyati tafakkur mustaqilligining rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishi aniqlangan. Taniqli psixolog va pedagoglarning ilmiy asarlarida kichik maktab yoshidagi o‘quvchining o‘quv faoliyatidagi mustaqilligi uchun shart-sharoitlarni yaratish nihoyatda ahamiyatli ekanligi haqida fikrlar mavjud. Shunday shart-sharoitlardan biri boshlang‘ich davrda o‘quv faoliyatini jamoaviy faoliyat sifatida tashkil etilishidir. Quyidagi belgilar mavjud bo‘lgan taqdirdagina ishni jamoaviy deb hisoblash mumkin.
1. O‘qituvchi tomonidan berilgan o‘quv vazifasi yoki alohida bir mikroguruh tomonidan baravar bajarish qabul qilinsa.
2. Vazifalarni o‘zaro taqsimlagan holda birgalikda biron-bir ish bajarilsa.
3. O‘zaro nazorat va mas’uliyat mavjudligi.
4. Ishlarni taqsimlashni tashkil etish va uning kechishini o‘quvchi laming o‘zlari nazorat qilishlari.
Frontal ishda (ma’ruza, hikoya qilib berish, frontal so‘rovnoma va h.k.) o‘qituvchi butun sinfga teng ravishda ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladi. Bunday holatda o‘quvchi bilan muloqot o‘qituvchining tashabbusi bilan lekin, juda kam miqdorda amalga oshiriladi. Individual ishda (darslik bilan mustaqil ishlash, misol, masala yechish, mashqlarni bajarish va h.k.) o‘qituvchi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot yo‘q. Bunday holda ko‘pincha o‘quvchio‘ quvchi, ya’ni sinfdoshi bilan muloqotga yo‘l qo‘yilmaydi yoki cheklanadi. Darsdagi jamoaviy faoliyat o‘quvchining to‘liq mustaqilligi va faolligini rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir. Bunda o‘quvchilar asta-sekinlik bilan o‘quv faoliyatining subyekti sifatida yangi imkoniyatlarini o‘zlari uchun ochib boradilar. Bu jarayonda o‘quvchi faoliyati samaraliroq bolishi uchun o‘zini o‘zi nazorat etishga harakat qiladi. 0 ‘quv vaziyatlarida bolalar ayrim turdagi masalalarni yechish yo‘llari bilan tanishadilar va ularni egallagan zahoti aniq bir masalalarni yechishda amaliy foydalanadilar. 0 ‘quv faoliyatida nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘quv harakatlarini mustaqil rejalashtirishi va bajarishni shakllanishida juda muhimdir. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining masalalarni yechishdagi ayrim yo‘l va tushunchalarni yetarlicha egallamaganligi bu tushuncha va yollarni shakllantirishda bolalar barcha kerakli o‘quv harakatlarini bajarishga o‘rgatilmaganligining natijasidir. Bolalar tafakkuri va nutqining rivojlanishida ovoz chiqarib mulohaza yuritishning va bu uslubdan o‘quv jarayonida foydalanishning ahamiyati katta. Ovoz chiqarib mulohaza yuritish va o‘z yechimini asoslab berish aqliy sifatlarning o‘sishiga xizmat qilib, kishi o‘z mulohazalari va xatti-harakatini tahlil etishi va anglashini rivojlantiradi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda aqliy va o‘quv materialini o‘zlashtirish imkoniyatlari ancha yuqori hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’limda bu yoshdagi bolalar o‘rta maktab dasturida ko‘rsatilgan bilimlarga nisbatan ko‘proq bilimlarni tushunishlari va o‘zlashtirishlari mumkin. Kichik maktab yoshidagi bolalar o‘quv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, shu davrdan boshlab, o‘quv materialini o‘zlashtirmaslikning dastlabki belgilari ko‘zga tashlanadi. Kichik maktab yoshida past o‘zlashtirish sabablari va o‘qishdagi qiyinchiliklar quyidagilar bilan bog‘liqdir: 1) neyrofiziologik sabablar; 2) bilish jarayonlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi; 3) erkin va mustaqil harakat qilish darajasining pastligi; 4) motivatsion so hdarining yetarli rivojlanmaganligi; 5) oila tarbiyasidagi, oilaviy munosabatlardagi kamchiliklar; 6) maktab ta’limi va tarbiyasidagi kamchiliklar; 7) o‘zaro muloqot va munosabatdagi kamchiliklar; 8) shaxs xususiyatlardagi oglshishlar1. Kichik maktab yoshidagi bolalar o‘qishidagi qiyinchiliklar bola shaxsining barcha shaxsiy, bilish, motivatsion va hissiy va irodaviy sohalarda aks etadi. Bu qiyinchiliklar o‘zaro bir-biri bilan bogliq. Bir qiyinchilikni bartaraf etilishi ikkinchi qiyinchilikni ham kamayishiga olib keladi. 0 ‘qishga nisbatan ijobiy munosabat kichik maktab davrining oxirlariga kelib, birmuncha pasayish ko‘zga tashlanadi. 0 ‘quv faoliyatiga qiziqish — 1—2-sinflarda ko‘tarilib, 3—4-sinflarda pasayadi. 0 ‘quv faoliyatiga qiziqishning pasayishida o‘qituvchining tayyor materialni bayon etishi va o‘quvchilarning yodlab olishlari ustanovkasi ustunlik qiladi va o‘quvchilarning faolliklari taqlid qilish xarakterida boladi. 3—4-sinf o‘quvchilari odatda o‘qilganlarni qayta hikoya qilib berishni, doskada yozilgan mashqni ko‘chirib yozishni, qoidalar va she’rlarni yodlashni yoqtirmaydilar va aksincha, misol va masalalarni mustaqil ravishda yechishni, tabiat hodisalarini kuzatishni, rasm chizish va plastilin va loydan narsalar yasash ishlarini yaxshi ko‘radilar. Boshqacha aytganda, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar tashabbus va mustaqillik imkoniyati bor bolgan ishlarga ko‘proq qiziqish bildiradilar. Kichik maktab yoshida o‘qishga qiziqishning pasayish sabablaridan biri sifatida V.A.Suxomlinskiy o‘qituvchi tomonidan past bahoning ko‘p qo‘yilishi, bu esa bolada o‘qishga nisbatan qiziqishning pasayishi va o‘z imkoniyatlariga nisbatan bolgan ishonchning pasayishida deb biladi. Boshlanglch sinf o‘quvchilarida o‘quv faoliyatining hamma elementlari shakllantirilganligi va mustaqil bajara olinishi yetakchi faoliyat sifatidagi o‘qish o‘z vazifasini bajarganligini anglatadi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning o‘quv faoliyati o‘z tarkibiga quyidagilarni kiritadi:
Dostları ilə paylaş: |